147
tomonidan o‘z davrida xonaqoh qurdirgan. Keyinroq bu xonaqoh XIV asrda Amir Temurning
yassiya ziyorati tufayli kengaytirilib ta’minlangan.
Xoja Ahmad Yassaviy tariqat sohibi sifatida xorijdayam mashhur bo‘lgan yassaviylik
asosida,
keyinroq bektoshiylik, abdorlik kabi silsila va tariqatlar vujudga kelgan.
Yassaviylik tariqati XX asr boshlariga qadar Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan, xorijda
esa Sharqiy Trukiston (hozirgi Turkiya) hududlarida shu kunda ham amalda ekanini tasdiqlovchi
manbalar bor. Yassaviylik nafaqat tariqat sifatida, balki adabiy maktab sifatida ham taraqqiy
etgan. Bu yo‘nalishda o‘nlab ijodkorlarni, hikmat mualliflarini keltirish mumkin: Hakim
Sulaymon ota, Qul Ubaydiy, Azim Xo‘ja Eshon devoni hikmat sohiblari sifatida adabiyotdan
o‘rin olgan.
Xoja Ahmad Yassaviy ijodi dastlab uning shogirdlari tomonidan davom ettirilgan bo‘lsa,
XVI asr boshlariga kelib Yassaviy maktabi shoirlari saroyga qadar ko‘tariladi.
XX asr boshlarida esa mustaqil adabiy maktab sohiblari sifatida o‘z faoliyatini davom
ettirmoqda edilar. Bu haqda bizga yassaviylikdan tarixiy manbalar bo‘lgan. "Maslaku-l-orifin",
"Javohiru-l-abror", "Samirotu-l-mashoiq" singari manbalarida xabar berilgan.
XX asr boshlarida Xoja Ahmad Yassaviy ijodi tariqat yo‘lini ilmiy jihatdan asoslanishga
qaratilgan. Fuod Ko‘prulu, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy singari olimlardan tadqiqot va
maqolalari e’lon qilingan.
Fitrat
fikricha, 3 ta maktab yaratilgan:
1. Yassaviylik maktabi.
2. Navoiy maktabi.
3. Amir Umarxon maktabi.
Adabiyotlarda hikmat janrning paydo bo‘lishini Yassaviy nomi bilan bog‘lash mumkin.
Hikmatlar 4 baytli bo‘lgan. Ba’zilarda 1,2,3-misralari qofiyalangan, ba’zilarida 4 misra ham
qofiyalangan bo‘ladi. Yassaviy 4 misrani tanlagan, chunki xalqqa yetishi oson bo‘lgan. Yassaviy
ibodat adabiyoti yaratadi. "Maslaku-l-orifin" Yassaviy haqida ma’lumot beruvchi yagona manba.
"Devoni hikmat" muallifi Yassaviy ekanligi to‘liq ma’noda to‘g‘ri emas.
Fitratning "Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar" nomli maqolasi bor.
Yassaviylik to‘g‘risida so‘nggi manba hisoblanadi.
Qur’oni karim ilk martaba Ajamda fors tiliga tarjima qilingan. Somoniylar sulolasi
hukmdori Mansur ibn Nuh (961-976) topshirig‘i bilan mashhur tarixchi va muhaddis olim Jarir
Tabariyning “Tafsiri Qur’on” asari mana shunday ilk tarjimadir.
Qadimgi Baqtriya (e.a. IX-VIII asrlar) zaminida paydo bo‘lgan Toxariston (V-VIII)
hududlari VI asrga kelib kengaydi, uning tarkibiga hozirgi Surxondaryo zaminidagi Da-mi
(Termez) va Chi-o-yan-na (Chag‘oniyon) viloyatlari qo‘shildi. Dastlab, Toxariston yerlariga
sosoniylar (III-V) va Xionit hamda Eftalitlar (V) kirib keldi.
Chag‘oniyon atamasi yozma
manbalarda VI asrdan boshlab uchraydi. Ilk bor xitoy sayyohi Syuan Szyan 630-yillarda uning
termizlan ikki marta kichik shahar bo‘lganini va Qabodiyon Bilan teng ekanini yozgan
2
Yilnomachi ad-Dinovariy (vaf.952) «Kitobu-l-axbor»da sosoniy Xusrav I Anushervon (531-579)
Eftalit davlatiga qarashli Toxariston, Kobuliston va Chag‘oniyonni (571) bosib oldi... Nihoyat,
X asrdan e’tiboran Muhtojiylar sulolasi ustivor bo‘ldi. Unga Amio al-Muhtoj asos solgan, so‘ngi
vakili Faxru-d-Davla (1010-1018) gacha davom etgan.
Muarrix Istaxriyning «Kitobu-l-masolik va-l-mamolik» («Mamlakatlar masalalari kitobi,
933) asarida yozishicha, bu davrda Chag‘oniyon hududi Termizdan ikki marta katta bo‘lgan.
Tarixchilar Yoqut Hamaviy (1179-1229) «Mo‘’jamu-l-buldon», Hofiz Abro‘ (1362-1431)
«Hululu-l-olam» asarlarida Sag‘oniyon nomi bilan tilga olingan. X-XII asrlarda uning hududi
g‘arbda Boysun va Darband, shimolda Hisor va Dushanbe, janubda Jarqo‘rg‘on va sharqda
Bobotog‘ga qadar davom etgan. Surxon daryosi Chag‘onrud deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: