3-avlod, birinchi faza yuksak darajali birinchi tillar
Haddan tashqari murakkab va mufassal o‗qiluvchi mashina tili kodlari sababli 50 – yillar
o‗rtasidan boshlab yuksak darajali birinchi tillar, hammadan avval FORTRAN ishlab chiqila va
qo‗llana boshlandi.
Yil
Til
Sintaksis
1953 Fortran
Hisoblar
tabiiy-ilmiy
sohada,
ilmiy
formulalarga
ixtisoslashadi.
1956 Algol
Dasturiy kodda birinchi marta ingliz so‗zlariga o‗xshash
buyruqlardan foydalanish mumkin edi. Endi dasturlar ancha
tushunarli edi. Algol dasturlashning barcha protsedura
tillarining o‗tmishdoshidir.
1959
Cobol
Tijorat va ishlab chiqarish – iqtisodiy qo‗llashga
ixtisoslashadi.
1980 Basic
Dasturlashning juda sodda tili, bir necha soat ichida
o‗rganish mumkin, lekin imkoniyatlari ancha cheklangan.
Basic har kimga dasturlash imkoniyatini berishi lozim
bo‗lgan.
Hozirgi kunda Basic ilgarigidek boshlovchi dasturlar tomonidan qo‗llaniladi, boshqa tillar-
ilmiy tadqiqotlar sohasidagi FORTRANni istisno qilganda-ishlab
chiqish uchun boshqa
qo‗llanilmaydi.
Cobol o‗ziga xos xususiyat kasb etadi. Bu tilda bugun barcha dasturiy ta‘minotning,
jumladan universal hisobot IBM mashinalarida, yarmidan ortiqrog`i yozilgan. Bu dasturlar
ko‗proq 60-70 yillarda yaratilgan. Modomiki bugun Cobol tilini ko‗pchilik bilmas ekan, unda bu
dasturlarning texnik xizmat ko‗rsatishi muammoli.
3-avlod, ikkinchi faza-dasturlashning strukturalashgan tillari
Strukturalangan dasturlashga qadam siklli va protsedurali (protsedurali dasturlash)
bo‗limiga yo‗l qo‗yadigan tillar rivojlanishi bilan qo‗llanilgan. Shundan boshlab dasturlashda
FORTRAN va COBOLda tez-tez qo‗llanuvchi GOTO o‗tish buyrug‘i rad qilinadi.
Yil
Til
Sintaksis
1960 C
Endi
Algol singari sodda emas, juda kodlangan bo‗lib ko‗rinadi
(ko‗pchilik tomonidan orqaga qo‗yilgan bitta qadam kabi
baholanadi). Biroq qo‗shtirnoq ichidagi xulosa sababli kod tartibli
strukturalangan.
1970 Pascal
Juda cheklangan, dasturchilarni
tartib va ehtiyotlik bilan
dasturlashga majbur qiladi.
Agar dasturlar tez va ishonchli (masalan tashqi qurilma drayverlari) bajarilishi zarur
bo‗lsa, bugun ham C tipi katta ahamiyatga ega. Pascal va uning keyingi variantlari (mas. Delphi)
bugun faqat xavaskor dasturchilar tomonidan foydalanishi mumkin.
4-avlod – ob‘yektga mo‗ljallangan dastur tili
Ob‘yektga mo‗ljallangan dastur turi yordamida mavjud hayotdan biron (predmet
vaziyatlar) narsani dasturda nisbatan oddiy qayta tiklash mumkin. Dasturlash ancha mantiqiy
bo‗lib qoldi va dasturiy kod (tartibli dasturlanganda) xatolarga kamroq yo‗liqqan.
Yil
Til
Sintaksis
1959 LISP
Eng avvalo sun‘iy intellekt sohasida, sonsiz masalalarning qo‗yilishi
uchun ro‗yxatlashga mo‗ljallangan til.
1982 C++
Sintaksis C tilidan o‗zlashtirilgan.
Ehtimol bugun C++ eng muhim dasturlash tili bo‗lsa kerak. Microsoft Office va Microsoft
Windows qismlari C++da yozilgan.
5-avlod vizual dasturlash
Dasturlashning shu paytgacha mavjud tillari bilan ishlash
har doim kirish konsolidan
amalga oshirilgan. Xizmatda bigingi kundagidek oson va qulay formulalar bo‗lmagan. Vizual
dasturlash tufayli Windows formulalarini tez va oddiy loyihalash va dasturlash mumkin bo‗lgan
instrumental muhit ishlab chiqilgan.
Yil
Til
Sintaksis
1995 Java
Sintaksis ko‗p jihatdan C tilidan o‗zlashtirilgan, til ob‘yektga
mo‗ljallangan.
2000 Visual Basic 6
Sintaksis Basicning ulkan ta‘siri ostida, yomon dasturlangan kod
juda qiyin o‗qiladi.
2002 C#.net
Ko‗p jihatdan C-sintaksis, ozgina Visual Basic ta‘siriga uchragan.
2002 C++.net
C++dagidan sintaksis.
2002 VB.net
Ayrim o‗zgarishlar bilan Visual Basic sintaksisi.
Java shunday katta afzallikka egaki, u platformaga bog‘liq emas, ya‘ni Java-dasturlarni
Windows, Macintosh va Linux operatsiya tizimlarida bajarish mumkin.
Visual Basic dasturlarni ishlab chiqishni ancha tez o‗rganishga imkon beradi, biroq u faqat
qisman ob‘yektga mo‗ljallangan.
Microsoft dan net Java ga o‗xshash qurilgan. Net dasturlar ham platformaga bo‗g‘liq emas.
Net bilan barcha dasturlash tillari ob‘yektga qaratilgan.
Web-dasturlash tillari
Uy sahifachasi (Homepages)dan ko‗p sonli xizmatlar va ma‘lumotlarga kirish huquqini
olish mumkin bo‗lishi uchun Web-dasturlashning maxsus tillari ishlab chiqilgan. Bugungi
kunda:
PHP4/5
ASP.net lar eng muhimlaridir.
ASP.net Microsoft ishlanmasi bo‗lgan bir paytda, PHP ulkan butun dunyo Open-Source
Community tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va ishlanmoqda. Bugungi kunda PHP
ASP.netga nisbatan ancha keng tarqalgan. Buning asosiy sababi shundaki,
PHPni osongina
qo‗lga kiritish mumkin va u kengayuvchan. Har ikkala tillar ob‘yektga mo‗ljallangan.
Dasturlashning keyingi turi bu - JavaScript. Uning yordamida Web-sayt uchun kichikroq
dasturlar yozish mumkin, biroq ancha jiddiyroq dasturlarning JavaScriptda ishlab chiqilishi
dargumon.
Do'stlaringiz bilan baham: