Psixologik xizmatning tuzilishini kuyidagi sxema tarzida tavsiya etish mumkin
Uzbekiston Respublikasi urta maxsus va oliy ta’lim Vazirligi
Tashkiliy uslubiy Psixologik xizmat Ilmiy uslubiy
bulim markazi xay’at
Viloyatlar, Toshkent shaxri, akademik litsey va kollejlar boshkarmalari Korakalpogiston urta maxsus ta’lim vazirligi
Psixologik xizmat bulimi
Kollej psixologlari Akademik litsey psixologlari
Kollej va litseydagi psixologlar ta’lim muassasi direktoriga va boshkarmaga buysunadi. Kollej litsey direktorlariga psixologik xizmat xakidagi Konunda kursatilgan vazifalar bilan boglik bulmagan vazifalarni kollej psixologiga topshirish tarikasida berishlariga ruxsat etilmaydi. Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi koshidagi psixologik xizmatni tashkil etish va boshkarishni muvofiklashtirilgan markaz tarikasida xizmat kiladi. Bu markaz psixolog, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari bulishi zarur.
Viloyat urta maxsus ta’lim boshkarmalari Korakalpogiston urta maxsus ta’lim Vazirligi va Toshkent shaxar urta maxsus ta’lim boshkarmasi koshida psixologik xizmat bulimlari uz xududlaridagi psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat kilish vazifalarini bajaradi. Bu bulimlar ikki uch kishilik xizmat xodimlariga ega bulishi kerak. Ukuvchilar soni 500 gacha bulgan maktablarga 1 ta maktab psixologi lavozimi belgilanadi, ukuvchilari 500 kishidan ortik maktablarga xar 500 ukuvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya massasalaridagi xar ikkita bolalar muassalarida bolalar psixologi lavozimi tayinlanadi. Yirik maktabgacha tarbiya muassasida bir shtat birligida bolalar psixologining lavozimi belgilanadi.
Kollej va litseylarda xar 250 ukuvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. Ukuvchilar soni 250 kishidan yukori kontingentli xollarda xar 250 ta ukuvchi uchun kushimcha psixolog shtati belgilanadi.
Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar:
Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur:
korreksion ishning aniq maqsadini belgilash.
korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash.
Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash)
Metodika va texnikani ishlab chiqish.
Korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash.
Uchrashuv kunlarini belgilab olish.
Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat)
Korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish.
Korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash.
Korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash.
Korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi.
Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baxolash quyidagicha mezonda aniqlanadi:
A) rivojlanishdagi qiyinchilikning yechilishi barxam topishi.
B) maqsad va vazifalarning belgilanishi korreksion effektivligi o‘zoq muddatdan so‘ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi.
Korreksion dastur muammoning butunlay hal bo‘lishini oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo‘qolishi va yechilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham qaraladi.
Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaktda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi.
Psixolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.
Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo‘lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korreksion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir.
Korreksion mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o‘yinning ma’no jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog‘liq. Mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha mijozning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim. Korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha tez samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |