O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi al-xorazmiy


оlоgik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#202514
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari

оlоgik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 

 

Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri 

hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda 

foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga kuyiladigan Amudaryo, Sirdaryo,  yer 

osti suvlari hamda otmosfera yonilgilari tushishi va yuzadan suvning buglanishi 

tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 - 2,10 o`zgarishi tabiiy 

iqlim hususiyati bilan bo`liq bo`lib, suvning hajmi 100 -  150 kub km, suv sathi 

maydoni  -  4000 kv, km ni tashkil etgan.Sug`oriladigan dehqonchilikning 

rivojlanishi natijasida  su`orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va 

qurg‘oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori 

kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 

m ga pasaydi. 1994 yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, 

sho’rlanish darajasi 9-10 gG`l dan 34-37 gG`l ga ortadi; 2000 yilga borib 180- 200 

gG`l ko’tariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 -  110 sm 

tashkil etmoqda. Qirg’oq  chizig’i 60 -  80 km pasayib, ochilib qolgan yerlar 23 

ming km2 tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati 

yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoladi. 

  Shimoliy Amerika qirg’oqlaridan topilgan tuz kukunlari o’zidan bir necha 

ming kilometr uzoqlikda –  sharqiy yarim sharda joylashgan Orol dengizi 

sohillaridan ko’tarilgani ma’lum bo’ldi.

1

  Ushbu hodisaga hududiy muammo, deb 



qaraguvchilar esa bugungi kunga kelib,  bu  hadik Markaziy Osiyo mintaqasini 

yorib chiqib, butun dunyoga tahdid solayotgan global voqeyilik ekanligini, nihoyat 

anglab yetdilar. Har yili Orol dengizi qirg’oqlaridan ko’tarilayotgan 75 million 

tonnalik tuzli chang-to’zonning nechog’lik atrof-muhitga yoyilishi inobatga olinsa, 

bu muammo ko’lamining xatarli ekanligini ko’z oldimizga keltirish unchalik qiyin 

emas. 


                                                            

1

Suyunov A. “Karvon qo’ng’irog’i”, 26.07.2012. B-9.  




68 

 

  XX asr insoniyatga fan-texnika inqilobini, taraqqiyotning misli ko’rilmagan 



qudratini namoyon etdi. Biroq yaqindagina oyoqlagan XX asr bashar farzandlariga 

sivilizatsiya, inqilobiy taraqqiyot hadya etish bilan bir qatorda turli xil yechimi 

mushkul muammolarni “meros” qilib qoldirdi.  Achinarlisi shuki, biz yuksak deb 

atab, faxrlanayotganimiz sivilizatsiya insonlarga tabiatga qanday munosabatda 

bo’lishni, ekologiya havfidan qutulishni, ekologik madaniyatni shakllantirish 

yo’llarini ko’rsata olgani yo’q. Bu aytish mumkin bo’lsa, insoniyat taqdiridagi 

g’alati paradoksga o’xshaydi. Asrimiz ibtidosi bizni bunga guvoh qildi. 

          Yer yuzida aholi sonining o’sib borishi, fan-texnikaning shiddatli 

taraqqiyoti, mamlakatlar o’z hududlaridagi tabiiy resurslaridan imkoni boricha 

foydalanishi, jamiyat taraqqiyotini tezlashtiribgina qolmay, inson va tabiat 

o’rtasidagi munosabatlar tizginini ham izdan chiqardi. Natijada Yer yuzidagi 7200 

million gektar o’rmondan hozirda 4100 million gektar atrofidagi o’rmon qoldi 

xolos. Rasmiy ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, har yili atmosferaga dunyo 

miqyosida o’rta hisobda 50 million tonna har xil uglevodorodlar, 260 million tonna 

oltingugurt oksidlari, 50-60 million tonna azot oksidlari, 2 million tonnadan ortiq 

chang va kulsimon moddalar “hadya” etilmoqda. Hozirgi kunga kelib ekologik 

holat millati, tili, davlatidan qat’iy nazar, barchani birdek tashvishga solmoqda. 

Dunyoning qaysidir nuqtasida sodir bo’layotgan salbiy holat boshqa bir hududga 

bundanda jiddiyroq havf solishi mumkin. Birgina Orol muammosi bunga yorqin 

misol bo’la oladi. 

So’nggi 50  yil oralig’ida yangi o’zlashtirlgan yerlarni sug’orish oqibatida   

Amudaryon olinayotgan suv miqdori 3 marta ortdi. Natijada 1980-yilga kelib Orol 

dengizi maydoni sal kam 2 marta (66,5 ming kvadrat kilometrdan 36 ming kv. 

kilometrgacha) qisqardi va suv sathi 14 martagacha pasaydi. Dengizga 

oqizilayotgan suv miqdorining keskin kamayganligi oqibatida 2000-yilga kelib, 

uning maydoni 23 ming kv. kilometrga qisaqarib, suv sathi taxminan 20 metrga 

pasaydi. Shu bilan bir qatorda dengizning qurib qolgan qismidan shamollar 

ko’tarayotgan mineral tuzlar 1000 kilometrgacha bo’lgan maydonga tarqalib, 




69 

 

Pomir tog’laridagi muzliklargacha davom etmoqda. Koinotdan olinayotgan 



suratlarda Orolning bir nechta ko’llarga aylanib borayotganligi yaqqol ko’rinadi. 

Aholi salomatligiga xavfli omillar orasida Amudaryo suvining ifloslanishi alohida 

o’rinni  egallaydi. Keyingi yillarda daryo suvi tarkibida mineral tuzlar va zaharli 

moddalar 3 marta ortgan.

1

 Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan viloyatlarda 



qishloq xo’jaligi ekinlari uchun ishlatilayotgan kimyoviy moddalar qoldiqlari 

mavjud oqava suvlardan har sekundda 250 kub.m. miqdorda zovurlar va ko’llar 

orqali daryoga oqizilmoqda. Qishloq joylardagi ko’plab aholining hanuzgacha 

daryo suvidan iste’mol qilganligi oqibatida sariq (gepatit), oshqozon-ichak 

kasalliklari, kam qonlik (anemiya) xastaliklari darajasi anchagina yuqori bo’lib 

qolmoqda. Oroldan ko’tarilayotgan mineral tuzlar miqdorining ortib borishi, 

qishloq xo’jaligida ximiyaviy moddlarning ko’plab ishlatilishi natijasida yer osti 

suvlarining zaharlanishi va sho’rlanish darajasi ortmoqda. Oqibatda har yili 20 

foizga yaqin mevali daraxtlar quriydi. 80-yillarda bu holat ayniqsa Tuyamo’yin 

suv ombori ishga tushirilishi natijasida Hazorasp va Bog’ot tumani hududlarida 

ko’plab ko’zga tashlangan bo’lsa, hozirgi kunda vohaning ko’pgina hududlarida 

kuzatilmoqda.  

 Ekologik tizmlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng 

yomon ahvol Janubiy oroldir.  Ushbu mintaqa   o`z ichiga shimoliy g’arbiy  qizil 

qum, Zaungao`z, Qoraqum, Janubiy  ustyurt va Amudaryo delutasikabi landshaft 

komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni -  473 ming km2 bo`lsa, 

uning Janubiy qismi 245 ming km2 tashkil etadi. Bunga KKR hududi, 

O`zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshhavu`z viloyatlari 

kiradi. Orol va orolbo`yida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi cho’llanish hodisasi 

dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan 

baholash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengitubining ochilishi va daryo 

delutalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 

                                                            

1

Mahmudov M. Xorazm tarixi istiqlol ko’zgusida. Urganch, 2013. B-123. 




70 

 

mln.ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum 



qoplamlarini hosil qiladi. 

Shunday qilib, Markaziy Osiyo hududida qum, tuz ayrozonalarini shamol 

yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki 

ma'lumotlarga  qaraganda yiliga atmosferaga 100-150 mln. tonnagacha chang - 

tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang -  tuz tuzoni atmosfera 

ifloslanishi 5% ham ortib yubormoqda chang  -  tuzonlarning atmosferaga 

kutarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan ko`zatilgan. Chang - tuzon uzunligi - 400 

km, eni esa 40 km bo`lib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning yer yuzasida 

yog’ilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 -  15 % sholining esa 3-6 % pasayib 

ketdi. Orol bo`yiga yog’ilayotgan chang -  tuz zarrachalaridan umumiy miqdor 

o`rtacha 520 kg/ga  tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy 

sababchilaridan biri bo`lib qoldi. KKRning sug`oriladigan maydonlari chang-tuz 

fraksiyalari 250 kg/ga  dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Sho’rlangan 

qum tuzlari yili Orol bo`yidagi 15 ming ga yaylovlarni egallab bormoqda. G’o`za 

uchun ajratilgan maydonlar kasallik ko`zgatuvchi zarakunandalar bilan 

zararlangan.  Qishloq xo`jalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning 

yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, 

Kashkadaryo, Buxoro, Samarkand) II kategoriyada erlaning ko`payishiga olib 

kelmoqda. Amudaryoning o`rta okimi joylashgan. Turkmanistonning suv xo`jalik 

tumanlarida  murakkab meliorativ holat kelib chikmoqda. Amudaryo va 

Sirdaryoning  quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli 

bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub yerlar hisoblanadi, sho’rlangan, kuchli 

sho’rlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga 

kishilik xo`jalik  mahsulotlari hosili O`zbekistonda  -  30%, Turkistonda 40 %, 

Qozog’istonda  -  33%, Tojikistonda -  1990  Qirg’izistonda  -  20 % pasayib ketdi. 

Kuchli shurlangan yerosti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini 

kuchaytirmoqda. Amudaryo va  Sirdaryo  qirg’oklarini pasayish natijasida 

daryolarning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi. Bu o`z navbatida 




71 

 

to’qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy bo`lgan o’tlog’i 



-  botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir cho`l, kumli tuproqlarga  aylanishga olib 

keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi 

uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol 

bo`yining sanitar -  epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markazlashtirilgan 

suv bilan ta'minlash 29-67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv 

havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? 

Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni 

ta'kidlash lozimki,  Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma'lumotlarga qaraganda ko`p 

marta o`z  shaklini o`zgartirganini va qurib qolgani ma'lum. Orol dengizining 

dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak 

bo`ladi. 

Dengizning  qurigan sohillaridagi to’planib qolgan  yerdagi tuzlar shamol 

esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tug’diradi.O’sha 

yerdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda. Bundan tashqari deyarli Orol 

dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qayg’urmayapti. Orol dengizini 

tiklashga chet el mablag’lari ajratilgani bilan usha mablag dengizga xarajat 

qilinishini xech kim o’z nazoratiga olmayapti. Bundan kelib chiqadiki, mablag’lar 

o’sha  yerga "yetmayapti". Buni qisqa  qilib shunday ta'riflash mumkinki, O’rta 

Osiyo  mamlakatlarida kurgokchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va 

O’rta Osiyo mamlakatlari "pichoq  suyakka  qadalganida" anglab etishadi. Afsuski 

Orol dengizi qurib kolgandan so’ng bu muammoni yechish yo’llari qidiriladi. Orol 

dengizining  qurishining asosiy sababi,  bu xo’jalik extiyojlariga ishlatilishi ya'ni 

paxta, bugdoy sugorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun 

Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta 

quriy boshlagan. 

Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar mavjud. 

1.     

Orolni qanday bo’lmasin  qutkarish va uni avvalgi holatiga qaytarish 

zarur.  



72 

 

2. 



Orol dengizini sathini barqaror bir sathida saqlab bo’lmaydi, shuning 

uchun uni to`liq qurishi muqarrar. 

3. 

Orol sathini ma'lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalga 



oshirish mumkin. 

Birinchi fikr 1986-87 yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari 

tomonidan va boshqa qardosh respublika yozuvchilar tomonidan qo’llab-

quvvatlangan. 

Ikkinchi fikrda, ular suvni yangi yerlarini o`zlashtirish va sug`orishga sarflash 

kerak, dengizni qutqarib bo’lmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda. 

Uchinchi fikr, Orol muammosi bilan maxsus shug’ullangan olimlar va 

mutaxassislar tomonidan ko’tarilgan. Ular o`z fikrlarini ushbu muammo ustidan 

olib borgan. Ko`p yillik ilmiy izlanishlari aosida tushuntirib, dengizni barcha 

ekologik va ijtimoiy-  iqtisodiy ahamiyatini to`g`ri taxmin qilgan holda uning 

sathini ma'lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligini isbotlab berdilar. 

Orol dengizini dastlabki mutloq  balandlikka (53 )m  ko’tarishning iloji yo`q. Orol 

sathini bir mutloq balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir necha fikirlar 

o`rtaga tashlanmoqda.  

- Ba'zilar Kaspiy dengiz suvini kanal orqali Orolga o`tkazishni: 

- Ko`pchilik Orolni Sibir daryolari suvi hisobiga tuldirishni: 

- Ba'zilari Amudaryo va Sirdaryo boshlanishi muzliklarini 17 ming km2 

yeritib yuborishni ko`pchilik maslahat berdilar. 

Markaziy Osiyodagi suv omborlari (92 ta, 72  tasi  O`zbekistonda) suvni 

daryolarga ochib yuborishni o`rtaga tashlagan. Bulardan tashqari ba'zi 

mutaxassislar Orol dengizi ostida taxminan 1-1,5 ming m chuqurlikda Orolning 

1961- yilga qadar bo`lgan suv hajmiga nisbatan 4 barobar va undan ham ko`proq 

miqdrdagi yerosti suvlari mavjud ushbu suvlarni bug’lanish yo`llari bilan bir necha 

skvojinalar (burgular) orqali dengizga ko’tarib chiqish mumkinligini ko`rsatadilar.       

 Dengizni saqlab qolish uchun 70 km kub suv kerak. 



73 

 

         -  100 km kub suvni yer ostidan chiqarish uchun 600 ming ta skvijina kerak. 



Unga 100 mlrd sum mablag` kerak bo’ladi. 

- 600 ming skvajinani 7 x q 4,2 mln. skvajina kerak bo`ladi. 

- 700 kmG`kub suvni er ostidan skvajina orqali suv chiqarish uchun 700 mlrd 

so’m pul kerak.  

- 600 ta skvajinani qazish uchun 1 ml tonna quvur truba kerak.. 

- 600 ming ta skvajina kazish uchun 1 mlrd, tonna truba yoki quvur kerak. 

- 42 mln skvajina kazish uchun - 76 mlrd tonna truba yoki quvur kerak. 

Lekin O`zbekiston respublikasi 2005-yildan boshlab dengiz atrofida 18-20 

mingta skvijina qazish kerak, bunga 30 mln.tonna truba kerak bo`ladi. Shunday 

qilib Orol sathini ma'lum bir mutloq balandlikda saqlab qolishning birdan-bir yo`li 

ushbu  havzaning  o`zida mavjud bo`lgan suv rezervlarini saqlab qolishdir. Orolga 

har yili kamida 20 kmG`kub suv quyilib turish kerak. Xo’sh ana shu 20 km suvni 

qayerdan topish kerak. Ma'lumki sug`orish uchun 90 % suv sarf bo`ladi. Uning 

foydali ish koiffitsenti 0,63 ga teng. Agarda ushbu ko`rsatkichga 0,80 ga yetkazilsa 

ancha suv jamg’ariladi. Demak, asosiy e'tiborni suv yo`qotishni iloji  boricha 

kamaytirishga karatish kerak. 

Orol dengizining qurib borish xavfi g’oyat keskin muammo, aytish mumkinki, 

milliy kulfat bo’lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq o’tmishga borib taqaladi.  

Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan 

biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’siriga qoldi. 

1994-yilga kelib Orol dengizidagi suvning sathi-32,5 metrga, suv hajmi- 400 

kub kilometrdan kamroqqa, suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat 

kilometrga tushib qoldi. 

Prezidentimizning BMT sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga 

bag’shlangan yalpi majlisidagi nutqida ta'kidlanganidek, “qirq yil mobaynida Orol 

dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning 

minerallashuvi esa o'nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi 

uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb barcha hayvonot va nabotot olami 




74 

 

tanazzulga uchradi va yo'qoldi. Bugun Orolbo'yida nafaqat ekologik, balki dunyo 



miqyosida og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan murakkab ijtimoiy-

iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo'ldi”.  

BMT Bosh kotibi janob Pan Gi Mun 2010 yil 4-5-aprel kunlari Orolbo'yiga 

tashrifi chog’ida vaziyat bilan yaqindan tanishib bunga ishonch hosil qildi. Hozirda 

Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l 

gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli 

“o'lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, 

tutash  hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu 

yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln  tonnagacha chang ko'tariladi. 

Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga 

uchrashi va cho'llashish sur'atlari o'sib bormoqda. Bugungi kunda Orol dengizini 

o'rnida asosan 6 ta qoldiq ko'llar hosil bo'lgan. Orol dengizining qurib ketgan 

yerlaridan shamol orqali havoga tuz va chang ko'tarilib, yuzlab kilometr 

hududlarga tarqalmoqda. Bu nafaqat Orolbo'yi, balki undan uzoq hududlarda ham 

qurg’oqchilikni keltirib chiqarmoqda. 

Ushbu muammo XX asrda Yer yuzida ro'y bergan eng mudhish ekologik 

falokat bo'lgani tufayli uni bartaraf etishga nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun 

jahon hamjamiyati jalb etilgan. 

Uzoq yillar mobaynida eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ekologik 

muammo bilan jiddiy shug’ullanilmagan. Tabiiy va mineral-xom ashyo 

zaxiralaridan vahshiylarcha, ekstensiv usulda, juda katta xarajatlar va 

isrofgarchiliklar bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo'jalik yuritish 

tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab 

munosabatda bo'lish g’oyasi butunlay yot edi. Aksincha, boyliklardan bunday 

foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy musobaqasida mamlakatning asosiy dastagi, 

eksport imkoniyatlarining negizi bo'lib keldi. 

Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan 

edi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ 




75 

 

ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilayotgan zararning mingdan bir qismini 



ham qoplamas edi. O'rmonlar o'ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi. 

Yoqilg’i va mineral xom-ashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda 

juda ko'p miqdorda qazib olinganidan ko'pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar 

sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash 

inshootlariga ega bo'lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. 

Natijada barcha zararli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv 

havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo'ldi. O'z ko'lami jihatidan beqiyos 

darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro'yobga chiqarish, transport 

kommunikatsiyalarini (BAM, Turksib kabi temir yo'llarni, avtomobil, neft-gaz 

magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni 

qashshoqlashtirdi. Butun boshli aholi punktlarining yo'q bo'lib ketishiga, ekologik 

muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga ham 

olib keldi. 

Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik vaziyatning murakkabligi shundaki, u 

bir necha o'n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina 

emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik 

xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Inson –  tabiatning xo'jayini, 

degan soxta sotsialistik mafkuraviy da'vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida 

ko'plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojeaga aylandi. 

Ularni qirilib ketish, genofondning yo'q bo'lib ketishi jar yoqasiga keltirib qo'ydi.     

Har qanday jamiyat va mamlakatning barqaror taraqqiyoti va iqtisodiy 

rivojlanishi iqtisodiy o'sishning 3 ta omili bilan aniqlanadi: mehnat resurslari, 

sun'iy ravishda yaratilgan ishlab chiqarish qurollari va tabiiy resurslar. Iqtisodiyot 

fani ekologik muammolarga etarli e'tibor qaratmaganligi oqibatida iqtisodiy 

rivojlanishning texnogen turi yuzaga keldi. Bu turni tabiatni barbod etuvchi 

rivojlanish turi sifatida baholash mumkin, chunki u ekologik cheklanishlarni 

hisobga olmaslik asosida yaratilgan sun'iy ishlab chiqarish vositalaridan 

foydalanishga asoslangandir.                




76 

 

Iqtisodiyotning agrar yo'nalishidagi rivojlanish va suvdan oqilona 



foydalanmaslik oqibatida Orol dengiziga quyiladigan Amudaryo hamda 

Sirdaryoning suv hajmlari kamayib ketdi. Orol dengizi muammosi nafaqat 

mintaqaviy, balki sayyoraviy fojeaga aylandi. Mintaqada yerlarning sho'rlanishi 

sababli paxta hosildorligi kamayishidan ko'rilgan iqtisodiy zarar bir necha o'n 

milliard so'mni tashkil etdi. 3 milliondan ortiq Orolbo'yi aholisi uchun ijtimoiy-

iqtisodiy va ekologik muammolar vujudga keldi . 

Suv ta'minoti va chegaraoldi suv resurslaridan hamkorlikda foydalanish 

muammosi Markaziy Osiyo davlatlari rivojini oqsoqlantirayotgan omillardan biri 

hisoblanadi. Suv muammosi – Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat qurilishidagi 

yaxlit jarayonga ta'sir ko'rsatuvchi, milliy xavfsizlik manfaatlariga bevosita 

daxldor bo'lgan mavzu. Chunki suv doimo taraqqiyotning eng muhim geoiqtisodiy 

va strategik resursi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi, uni nazorat qilgan 

holda, nafaqat o'z iqtisodiyotini va ijtimoiy sohani o'zgartirish, shuningdek, 

umuman, Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham nazorat qilish mumkin. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan so'ng, mintaqadagi 

suv masalalarida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Yangidan tashkil topgan beshta 

mustaqil davlat o'z yo'lini bozor iqtisodiyotiga qadam tashlash bilan boshladi, bu 

esa beqaror ekologik vaziyat sharoitlarida mintaqaning ayrim hududlarida suv 

resurslarini boshqarish va undan foydalanish masalalariga yondoshuv jihatlarini 

qayta ko'rib chiqishni talab qildi. Mintaqaning har bir davlati atrof-muhit 

muammolariga munosabatni o'zgartirgan holda hamda xalqaro suv huquqi 

tamoyillariga muvofiqlashtirish zaruratini anglagan holda, o'zining milliy ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyot manfaatlarini belgiladi. Bugungi kunga kelib shu narsa aniq 

bo'lmoqdaki, alohida davlatlar o'rtasidagi huquqiy asosni ta'minlamay turib, suv 

muammolarini hal qilishga erishish mumkin emas. Shuning uchun ham hozirgi 

kunda huquqiy asos uni amalga oshirishning asosiy vositasi deb hisoblanmoqda. 

Bunday sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta'minlash va muvozanatga erishish 

manfaatlari va shu bilan birga  milliy xavfsizlik va barqarorlik nuqtai nazaridan 




77 

 

kelib chiqib O'zbekistonning ushbu jarayonda jahon hamjamiyatining teng huquqli 



a'zosi sifatida ishtirok etishi dolzarb masalalardan biridir. 

Shunday qilib, mintaqa ekologiyasini yer shari miqyosida eng murakkab 

hududlardan biriga aylanshiga quyidagi sabablar asos bo'lmoqda: 

- sobiq sovet tuzumidan qolgan eskicha reja asosida qurilgan iqtisod, suv-

energetika, transport-kommunikatsiya muammolari; 

-  Amudaryo suvini haddan tashqari ko'p miqdorda sug’orishga jalb etish 

oqibatida Orolga suv quyilishning keskin kamayishi;  

- cho'llarning kengayishi, tuproq sho'rlanishining kuchayishi;  

- qishloq xo'jaligi pestitsidlari bilan tuproqlar va yer  osti suvlarining 

ifloslanishi; 

- noto'g’ri (suv resurslarini haddan tashqari ko'p isrof qilinishi) sug’orish va 

sug’orish infratuzilmalaridagi kamchiliklar. 

Mazkur muammolarning o'zaro hamkorlikda bartaraf etilishi bugungi kunda 

ustivor vazifalar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyoda suv-energetika, ekologik 

muammolarning ijobiy hal etilishi oqibatida mintaqaning siyosiy va iqtisodiy 

barqarorligiga erishish imkoniyatlari kengayadi. 

 

 



78 

 

   III bob bo’yicha xulosa. 



 

Bekimbetov Bahodir Mirzaboyevichning “Orol dengizini qutqarish uchun 

ijtimoiy  –  siyosiy xarakat tarixi” mavzusidagi dissertatsiyasida mamlakatimiz 

tarixshunosligi fanida XX asrning 60-90 yillarida Orol dengizini qutqarish uchun 

ijtimoiy-siyosiy harakatlar tarixi ilk bor yoritilgan. 

Abu Rayhon Beruniy «Geodeziya» asarida Orol dengizining kelib chiqish 

tarixi, Kalif, O’zboy Amudaryoning eski o’zani ekanligi haqidagi qimmatli 

malumotlarni beradi. Uning mulohazalariga ko’ra Amudaryo vohasi Qizilqum va 

Qoraqum tabiati geologik,  ham tarixiy o’tmishda doimo o’zgarishda bo’lib, suvlik 

bilan quruqlik almashinib turgan, ushbu cho’llarda uchraydigan dengiz hayvonlari 

qoldiqlari qadimda suv ostida bo’lganini bildiradi

1



«Moskva savdo kompaniyasi»ning vakili Antoniy Jenkinson o’zining 1555 – 

1558-yillar mobaynida Buxoro  va Xivaga qilgan sayohati bayonida ushbu 

xonliklarda o’zi shohid bo’lgan siyosiy vaziyat, o’zaro urushlar haqida yozar ekan, 

suv havzalari haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tgan. «…Butun mamlakat 

foydalanayotgan suv,  kamayib ketgan Oksus daryosidan kanallar  orqali olinadi. 

Mana shuning uchun ham uning  suvi ilgarigidek Kaspiy dengizga quyilmay 

qo’ygan. Bu mamlakat yaqin vaqtlar  ichida Oksus daryosining suvi yetishmasligi 

natijasida vayron bo’ladi va sahroga aylanadi». 

Quyi Amudaryo muhiti paxtadan yuqori hosil olishga qulay bo’lib kelgan 

hamda Xorazm uzoq paxtachilik tajribasiga ega. Buning isboti sifatida professor 

S.P.Tolstovning 1937-1940 yillarda Tuproqal’ada olib borgan arxeologik 

qazishmalari natijasida paxta tolasidan tikilgan chopon qoldiqlari topilganligini 

ko’rsatish mumkin.

2

             



                                                            

1

 BaratovP.O’zbekiston tabiiy geografiyasi. T. O’qituvchi, 1996. 17 .  



2

 Xudoyberganov M. Xorazm paxta tozalash sanoati tarixi. Toshkent, 2004, 8-bet.

 



79 

 

Xorazm vohasi iqlimi to’g’risida Orol muommasi paydo bo’lishidan oldin 



berilgan ta’riflarga etibor qaratamiz. 

« .. Amudaryo suvi ko’rinishidan loyqali bo’lsa-da, tinitilganidan keyin 

ichishga juda yaroqlidir» (Danilevskiy, 1851 y.);«.. Amudaryoning quyi qismida 

iqlim kishi sog’lig’i uchun juda qulay»(V.Grigoryev. 1861 y.);«.. Amu suvidek 

mazali suvni dunyoning hech bir go’shasidan topolmaysiz»(H.Vamberi)… 

Afsuski, bu ta’riflar XIX asr xos. Bugun Orolbo’yi hududlarida  afsonaga 

aylangan zilol suvlarini-yu mazasi tilni yoradigan “baranj” navli qovunlari 

yo’qoldi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, Orolni asrab qolish uchun va uni kelajak 

avlodga yetkazish har birimizning burchimiz sanaladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


80 

 

                                                       Xulosa. 



 

       Orol dengizining halokati 60-yillardan boshlab avj pallasiga kirdi. Ushbu fojia 

oqibatida bugungi kunda Orolbo’yi hududlarida, ayniqsa, Quyi Amudaryo 

hududida ijtimoiy ekologik muhit nochor ahvolga  tushib qoldi. Sovetlar 

hukmronligi davrining so’nggi o’n yilliklari davomida ekologik vaziyatning 

og’irlashuvi natijasida to’planib qolgan muammolarning hal etilmaganligi keskin 

va ziddiyatli demografik vaziyatni yuzaga keltirdi. Ma'lumki, demografik 

jarayonlar bevosita jamiyatda aholi salomatligi, ko’payishi, uning turmush tarzi va 

shart-sharoitlari, migratsion jarayonlar, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, 

urbanizatsiya jarayonlari kabi omillarni o’zida uyg’unlashtiradi. Shu sababdan  

so’nggi chorak asr davomida Quyi Amudaryo hududida yuzaga kelgan vaziyat 

ma'lum ma'noda ushbu jarayonlarga o’z ta'sirini o'tkazgan edi. Buning ustiga sovet 

hukumatining yangi yerlarni ochish, paxta yakkahokimligini kuchaytirish 

borasidagi siyosati nafaqat hudud atrof-muhitining buzilishi yoki ijtimoiy 

hayotning og’irlashishiga, balki asosiy tabiiy boylik bo’lgan ulkan 

to’qayzorlarning sezilarli darajada kamayishiga, ulardagi mavjud o’ziga xos 

genafondning jiddiy qisqarishiga olib keldi. Bir necha yil oldin 300 ming ga 

bo’lgan to’qayzorlar bugungi kunga kelib 33 ming gektarni tashkil etadi, xolos.             

       Afsuski, sobiq ittifoq davrida Orolbo’yidagi ekologik vaziyatni 

barqarorlashtirish uchun qilinishi lozim bo’lgan amaliy ishlar qog’ozlarda qolib 

ketdi. Ana shunday amaliy ishlardan biri Sibir daryolari suvining bir qismini 

Orolga oqizish ishlari bo’lib, bu loyihaning mohiyatida garchand markazning 

manfaati yotgan bo’lsa-da har holda Orolga yiliga 20 km3 suv quyilishi ta'minlanar 

edi. Lekin loyiha ham 1986-yilda to’xtatib qo’yildi. 

Mustabid sovet tuzumi sharoitida dasturulamal bo’lib qolgan “Inson 

tabiatning xo’jayini” degan soxta ma’fkuraviy da’vo, xo’jalik yuritishning yaroqsiz 

usullari , tabiiy va mineral xomashyo zaxiralardan vahshiylarcha foydalanish kabi 

illatlar ekologik muammolarni keltirib chiqardi. O’zbekistonda yerning nihoyat 




81 

 

darajada sho’rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi, yerning zaharlanishi va 



buzulishi, havo bo’shlig’i, yerusti va yerosti suvlarining ifloslanishi ekologik 

muhitni yomonnlashtirib bordi. 

Cho’l-u sahrolarni o’zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta 

monokulturasining kuchayishi, Amudaryo va Sirdrayo havzalari bo’ylab sug’orish 

tizimlarini jadal suratda qurish ishlari Orol fojiasini keltirib chiqardi. Orol 

dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning sohillari 60-80 km ga chekindi, 

u endi yaxlit dengiz emas, balki ikki qoldiq ko’lga aylanib qoldi. Dengizning suv 

qochgan 4 mln gektardan ortiqroq tubi qumli, sho’rxok sahroga aylandi. Undan 

kuchli shamol, bo’ron orqali ko’tarilgan tuz,chang-to’zonlar atrof-muhitni 

yemirmoqda, odamlar sog’lig’ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulyoz, 

qorin tifi, kamqonlik, siydik yo’llari va jigar toshi, qon bosimi va boshqa 

kasalliklar ko’paydi. Bolalar va xotin-qizlar o’limi ko’payishi kuzatilmoqda. 

Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo’ron tufayli 15-75 million tuzli 

qumlar atmosferaga ko’tarilib 300-500 km masofaga yoyilmoqda. Orolning qurib 

borishi ekologik kulfat darajasiga aylandi, uning atrofi yashaydigan qariyb 35 

million kishi xavf-xatar ostida qoldi. 

O’zbekiston  Respublikasi  ekologik  xavfsizligini  ta’minlash  Markaziy  Osiyo 

mintasidagi  ekologik  barqarorlikni  ta’minlash  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lib,  bu 

holat  mintaqadagi  suv  resurslaridan  birgalikda  foydalanish,  atrof-muhit 

ifloslanishining  transchegaraviy  muammolarini  bartaraf  qilish,  Orol  fojeasi 

oqibatlarini  bartaraf  etish  va  Orol  dengizi  havzasini  ekologik  jihatdan 

sog’lomlashtirish  bo’yicha  hamkorlikda  bir  qator  muhim  vazifalarni  amalga 

oshirish  orqali  namoyon  bo’ladi.  Bu  borada  mintaqa  davlatlarining  yuqoridagi 

transchegaraviy  ekologik  muammolarni  hal  etishda  yakdillik  bilan  xalqaro  huquq 

mexanizmlarini qo’llashga erishish choralarini ko’rish lozim. 

Bugungi  kunda  Orol  suvini  barqarorlashtirish  sari  olib  borilayotgan  chora-

tadbirlarga  qaramasdan,  Orol  dengiziga  suv  quyish  asosan  qoldiq  printsipida 

amalga  oshirilmoqda.  Orolbo’yi  hududi  xalq  xo’jaligiga  suv  tanqisligidan  katta 




82 

 

zarar  yetkazmoqda.  Bu  esa  mazkur  hududda  istiqomat  qiluvchi  aholining 



turmushini og’irlashishiga sabab bo’lmoqda.  

Tojikiston  hukumati  tomonidan  Rog’un  gidroelektrostantsiyasi  loyihasini 

qayta  jonlantirish  hatti-harakatlari  butun  mintaqa  aholisini  xavf  ostida  qoldirish 

sharoitini yuzaga keltiradi. Rog’un joylashgan yerdagiga o’xshash yuqori seysmik 

hududda  bir  necha  o’n  mlrd  kubometrli  suv  sig’imiga  ega  yirik  gidroinshootning 

qurilishi  va  ishga  tushirilishi  halokatli  vaziyatlarni  yuzaga  keltirishi,  bunday 

holatda  bir  joydan  suvning  o’pirib  oqib  chiqishi,  pirovardida  to’xtatib 

bo’lmaydigan ulkan suv selini vujudga keltirishi mumkin.  

Hatto,  seysmik  jarayonlar  xavfsiz  bo’lgan  sharoitda  ham  Rog’un 

gidroelektrostantsiyasining  mo’ljallangan  rejimdagi  ish  faoliyati  Quyi  Amudaryo 

hududidagi  ko’pmillionli  aholining  turmush  sharoitini  keskin  tushib  ketishiga 

sabab  bo’ladi.  Bunday  vaziyatda  Amudaryo  suvining  minerallashuvi  ikki  baravar 

oshadi, uning vegetatsiya davridagi oqimi sezilarli darajada kamayadi.    

Tadqiqot tahlilidan kelib chiqib, quyidagi taklif va tavsiyalar ilgari surildi: 

1. 

Mintaqadagi iqlim o’zgarishlarining bevosita ta’siri ostida cho’llanish 



va  suv  tanqisligi  muammosi  xavfi  mavjudligini  hisobga  olib,  bugun  shu  zaminda 

yashayotgan har bir inson oldingidek ko’p miqdorda yoki o’zi xohlagancha suvga 

ega  bo’lishi  qiyinligini  chuqur  anglashi  lozim.  SHu  sababli  bugun  oldimizda 

turgan  muhim  vazifalardan  biri–bu  suvning  oz  miqdori  bilan  ham  yashash 

mumkinligini kishilarga tushuntirish lozimligidir.  

2. 


Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  ekologik  xavfsizlik  va  barqarorlikni 

ta’minlashda  mintaqadagi  suv  resurslaridan  birgalikda  foydalanish,  atrof-muhitni 

asrashning  transchegaraviy  muammolarini  hamkorlikda  xal  qilish  muhim  o’rin 

tutishini  inobatga  olib,  mutaxassislar  va  ekspertlar  tomonidan  “Tojikiston 

hukumati tomonidan Rog’un GESi loyihasini qayta jonlantirilishi mintaqa aholisini 

xavf ostida qoldirish sharoitini yuzaga keltirishi mumkinligi” e’tirof etilayotganini 

hisobga olgan holda ushbu masalani xalqaro huquqiy me’yorlar asosida hal qilish 

choralarini ko’rish lozim.  




83 

 

Bu borada birinchi navbatda suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo’yicha 



xalqaro konventsiyalarga Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar (hozircha 

mintaqada  faqatgina,  O’zbekiston  Respublikasi  bu konventsiyalarga  qo’shilgan)ni 

qo’shilishga  chaqirish,  mintaqadagi  ekologik  muammolarni  (ayniqsa,  atrof-muhit 

ifloslanishining transchegaraviy muammolarini) yechish bo’yicha keyingi yillarga 

mo’ljallangan  kompleks-tizimli  yondashuvga  asoslangan  rejalarini  ishlab  chiqish, 

umuman  davlatlararo  munosabatlar  tizimida  ekologik  masalalarning  ustuvorligini 

ta’minlash zarur.   

 

 



 

 

 




84 

 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish