O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi al-xorazmiy



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#202514
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari

http://uza.uz/uz/politics/17985/

 



32 

 

boshlangan edi. Quruvchilar uchun Rog’un shahri bunyod etildi  -  ko’p qavatli 



uylar, maktab va   bolalar bog’chalari qurildi. Qurilish maydoni 1000 -  1700 

metrgacha balandlikda joylashgan. Eng yaqin temir yo’l stantsiyasigacha 80 

chaqirim. Loyihaga  sobiq sovet respublikalaridagi 300 dan ortiq korxona jalb 

qilindi. 

 Gidroquruvchilar yuqori bosim ostidagi mustahkam bo’lmagan, qulab 

tushuvchi tog’ jinslari mavjud sharoitda qurilish tunnellarini bunyod etishga 

majbur bo’ldilar. Rejaga ko’ra 63 kilometr uzunlikdagi tunnel teshilishi kerak edi. 

Oyiga bir necha o’n metrlik tunnel kovlanardi, xolos.  To’g’onning o’rta qismi 

yumshoq qum tuproqli, so’ngra shag’al va tosh aralashmasi, yon tomonlariga tosh 

to’kildi. To’g’on hajmi 76 ming kub metr. Olimlarning mahlumotlariga ko’ra, 

to’g’onning geologik qurilishi asosida yirik tosh tuzi qatlami mavjudki, u 

filtratsion oqimning faol hududiga to’g’ri keladi. Suv sathining ko’tarilishi va 

filg’tratsion oqim harakatga kelishi oqibatida to’g’on asosida suffizion jarayonlar 

rivojlanib, mahlum bir sharoitda uni yuvib ketilishi asos va gidrouzel inshootining 

bus-butun  bo’lib qolishiga xavf tug’diradigan darajada tezlashadi... 

Ma’lumki, Tojikistondagi Rog’un  GESi yuqori seysmik,  ko’chki va sel 

jarayonlari sodir bo’ladigan hududda olib borilmoqda. Boz ustiga uning to’g’oni 

ostida tosh tuziga to’la Iloq-Vaxsh  tektonik yorig’i joylashgan.  Shu tufayli ko’p 

millionlik O’rta Osiyo aholisi hayotiga xavf solayotgan Rog’un jahon 

jamoatchiligining, ekologlar, nufuzli olimlar, juda ko’plab ekspertlarning g’azabini 

keltirayotgani bejizga emas. Bundan tashqari, Amudaryo va Sirdaryo butun 

mintaqaning asosiy obi hayot  manbai sifatida yuz yillardan buyon O’rta Osiyo 

aholisini suv bilan tahminlab kelgan   va O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, 

Qirg’iziston hamda Turkmaniston chegaralarini kesib o’tgan holda transchegaraviy 

ahamiyatga molikdir. SHuning uchun ham suv xavfsizligi O’rta Osiyo 

mintaqasidagi barcha davlatlar uchun yaxlit tarzdagi strategik vazifa hisoblanadi. 

Rog’un to’g’oni yorilib ketishi natijasida  juda katta balandlikdagi suv to’lqini 

sanoqli lahzalarda Vaxsh va Amudaryo oqimi bo’ylab shitob bilan pastga otiladi 




33 

 

va dastlab Tojikistonning o’ziga, shundan keyin O’zbekiston, Afg’oniston va 



Turkmanistonga o’nglab bo’lmaydigan darajada zarar yetkazadi. Buning oqibatida 

hosil bo’lgan “tsunami”  tufayli sanoqli lahzalarda 5 million kishi yashaydigan 700 

dan ortiq aholi punkti suv ostida qoladi. SHundan ko’rinib turibdiki, Iloq-Vaxsh 

hududida joylashgan gigant gidrouzel yangi va yangi yer silkinishlarining 

sababchisi bo’lib qoladi. 

Rog’un loyihasi bundan yarim asr oldin ham qizg’in bahslarga sabab bo’lgan, 

lekin bundan nariga o’tmagandi. Chunki o’sha davrda barcha loyihalar anhanaviy 

tizimda tayyorlanar va tasdiqlanar edi. Albatta GES loyihachilari to’g’onning 

xavfsizligi, konstruktsiyasining seysmik mustahkamligi haqida bong urishardi. 

Global iqlim o’zgarishi sayyoramizdagi hayotga o’zining aytib bo’lmas darajadagi 

tuzatishlarini kiritayotgan bugungi kunda esa Rog’undagi tadqiqotlarni baholashda 

uning loyihasi o’tgan asrda yaratilganligini va u bunday holatda texnik tomondan 

haqqoniy xavf tug’dirishini birinchi navbatda hisobga olish kerak. O’tgan 40 yil 

davomida Rog’unning to’g’oni jiddiy darajada siljigan bo’lishi mumkin. CHunki 

Tojikiston hududida, ushbu mintaqadagi kabi yer qimirlash hech qachon to’xtagan 

emas. Bundan tashqari, ushbu qurilishning holati ustidan texnik nazorat o’tgan o’n 

yilliklar ichida umuman olib borilmagan, shuningdek,  bu davrda daryoning 

boshlanish qismida seysmik rivojlanish va tektonik holatlar bo’yicha tahlillar 

o’tkazilmagan. Bu o’rinda shuni eslatib o’tish lozimki, Yaponiyada bo’lgani kabi 

darajadagi zilzilalar turli yillarda Tojikiston hududida ham sodir bo’lgan. 2008 

yilda esa bunday tabiiy falokat natijasida 74 kishi hayotdan ko’z yumgan, ularning 

yarmiga yaqini bolalar edi. 2010 yil davomida sodir bo’lgan yer silkinishlari 

oqibatida minglab uylar vayron bo’ldi. Ularning ayrimlari markazi Rog’un shahri 

yaqinida bo’lib, kuchi 4 balldan 6 ballgacha yetdi. Bundan tashqari, akademik 

B.Nigmatullaevning bashorat qilishicha, yaqin yillar ichida Pomir-Hindikush 

tog’lar tizimida kuchli yer silkinishlari sodir bo’lishi ehtimoldan xoli emas. 

Ma’lumki, qurilishi misol uchun 10 yil davomida muzlatib qo’yilgan besh qavatli 

uyni bunyod etishni davom ettiruvchi har qanday muxandis birinchi navbatda oldin 




34 

 

bir-biriga kavsharlangan konstruktsiyalar bo’yicha ekspert xulosalariga ega 



bo’ladi. Ana shunday sharoitda nima uchun dunyoda sodir bo’layotgan va ilgari 

misli ko’rilmagan fojiaviy voqealar, texnogen falokatlar Rog’un qurilishi 

tashabbuskorlari ko’zini ochmayotganligini tushunish qiyin. Bu o’rinda  sarf-

xarajat va qurilish muddati bo’yicha ham iqtisodiy jihatdan samarali, ehtibor tortar, 

eng asosiysi,  Markaziy Osiyo mintaqasining ko’p millionli aholisi hayotini 

tahlikaga qo’ymaydigan kichik GESlar qurish ushbu muamoni hal etishning eng 

maqbul yo’li ekanligini ko’pchilik ekspertlar ehtirof etmoqda. 

Hatt


о,  eng  qulay  vaziyatda  ham  Rоg’un  GESining  ko’zda  tutilayotgan 

en

еrgеtik  rеjimda  ishlashi  Amudaryo  quyi  qismida  yashayotgan  ko’p  milliоnli 



ah

оli  turmush  sharоitining  kеskin  yomоnlashuviga  оlib  kеladi.  Daryoda  suvning 

min

еrallashuvi 2 baravar оrtadi, vеgеtatsiya davrida uning оqimi ancha kamayadi



1

His



оb-kitоblarga ko’ra, qishlоq хo’jalik ekinlari, aralash qayta ishlash tarmоqlari 

va  baliq  r

еsurslarining  nоbudgarchiligi  tufayli  ko’riladigan  zarar  5  yil  ichida 

qariyb, 20,6 mlrd AQSH  d

оllarini tashkil etadi

2



    Sobiq ittifoq parchalangach, GES qurilishi muzlatib qo’yildi va 1993 

yilning 8 mayidayoq yuqori qurilish to’sinini kuchli sel oqimi yuvib ketdi, 

tunnellar va mashina zali qisman suv ostida qoldi. Tabiatning o’zi qariyb 40 yil 

davomida Rog’unga qarshi bo’lmoqda. SHunday ekan, “milliy g’oya” niqobi 

ostidagi va xalq tomonidan inkor qilingan bunday  g’oya natijasida  amalga 

oshirilgan loyiha  muvaffaqiyatli bo’lishi mumkinmi? Bu borada qaror qabul 

qiluvchilar o’z xalqiga qarshi borish xavfli ekanligini tushunib yetishlari darkor. 

2004 yilda  Tojikiston hukumati bilan “Rusal” kompaniyasi o’rtasida GES 

qurilishini nihoyasiga yetkazish bo’yicha kelishuv imzolandi. “Rusal”ning 

mablag’i hisobidan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi yaratildi, GES maydonida bir 

muncha ishlar amalga oshirildi (jumladan mashina zali quritildi). Biroq tomonlar 

loyihaning bir qator muhim o’ziga xos jihatlari bo’yicha, jumladan, to’g’on 

                                                            

1

 Transch



еgaraviy ekоlоgik muammоlar: rivоjlanish yo’lidagi yеchimlar // O’zbеkistоn оvоzi. - 2010. - 18 nоyabr. 

2

 



История становления и развития сотрудниcчества Узбекистана с международными организациями. / Отв. 

ред. Абдуллаев Р.М., Алимова Д.А./. – Тасҳкент: ФБАН РУз, 2011. – С.106. 




35 

 

balandligi va uning xususiyati (“Rusal” tomonidan beton to’g’on balandligi 285 



metr bo’lishi yuzasidan taklif kiritildi) yuzasidan bir to’xtamga kelolmadilar va 

2007 yilning sentyabrida Tojikiston rasman ushbu kompaniya bilan kelishuvni 

bekor qildi. Bundan tashqari, Rossiya investitsiyasi evaziga alyuminiy zavodini 

sotishga rozi bo’lmadi. 2009 yilning dekabrida rejalashtirilgan Vaxsh daryosini 

to’sish ishlari orqaga surildi. Mamlakat rahbarlari oldida GES qurilishini 

nihoyasiga yetkazish uchun moliyaviy manbalar  topish masalasi ko’ndalang bo’lib 

qoldi. Xorijiy investorlar qo’llab-quvvatlamagach, Tojikiston o’z kuchi bilan 

Rog’un qurilishini nihoyasiga yetkazishni mo’ljalladi va buning uchun Rog’un 

GESi aktsiyasi chiqarildi va aholiga sotildi. O’sha paytlarda “Farg’ona.Ru” 

yozganiga qaraganida 1.3 milliard dollarlik 5 million dona aktsiya chiqarildi. 2010 

yilning 1 martidan boshlangan keng miqyosdagi “ixtiyoriy-majburiy” tadbir 

natijasida aktsiyalar sotuvidan tushgan mablag’ 173 million dollarni tashkil qildi. 

Huquq himoyachilari “hozircha o’zi yo’q GES aktsiyalari bahzi mintaqalarda ish 

haqi va nafaqa o’rniga berilayotganligini” xabar qildilar. 

Ayrim tojik ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, hukumat aholidan 

Rog’un loyihasi uchun yiqqan pulni  rekord darajadagi past foiz stavkasini (0,6%) 

taklif qilayotgan tojik banklariga joylashtirishdan bosh tortish bilan o’zini noqulay 

ahvolga solib  qo’ymoq. Ayrim kuzatuvchilar taxminicha, vaziyatdan chiqishning 

yagona yo’li Rog’un GESni xususiylashtirishga xorijiy banklarni jalb etish edi, 

ammo hukumat bundan bosh tortdi, Tojikiston banklari o’rtasida o’tkazilgan 

tenderning uchinchi bosqichi norasmiy yakunlariga ko’ra, birorta ham bank bu 

ishga bosh qo’shishni istamagan. 

O’nlab odamlar hayotiga zomin bo’lgan Sayano -  Shushensk GESidagi 

halokat ham ushbu loyiha muxandislik nuqtai nazaridan puch va istiqbolsiz ekanini 

isbotladi. CHunki ushbu ulkan inshoot ham Rog’un GESi loyihasi uchun asos qilib 

olingan qurilish normalari va standartlariga muvofiq barpo etilgan edi.  

Boz ustiga ekspertiza natijalari shuni ko’rsatadiki, Rog’un gidrouzelining 

ilgari barpo etilgan inshootlari qurilishi chog’ida ushbu eskirgan qurilish normalari 




36 

 

ham qo’pol ravishda buzilgan. O’sha davrda qurilgan mashina zalining qarama-



qarshi devorlari bir-biriga tomon 90 santimetrdan ziyod siljiganining o’ziyoq 

bunga aniq dalil bo’la oladi. 

Nufuzli mutaxassislarning fikricha, qurilish uchastkasi uchun joy mutlaqo 

noto’g’ri tanlangan. Negaki, ushbu maydon Rixter shkalasi bo’yicha 9 va undan 

yuqori balli halokatli zilzilalar muntazam sodir bo’lib turadigan Ilyaks-Vaxsh 

yorig’i zonasida joylashgan. Ushbu hududda yuz bergan 9 balli zilzilalar 1907 yil 

Qoratog’, 1911 yil Sarez darasi, 1949 yil Xaitni larzaga keltirganini, 100 mingdan 

ortiq kishining o’limiga sabab bo’lganini tojikistonlik olimlar, yoshi ulug’ kishilar 

unutgani yo’q hali. Tojikistonning yetakchi seysmologlari ushbu zilzilalar yuzaga 

kelgan jarayonlar tahlili asosida Rog’un GESi quriladigan hududda keyingi o’n 

yillikda kuchli yer silkinishlari yuz berishi mumkinligini bashorat qilmoqdalar.  

Rog’un GESi ishga tushiriladigan bo’lsa, to’g’on ostida qoladigan yuz metr 

qalinlikdagi tuz qatlami ushbu ulkan texnogen halokat xavfini yanada kuchaytiradi. 

Ushbu tuz qatlamining suv tahsirida doimiy yuvilib turishi, hattoki sezilar-sezilmas 

seysmik siljishlar ham 350 metrlik uyma to’g’onning o’pirilishiga olib kelishi 

muqarrar. Bunday holat ro’y beradigan bo’lsa, yer sathidan 100 metr baland 

bo’lgan to’lqin pastga sekundiga 130 metr yoki soatiga 468 kilometr tezlikda 

yopiriladi. Oqibatda quyida joylashgan Nurek GESi to’g’onini butunlay o’pirib, bu 

to’lqin yanada balandlashadi va Vaxsh kaskadidagi boshqa barcha GES va 

gidrouzellarni vayron qiladi, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanistonning o’nlab 

shahar va aholi punktlari suv ostida qoladi, butun O’rta Osiyo mintaqasida misli 

ko’rilmagan texnogen va ekologik halokat yuzaga keladi.  

Rog’un GESi qurilishi loyihasi yuzaga keltiradigan xavflarni qayd 

etarkanmiz, uning Tojikiston va qo’shni davlatlar ekologiyasi, bio  xilma-xilligi 

hamda millionlab odamlar istiqomat qilayotgan joylarga yetkazadigan muqarrar 

fojiali tahsilini e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Loyiha bo’yicha 14 kub 

kilometr sig’imga ega Rog’un GESi suv omborini to’ldirish uchun sakkiz yil kerak 



37 

 

bo’ladi. Bu davrda Amudaryo oqimi keskin o’zgarib, uning quyi qismidagi 



hududlarda uzoq yillar qurg’oqchilik yuzaga keladi.  

Rog’un suv ombori to’la quvvat bilan ishga tushgach, GESning energetik ish 

rejimiga o’tkazilishi yoz-kuz mavsumida omborda suv to’planishi sababli 

qurg’oqchilik va suv tanqisligini yuzaga keltirishi, qish mavsumida esa elektr 

energiyasi ishlab chiqarish maqsadida suv omboridan katta miqdorda suv 

chiqarilishi oqibatida toshqinlar bo’lishi, botqoqlanish va suv bosishi yuz minglab 

gektar serhosil yerlarni yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Bunday vaziyat 

O’zbekiston va Turkmanistonning millionlab aholisini muhim hayotiy 

manbalardan mahrum etadi. 

Shunday qilib, Rog’un GESi qurilishi loyihasining amalga oshirilishi 

oqibatida katta miqyosdagi qurg’oqchilik, ocharchilik, kasalliklar tarqalishi yuzaga 

keladi, Amudaryoning quyi qismida yashayotgan millionlab odamlar boshqa 

joylarga ko’chishga majbur bo’ladi.  

Huquqiy nuqtai nazardan Rog’un GESining qurilishi xalqaro normalarning 

qo’pol buzilishi hisoblanadi. Negaki, barcha parametrlarga ko’ra, Amudaryo 

transchegaraviy suv oqimi bo’lib, uning suvidan foydalanish rejimini o’zgartirish 

bilan bog’liq har qanday qurilish ushbu daryo o’z hududidan oqib o’tadigan 

qo’shni davlatlarning roziligi bilangina amalga oshirilishi kerak. Bugun 

O’zbekiston butun mintaqamiz uchun falokat bilan yakunlanishi ehtimoli bo’lgan 

mazkur loyihani amalga oshirishga rozilik bermaslik uchun yetarli darajada 

huquqiy, ekologik, iqtisodiy va boshqa huquq va dalillarga ega. 

“Ekologiya xabarnomasi” jurnalida chop etilgan “Rog’un suv ombori qurulish 

maydoni va uning atrofidagi seysmik holat” nomli tadqiqotida ta’kidlanishicha, 

Markaziy Osiyo Yer sharining seysmik jihatdan faol bo’lgan zonalaridan biri 

bo’lib, mintaqaga tutash hududlarda ko’p sonliqurbonlar va vayronagarchiliklarga 

sabab bo’lgan kuchli yer silkinishlari ro’y bergan. Statistik tahlillar shuni 

ko’rsatmoqdaki,  so’nggi 150 yil ichida mintaqa atrofida 17 marta yuza (o’chog’I 

30 km. chuqurlikda bo’lgan) va 20 dan ortiq chuqur (o’chog’I 280 km. chuqurlikda 




38 

 

bo’lgan) 9 balli zilzila lar qayd etilgan. Ma’lumki, Rog’un GESi Pomir va Tyan-



Shan tog’lari tutashgan hududda  qurilmoqda. “Bu ikki yirik tektonik tuzilmalar 

Janubiy Tyan-Shan va Hisor-Ko’kshol yoriqlari chegarasida joylashgan. Rog’un 

suv  ombori joylashgan Vaxsh yorig’i  esa  ularning bir qismi bo’lib, mintaqaning 

seysmik holati hamda ikkita tog’ tizmalarining o’zaro to’qnashuvi yuqorida 

nomlari keltirilgan yoriqlarning harakatiga bog’liqdir. Yoriqlarning dinamik ta’sir 

etish umumiy maydoni 30-40 km.ni tashkil etadi. Uning seysmik faolligi Markaziy 

Osiyodagi eng kuchli sanaladi. Yer yuza qismida (o’chog’I 30 km.gacha 

chuqurlikda bo’lgan) 8 va undan yuqori balli eng kuchli 17 ta zilzila aynan mana 

shu hududda ro’y bergan va ularning 6 tasi so’nggi 110yil ichida qayd etilgan”, 

deb ta’kidlaydi olimlarimiz. Ularning fikricha, mazku hududda 9 balli zilzilalar har 

15-20 yilda takrorlanib turadi. “1974-yildagi 9 balli Markonsu zilzilasini yodga 

olaylik. O’tgan 38 yil mobaynida bu yerda boshqa kuchli yer silkinishi 

kuzatilmadi. Seysmik holatning uzoq vaqt sokin hukm surishi ancha havotirlidir. 

Chunki bunda kuchliroq zilzila kuztilishi bosimi ortib borayotgan bo’lishi mumkin. 

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib shuni aytish  mumkinki, Rog’un suv ombori 

qurilayotgan hududda global seysmik faollik davri boshlangan va bu yerda yanada 

kuchliroq yer silkinishining qayd etilishi ehtimoldan holi emas”, debta’kidlaydi 

tadqiqot mualliflari. Ularning so’zlariga ko’ra, Rog’un elektrostansiyasi 

qurilayotgan maydon 1907-yilda ro’y bergan Qoratog’ zilzilasi va 1949-yilda qayd 

etilgan Xoit zilzilalari o’choqlari orasida joylashgan. Ushbu hududda o’shandan 

beri 9 va undan yuqori balli yer silkinishlari boshq akuzatilmagan. Hozirga qadar 

Nurek GESidan 20 km. narida va Rog’un GESidan 30 km. oraliqda 3 marta 8 balli 

zilzila-1930 va 1943-yillarda Fayzobodda hamda Kofdonda ro’y bergan. Tadqiqot 

natijalari 

shuni ko’rsatmoqdaki, Rog’un gidrouzelining ilgari barpo 

etilganinshootlar qurilishi chog’ida qurilish normalari qo’pol ravishda buzilgan. 

O’sha davrda qurilgan mashina zalining qarama-qarshi devorlari bir-biriga qarab 

90 santimetrdan ziyod siljiganining o’ziyoq bunga aniq dalil bo’la oladi. 




39 

 

Rog’un GESi ishga tushiriladigan bo’lsa, to’g’on ostida qoladigan yuz metr 



qalinlikdagi tuz qatlami ushbu ulkan texnogen halokatlar havfini yanada 

kuchaytiradi. Ushbu tuz qatlamining suv ta’sirida doimiy yuvilib turishi, hattoki 

sezilar-sezilmas seysmik siljishlar ham 300 metrlik o’yma to’g’onning o’pirilishiga 

olib kelishi mumkin.  Bunday holat ro’y beradigan bo’lsa, yer sathidan 100 metr 

baland bo’lgan to’lqin pastga soniyasiga 130 metr yoki soatiga 468 kilometr 

tezlikda yopiriladi. Oqibatda quyida joylashgan Nurbek GESi to’g’onini butunlay 

o’pirib, bu to’lqin yanada balandlashadi va Vaxsh hududidagi boshqa barcha GES 

va gidrouzellarni vayron qiladi. Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanistonning 

o’nlab shahar va aholi punktlari suv ostida qoladi, butun O’rta Osiyo mintaqasida 

misli ko’rilmagan texnogen va ekologik halokat yuzaga keladi. O’zA xabariga 

ko’ra, yaqinda xalqaro suv resurslari va ekologiya muhandisligi akademik 

jurnalida AQShning Nyu-Meksiko va Shimoliy Dakota universitetlari 

tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan “Rog’un gidroelektrostansiyasi 

to’g’onining O’zbekiston qishloq xo’jaligiga ta’siri” deb nomlangan maqola chop 

etildi. Maqolada aytilishicha, “Rog’un” gidroelektrostansiyasining qurilishi tufayli 

yuzga  keladigan suv muammosi O’zbekiston qishloq xo’jaligiga har yili 600 

million AQSh dollari miqdorida zarar keltirishi, yalpi ichki mahsulotning ikki 

foizga kamayishi hamda 300 ming kishining ishsiz qolishiga sababchi bo’lshi 

mumkin. Rog’un to’g’onining qurilishi O’zbekiston iqtisodiyotiga keltiradigan 

zararni amerikalik tadqiqotchilar shunday xulosa bilan yakunlashgan. Ularning 

ma’lumotiga ko’ra, Rog’un suv omborini to’ldirish uchun 12,4 yil kerak bo’ladi. 

Bu davr nihoyatda katta murakkabliklarni keltirib chiqarishi muqarrar. Chunki 

Amudaryo oqimining bir qismi to’siladi va suvi mazkur suv omboriga 

yo’naltiriladi. Olimlarning fikricha, Rog’un GESining asosiy salbiy ta’siri yoz 

mavsumida  –  u suvga to’ldirilib, qishda suvi chiqarib yuborilganida ayniqsa 

kuchayadi. Rog’un GESi elektr energiyani to’liq ishlab chiqaish tartibida ishlagan 

ishlagan paytda, ayniqsa Amudaryoning suv sathi 18 foiz suv sathi kamayadi, qish 

davrida esa aksincha, 54 foiz ko’payadi. Bu esa O’zbekistonda may –sentabr 




40 

 

oylarida (sug’orish mavsumida), ya’ni muhim vegitatsiya mavsumida keskin suv 



taqchilligini yuzga kelishi, sentabr-may oylarida esa suv ko’payishi mumkin. “Bu 

holat O’zbekiston iqtisodiyotiga katta zara keltiradi, ya’ni 506 ming gektar yerni 

(sug’oriladiganmaydonning qariyib 11 foizini) qishloq xo’jaligi oborotidan 

chiqarib tashlashga olib keladi. Bu kamida 336 ming kishi ishsiz qoladi, demakdir. 

Natijada O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2,2 foizga qisqaradi, davlat daromadlari 

6,9 foizga kamayadi va eng yomoni, iqtisodiy o’sish ham pasayadi,” deyiladi 

maqolada. Rog’un GES Vaxsh daryosida qurilayotgan gidroelektrostansiya bo’lib, 

Vaxsh kaskadining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Loyihaga ko’ra, ushbu inshoot 

to’g’onli GES tipidagi baland (335 m.) tosh-tashlamali to’g’on hisoblanadi. 

Qurilish ishlari yakunlangach esa Rog’un dunyodagi eng baland to’g’onli GES 

bo’ladi. Uning qurilmalari tarkibiga mahalliy materiallardan bunyod etilgan 

balandligi 335 metrli tosh-tashlamali to’g’on, qurilish va ekspluatatsiya tunellari, 

mashina zali (uzunligi 220 m., eni 22 m., eng baland joyi 78 m.) va 

transformatorlar binosidan (200x200x40 m.) iborat yer osti GES binosi kiradi. 

GES loyiha quvvati –  3600 mVt, o’rtacha ishlab chiqarish -13,1 mlrd. kVt/s ni 

taskil etadi. GES binosida oltita quvvati 600 mVtdan  iborat radial-o’qli 

gidroagregatlar o’rnatish ko’zda tutilgan. Muhandislarnig mo’ljaliga ko’ra, GES 

to’g’oni to’liq hajmi 13,3 km2 va foydali hajmi 10,3 km2 bo’lgan yirik Rog’un suv 

omborini tashkil qilishi kerak. Suv omboridan ham energetic, ham irrigatsion 

maqsadda foydalanish rejalashtirilgan. GES qurilishi bir necha bosqichlarda 

amalga oshiriladi, birinchi o’rtacha yillik ishlab chiqarish 5 mlrd. kVt/s bo’lgan 

holda 400 mVtni tashkil etishi kerak. Tabiatning noyob ne'mati suv muammosi 

hozirgi kunda mintaqaviy doiradan chiqib umumbashariy masalaga aylanib 

ulgurdi. Agar e'tibor berib qaraladigan bo’lsa, dunyoning barqaror rivojlanishi 

aynan shu masalaga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, transchegaraviy suv 

resurslaridan foydalanishda xalqaro huquq normalarining buzilishi kuzatilmoqda.    

Ma'lumki, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik 

xalqaro huquqiy me'yorlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, suv 




41 

 

munosabatlari milliy (har bir davlatning ichki) hamda xalqaro qonunchilik asosida 



tartibga solinadi.Transchegeraviy suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi 

asosiy xalqaro huquqiy hujjatlardan biri bo’lgan “Transchegaraviy ochiq suv 

oqimlari va xalqaro ko’llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo’yicha 

Konvensiya” (1992 yil 17 mart, Xelsinki) ga O’zbekiston Respublikasi 2007-yil 9-

avgustda qo’shilgan. Mazkur xalqaro hujjat talablaridan kelib chiqqan holda 

O’zbekiston Respublikasi 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan 

foydalanish to’g’risida”gi qonuniga 2009-yil 25-dekabrda tegishli o’zgartishlar 

kiritdi. Jumladan, mazkur qonunning 2-moddasida transchegaraviy suv ob'ektlari 

(ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o’tadigan yoki shunday 

chegaralarda joylashgan suv obyektlari) hamda transchegaraviy  suvlar (ikki va 

undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o’tadigan yoki shunday chegaralarda 

joylashgan  har  qanday  yerusti  yoki  yerosti  suvlari)ga  ta'rif  berilgan  beґilib,  4-

moddada Transchegaraviy suv ob'ektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon 

daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan 

foydalanish huquqi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida 

belgilanishi, 91-moddada esa O’zbekiston  Respublikasi va  boshqa davlatlar 

o’rtasida transchegaraviy suvlardan va transchegaraviy suv ob'ektlaridan 

foydalanish  va  suvni  iste'mol  іilish  to’g’risidagi  nizolar  O’zbekiston 

Respublikasining  xalqaro shartnomalari bilan belgilanadigan tartibda hal qilinadi, 

deb belgilab qo’yilgan.  

Zero, hech kimning boshqalarga va kelajak avlod uchun asrab-avaylashimiz 

lozim bo’lgan tabiatga zarar etkazish orqali o’z ehtiyojlarini qondirishga haqqi 

yo’q.

1

  Markaziy Osiyo mamlakatlari “sovuq urush” barham topgandan keyingi 



davrda xalqaro munosabatarning yangicha tizimi tarkib topishi jarayoniga jadal 

qo'shilmoqdalar. Ikki muhim omil: geostrategik sharoit va tabiiy resurslar 

Markaziy Osiyo mintaqasining olamshumul iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini 

oshirmoqda. 

                                                            

1

 O’ktam Otaqulov., “Ekohayot” jurnali, 28-mart 2012-yil. 




42 

 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish