O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligitoshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 68,23 Kb.
bet15/15
Sana23.04.2022
Hajmi68,23 Kb.
#575855
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi iqtisodiyot

Ikkinchi eng muhim vazifa — ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash ham korxonalar, tarmoqlarning, ham umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish.
Uchinchi muhim vazifa — milliy valyuta — so’mni yana ham mus-tahkamlashdan iborat.
To’rtinchi strategik vazifa — iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xomashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
Xozirgi paytda bu qo’yilgan vazifalar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmoqda. Mulkni chinakam mulkdorlar qo’liga topshirish tezlashtirilib, ularning egalarida haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usi shakllanib bormoqda. Davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish uchun zaruriy huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinib chora-tadbirlar belgilanmoqda. Natijada davlatga qarashli bo’lmagan sektorning ulushi tobora ortib borib, hozirgi payt-da mamlakat
miqyosida yaratilgan milliy daromadning 70%, sanoat mahsulotining 53,5%, qishloq xo’jalik mahsulotining 97,7% ini tashkil etmoqda.
Diqqat-e’tibor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni pasaytirishga barham berish,
barqarorlashtirish va yuksaltirish uchun qaratilgani tufayli O’zbekiston iqtisodiyotning barcha ko’rsatkichlari bo’yicha ham do’stlik davlatlari orasida eng kam pasayishi yuz berdi. Ular orasida birinchi bo’lib, 1996 yildan boshlab asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha barqaror
o’sish ta’minlanmoqda.
«O’zbekiston modeli»da e’tibor respublikada ishlab chiqarishni tiklamay, iqtisodiyotni yuksaltirmay, tsivilizatsiyalashgan bozor sari amalda ilgarilab borish, mustaqillikni, suverenitetni iqtisodiy jihatdan himoya qilish, aholi uchun ishonchli ijtimoiy kafolatlarni vujudga keltirish, munosib turmush darajasini ta’minlash mumkin emasligiga qaratilgan. Bu jihati bilan
barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda printsip jihatdan bir-biridan farq qiluvchi boshqa yondashuvlardan ajralib turadi.
Iqtisodiyot barqarorligini o’ziga xos ko’rsatkichi, belgilangan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning mezoni bo’lgan milliy valyutani mustahkamlashga qaratilgan to’rtta
yo’nalishda alohida dastur ishlab chiqildi:
1.So’mni tovar bilan barqaror ta’minlashni amalga oshirish.
2.So’mni barqaror amal qilishi, erkin almashinuvini ta’minlash, buning uchun etarli valyuta zaxirasiga ega bo’lish.
3.Xar bir kishi, har bir tashkilotni ishlab topgan so’mini qadrlashga o’rgatish, milliy valyutani aniq to’lov vositasiga aylantirish.
4.Milliy valyutani mustahkamlash uchun inflyatsiyaga qarshi baquvvat, puxta o’ylangan siyosat o’tkazish.
Xozirgi paytda bu dasturlarni izchillik bilan hayotga tatbiq etish, butun milliy
iqtisodiyotda strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirish bilan birgalikda olib borilyapti.
Sobiq Ittifoq davrida sanoat tizimida engil sanoatning, aniqrog’i paxta tozalash
sanoatining mavqei juda yuqori bo’lgan. Ayrim regionlar sanoatida uning salmog’i 70—80 % gacha etgan. Katta xom ashyo resurslariga ega bo’lgan hududlarda tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish yo’lga qo’yilmagan edi.
Og’ir sanoat korxonalarining hammasi sobiq markazga bo’ysungandi. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tarkibida xalq iste’mol mollarining hissasi atigi 37,1% bo’lgan.
Shunday og’ir vaziyatda sanoatni tiklash, tarkibiy o’zgarishlari bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilmaganda ishlab chiqarishni keskin tushib ketishi, sanoatda band aholining katta qismi
ishsiz qolishi mumkin edi. O’z navbatida u boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Ushbu salbiy jarayonni oldini olish maqsadida chet el sarmoyalarini jalb qilish orqali
raqobatbardosh, import o’rnini bosadigan, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqariladigan yangi korxonalar tashkil qilish, eskilarini yangi zamonaviy texnologik jihozlar
o’rnatish yo’li bilan xaridorgir mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga alohida e’tibor berildi.
Qulay investitsion muhit yaratilganligi xorijiy sarmoyalarning kirib kelishiga keng yo’l ochilgani iqtisodiyotda tub strukturaviy o’zgarishlar sodir bo’lishining muhim omillaridan biri bo’ldi.
Islohotlarning dastlabki bosqichidanoq yoqilg’i-energetika majmuasini yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlash hajmlarini ortib borishi hisobiga energetika mustaqilligiga erishildi. Agarda 80- yillarda har yili 6 mln. tonna atrofida chetdan neft tashib kelingan bo’lsa, endilikda yoqilg’i mahsulotlarini eksport qilinayapti. Qisqa muddat ichida Buxoro neftni qayta ish-lash zavodi ishga tushirildi.
1998 yilda eksport qilingan mahsulotlarning 7,9% ini elektr-energiya manbalari tashkil qildi. Mamlakatimiz sanoatida mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog’ining mavqei kun sayin ortib boryapti. Ayniqsa, avtomobilsozlikning tashkil topishi jiddiy tarkibiy o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi. U sanoatda barqaror o’sishni ta’minlashning muhim omili bo’lmoqda. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari orasida birinchi, dunyoda 28- bo’lib avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatga aylandi.
Xozir yangi tarmoq tizimida quvvati 200000 engil avtomobil bo’lgan «UzDEUAvto», avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKochAvto» qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga alohida ahamiyat berilib, qator qo’shma
korxonalar vujudga keltirildi. Xozirgi kunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish kundan-kunga sifati va miqdori jihatdan aholi talabini qondiradigan darajaga etmoqda.
Xizmat ko’rsatish sohasiga diqqat qaratilishi bu sohaga uzoq yillardan beri e’tibor
berilmagani tufayli rivojlangan mamlakatlardan nihoyatda orqada qolib ketilgani, o’rtadagi katta farqni borgan sari yo’qotib borishga qaratilgan. Xozirgi paytda iqtisodiy faol aholining bu
sohada band bo’lishi milliy iqtisodiyotdagi muhim o’zgarishlar yuz berayotganidan dalolat beradi.
Ikkinchi bosqichda narxlarni ustidan davlat nazoratini minimallashtirish, ommaviy
privatizatsiya tufayli davlat mulki hissasi kamayib, bozor sektori ulushi tez o’sib bordi. Qishloq xo’jaligi isloh qilinib xo’jalik yuritishning turli shakllari vujudga keldi. Fermer xo’jaligi tobora rivojlanib bormoqda.
Bank tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Markaziy bank
umummilliy rezerv tizimi sifatida davlat ixtiyorida qolib, bosh-qa banklar nodavlat tijorat banklariga aylantirildi. Buning natijasida davlatning bevosita xo’jalik yuritish vazifasi iqtisodiyotni tartibga solishga aylanib ketdi.
«O’zbekiston modeli»ning diqqatga sazovor tomoni shundaki, jamiyatni isloh qilish va yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatning markazida inson turadi.
Islohotlarning mazmuni aynan har bir fuqaro o’z qobiliyatini, iste’dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o’zini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan. Siyosiy, ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlar
oliy maqsadga erishish — har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan boyroq qilishga qaratilgan.
Boshqa tomondan qaraganda, isloh qilishning natijasi shu insonlarning o’ziga bog’liq.
Shuni hisobga olib, birinchi navbatda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga qaratildi.
Bir vaqtlar asrimizning buyuk iqtisodchisi J. M. Keyns iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan paytda ishsizlikni kamaytirish uchun davlat ehrom quradimi, chuqur kavlab ko’mdiradimi, nima qilsa ham ishsiz aholini band bo’lishini ta’minlashi zarur deb ko’rsatgan edi.
Mamlakatimizning aynan ana shunday o’tish davrining qiyinchiliklari mavjud paytda ma’naviyat ehromlari barpo qilindi. Qadimiy obidalarni ta’mirlash, Imom-at-Termiziy, Imom al-Buxoriy kabi allomalarimiz, Bobur, al-Farg’oniy, Mashrab va boshqa ajdodlarimiz sharafiga bunyod qilingan bog’lar, Xotira xiyobonlari yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga yordam beribgina qolmay, mamlakatimiz tarixi bilan qiziqadigan, obidalarini ko’rmoqchi
bo’lgan sayyohlarni ko’payishiga olib keladi.
Inson omilining kuchi va ta’siri, uning ma’naviyati, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. U aholining bilimdonlik darajasi, ish bilan bandlikning kasbiy-malaka tuzilmasi va boshqa ko’pgina shart-sharoitlar orqali shakllanadi.
Shuning uchun ham mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy
o’zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlashni isloh qilishning «Milliy dasturi» ishlab chiqildi. U «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to’g’risidagi qonunlarning qabul qilinishi va amalga oshirilishida xalqimizning qudratli salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
«O’zbekiston modeli» bozor iqtisodiyotiga o’tishda xorij yordamiga ko’z tikib o’tirmay, ko’proq mamlakat iqtisodiy potentsialiga tayanishga qaratilgan bo’lib, bu chetdan beriladigan
madadni rad etish emas, balki unga iqtisodiy taraqqiyotning yordamchi manbai sifatida qarashni ifodalaydi.
Xullas, O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos xususiyatlariga mos yo’lni tanladi.
Bu modelning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, boshqa mamlakatlarda bozor
iqtisodiyoti modellari nazariy jihatdan olimlar tomonidan ishlab chiqilib, davlat arboblari tomonidan hayotga tatbiq qilingan bo’lsa, «O’zbekiston modeli» esa birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov olim sifatida nazariy jihatdan ishlab chiqib, davlat arbobi, prezident sifatida hayotda amalga oshirilishiga rahbarlik qilish, ya’ni ham nazariyotchi, ham amaliyotchining yagona shaxs bo’lishi jihatidan ham boshqa modellardan ajralib turadi.
Albatta, demokratik islohotlarni amalga oshirishda kamchilik va nuqsonlar ham bor. Lekin ularni chuqur tahlil qilib, tugatish yo’llari ishlab chiqilib, islohotlarni chuqurlashtirish orqali ko’zlangan maqsad sari olg’a qadam tashlanadi. Buni birinchi Prezidentimizning birinchi chaqiriq
Oliy Majlisning XIVsessiyasida, 1999 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2000 yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishni ustuvor yo’nalishlariga, 2000 yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishiga bag’ishlangan majlislaridagi nutqi ham tasdiqlab turibdi.

Xulosalar


1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlaming alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
2. O‘tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik
(jamiyatda u yoki bu tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud boigan turli kuchlaming kurashi va o‘zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yoilarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi, o‘miga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
3. Institutsional o‘zgarishlar.
Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fondbirjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o‘zgarishlar.
Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo`naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda tolo`vga qodir talabga mos bolgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
6. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli boigan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
7. O‘tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi qatlamlari tomonidan qoilab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlaming ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.
8. Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yolidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A. Karimov «Узбекистан по пути углубления еконоьичиских реформ»
2. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi ikkinchi yig`ilishida so`zlagan nutqi - T., «Хalq so`zi», 23 yanvar 2000
3. Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo`limiz. “Хalq so`zi”, 13 fevral, 2002 yil.
4. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma A.E.Ishmuxamedov va boshq.-T.: TDIU
I.Karimov. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug kelajagimizning asosiy omilidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Т.: “O‘zbekiston”, 2013. 4-bet.

B.Y.Xodiyev, Sh.Sh Shodmonov “Iqtisodiyot nazariyasi” darslik 2017.
A.Razzaqov, Sh.Toshmatov, N.O`rmonov “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”
O`zbekiston statistika qo`mitasi (stat.uz)
Download 68,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish