1. Perevod / Slovarnaya stat‘ya (tarjima / lug‘at bandi) buyrug‘iga berish — unda
Slovarnuyu stat‘yu (lug‘at bandini ochish) muloqot oynasi ochiladi.
2. Bu muloqot oynasida so`z shaklini andozaga o`zgartirish (otni bosh kelishikda, fe`lni
noaniqdek shaklida va h.k.) kerak. Unda lug‘at bandi muloqot oynasi ochiladi.
3. Nutqning kerakli qismiga mos keluvchi qo`shimcha varaqa tanlanib, agar kerakli so`z
lug‘atlarning birontasiga kirmasa, Dobavit‘ (qo`shish) bandi yoki tarjimaning o`zgartirilishi
zarur bo`lsa, Pravka (tuzatish) bandi bosiladi.
4. Keyingi muloqot so`z o`zgarishining xilini aniqlash, shuningdek, ushbu so`zning
boshqa shakllarda to`g‘ri yozilishini ko`rsatishga imkon beradi.
5. Oxirgi muloqot oynasi boshlang‘ich tildagi so`zning turli shakllarini va tarjimaning
programmaga kiritilgan variantini ushbu shakllarning qaysi biriga ishlatish kerakligini aniqlaydi.
6. Promt 98 programmasi fe`l va ot so`z turkumlari uchun so`zlarning bir —biri bilan
mos kelishini aniqlaydigan qo`shimcha axborot berishga imkon beradi. Fe`l holatida bunday
maqsad uchun Upravlenie (boshqaruv) bandi xizmat qiladi. U masalan, berilgan fe`lning
qo`shimcha bilan bog‘lanish usuli: qanday ko`makchi zarur, qo`shimcha qanday kelishikda
bo`lishi kerak va h.k.larni ko`rsatish imkonini beradi.
Avtomatik tarjima sistemasi ishining samarasi va sifati asosan unda mavjud lug‘atlar
tarkibi va ularning sifatiga bog‘liq. Lug‘atlarning sifati esa ular qanday tartib bilan
to`ldirilganiga qarab belgilanadi. Promt 98 programmasi qolgan sozlovlarining ishi ekran
ko`rinishining o`zgartirilishi va ba`zi texnik amallarning o`ziga xosligini berishga qaratilgan.
1. Programmaning umumiy sozlovlari Servis - Parametri (Servis — Parametrlar) buyrug‘i
bilan yoki Servis vositalar panelidagi Parametri (parametrlar) bandi yordamida ochiladigan
programmalar parametrlarini Nastroyka (sozlash) muloqot oynasida bajariladi.
2. Ushbu muloqot oynasi ikkita qo`shimcha varaqqa ega. Raznoe (turli) qo`shimcha
varaqasi programma sozlovining parametrlarini o`zgartirish imkonini beradi. Bu erda
boshlang‘ich matnni kiritishda tarjima oynasi qanday to`ldirilishi kerakligi ko`rsatiladi, band
qilingan so`zlar ro`yxatining avtomatik kiritilishi yoritiladi, lug‘atlarga etish darajasi aniqlanadi.
3. Ispol‘zovat‘ (foydalanish) bayroqchasi, lahzalik tarjima alohida so`zlar va ajratilgan
qismlar tarjimasini maxsus oynasi aks ettiriladi.
4. TSvet (rang) qo`shimcha varaqasi matnning turlicha elementlariga rang berish,
shuningdek, abzatslarning maxsus belgisi (markirovka)ni o`chirishga imkon beradi.
5. Sozlovning qo`shimcha imkoniyatlari vositalar paneli mundarijasini o`zgartirishdan
iborat. Programma bilan ishlash tajribasi to`plangandan keyin ayon bo`ladiki, vositalar
panelidagi satr klavishalar foydalanilmayapti, shu bilan birga tez-tez bajariluvchi 69
operatsiyalar klavishalari yo`q. Vositalar paneli tarkibi Panellar Servis/Nastroyka (servisi/
sozlovi) buyrug‘i bilan o`zgartiriladi.
6. Nastroyka instrumental‘nix paneley (vosita panellari sozlovi) muloqot oynasida
Kategorii (kategoriyalar) ro`yxati menyu satrlarining bandlari nomidan iborat. Agar ushbu
bandlaridan istalgani tanlansa, Knopki (klavishalar) panelida muvofiq menyudan buyruq uchun
klavishalar paydo bo`ladi. Tugmacha qo`shish uchun uni muloqot oynasidan vositalar paneliga
olib o`tish kerak. Vositalar panelidan keraksiz klavishani olib tanlash vositalar panelidan
muloqot oynasi ichiga olib o`tish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: