“Informatika +” tadbiri ssenariysi
Tadbirni o’tkazishdan maqsad:
O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, buyuk vatandosh allomalarga hurmat tuyg`usini shakllantirish, milliy g`urur ruhini tarbiyalash..
O’quvchilardagi mas’uliyat, burch, vatanparvarlik, do’stlik hislarini tarbiyalash, fanlararo integratsiya o‘rnatish.
Foydalaniladigan vositalar:
Tarqatma materiallar
Kompyuter, interaktiv doska
Ishtirokchilar:
Har biri 6 o`quvchidan iborat 2 ta jamoa, hay’ata’zolari, muhlislar.
Tadbirning borishi:
She’rlar shartlar orasida o`qiladi
Dil mehrigiyosi –salomim mening,
Yuragim kimyosi – salomim mening.
Haq yoki nohaqdan ko'ngli singanning
Yaman mo'miyosi – salomim mening.
Assalom, ey, davramizning eng aziz mehmonlari!
Assalom, ey, ilmi –fanning sohibu davronlari!
Assalom, ey, aziz do’stlar , ham fikrdosh o’rtoqlar,
Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar
Go'zal O'zbekizton, sensanVatanim,
Seni ololmaydi hech qanday g'anim.
Yurtboshing, elboshing senga rahnamo,
Jasur o'g'lonlaring kuchli mardona.
Erkin yuraklarga iymon Vatandir,
Toza ko'ngiilarga darmon Vatandir.
Halollik qasriga posbon Vatandir
Ozod, hur Turkiston, Turon – Vatandir
Asrlar ortidan kelar asrlar
Unit bo’lar o’tmish, zamon, ko’p sirlar
Ammo yaratilgan fan asoslarin
Asrdan asrga eltar nasllar
Qunt bilano’rganibbubuyuk fanni
Shon-shuhratga o’rang ona vatanni
Donolar donosi bo’lgay agar kim,
Fanga bag’ishlasa, jon birla tanni.
Assalomu-alaykum hurmatli kasbdoshlar, azizo`quvchilar! Matematika va informatika fan oyligi doirasida Informaika fanidan o`quvchilarining 7- sinf “Kompyuter” va 8- sinf “ Algoritm” ikki guruhi o’rtasida o’tkazilayotgan tadbirga xush kelibsiz.Tadbirimizni shartli ravishda “Informatika+” deb nomladik.Sababi, fevral oyi nafaqat matematika va informatika fan oyligi, balki ikki buyuk shaxs Navoiyxonlik va Boburxonlik oyliklari ham hisoblanadi.
Ruxsat bering, boshlamoqqa informatika baxsini,
Turli - tuman savol bilan o’ylatamiz barchani!
Informatika fani yuksalmoqda kun sayin
Fan bilan birga qadam tashlamoq kerak tayin.
Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on
Kompyuter savodxonlik quloch yoymoqda chunon.
Oddiy yerning yuzidan, to kosmik fazogacha
Kundalik turmush, hayot, quyosh, suv, havogacha
Kompyutersiz bugun yashab bo’lmas hech qachon
Qudratli bu fan uchun bosh atama algoritmsan.
Butun yer yuzi hali bo’lganida g’aflatda
Fanlarning tamal toshin qo’ya olgan tafakkur,
Biz ularga munosib voris bo’lib albatta,
Alloma Xorazmiyga deymiz dildan tashakkur.
Aziz tadbirimiz qatnashchilari, endi jamoalar javoblarini baholash uchun tashrif buyurgan hurmatli hakamlar hay’ati bilan tanishib chiqamiz
Shunday qilib, tadbirimizni boshlaymiz. Dastlab, tadbirimiz qonun-qoidalarini eslatib o’tmoqchiman:
Tanishuv.
Klaster metodi
Tezkor savollar.
Masalalar yechish
Boshqotirma topshiriqlarni bajarish.
Wordda mashq bajarish
1-shart.Birinchishartdajamoalaro`zguruhlarini, guruhnomi, emblemasitanishtiradi.Tayyorlabkelgangazetayokibukletinitaqdimotqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |