O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Abu  Mansur  Muhammad  ibni  Ahmad  Daqiqiy  (929-977)  fors  mumtoz  adabiyotida 
mashhurlikda  Ro‘dakiydan  keyinda  turadigan  shoirlardan.  U  haqda  Beruniyning  «Al  osor  al-
boqiya»,  Abulfazl  Bayhaqiy  (996-1077)ning  «Tarixi  Mas’udiy»,  Firdavsiyning  «Shohnoma», 
Muhammad  Avfiyning  «Lubobu-l-albob»  (1221),  Abdurahmon  Jomiyning  «Bahoriston»,  Lutf 
Alibek  Ozariyning  «Otashkada»  (1760-61)  asarlarida  ma’lumotlar  bor.  DaqiqIy  ijodi  haqida  
V.V.Bartold,  I.V.Braginskiy,  N.O-.Osmanov,  B.F.Lifshits,  E.V.Rtveladze  va  boshqalarning 
ishlari ma’lum. 
Shoir  950-yillardan  Chag‘oniyonga  kelgan  Abu  Ali,  Abu  Mansur  Nasr  saroyida 
mulozimlik qilgan. Jomiy Daqiqiyning Ushbu to‘rtligini keltiradi: 
 
 
Man in jo der mondam, xor gashtam, 
 
 
Aziz az mondani doim shavad xor. 
 
 
Chu ob andar shamar bmsyor mond, 
 
 
U funad girad az oromi bisyor
9
 
(Mazmuni: Men uzoq turgandan la’natlandim, Bir joyda uzlq qolish hurmatli odamni ham 
la’natga  botiradi.  Axir  bir  joyda  suv  ko‘p  tursa  ko‘lmau  bo‘lib,  Uning  rangi,  hidi  va  tam’i 
o‘zganadi).  Shoir  Nuh  ibn  mansurning  topshirig‘i  bilan  nasriy  «Shohnoma»ni  she’rga  sola 
boshlaydi,  biroq  uning  uch  ming  baytini  yozib  ulgurganida,  quli  tomonidan  pichoqlab 
o‘ldirilgan.  Bu  asarning  «Gushtospnoma»  qismi  bo‘lib,  adabiyot  tarixida  Daqiqiy  manna  shu 
asarning muallifi sifatida qolgan. 
Abulhasan  Ali  Chulug‘  Farruxiy  Seyistoniy  (980-1037)  davrining  go‘zal  tabiatli,  latif 
shoirlaridan  bo‘lgan.  U  haqda  Nizomiy  Aruziy  Samarqandiy,  Avfiy,  Davlatshoh  Samarqandiy 
xabar  beradi.  U  och-nochor  holda  Seyistondan  Sag‘oniyonga  yo‘lga  chiqadi  va  Abul  Muzaffar 
nomiga qasida bitadi, bir faqir bunday go‘zal qasida  yozishiga  amirning kadxudosi Amid Asad 
ishonmaydi, shunda Farruxiy bir kechada boshqa «Dog‘goh» nomli qasida bitgan ekan. Qasidada 
ulug‘  shoirni  esga  olib,  «Daqiqiy  qabri  uzra  o‘sgan  har  bir  ko‘kat,  seni  minglab  so‘zlar  bilan 
ta’riflaydi»  deyish  bilan  qasidachilikda  Daqiqiy  yo‘lini  davom  qilganiga  ishora  bermoqchi 
bo‘ladi. Farruxiy amirning she’r bazmida 
 
 
Ko‘k harirdan yuziga yopgan ro‘molin sabzavor, 
 
 
Etti xil rang ipaklarin boshga soldi ko‘hsor 
deb boshlanuvchi qasida bilan hammaning maqtoviga sazovor bo‘lgan ekan
10
. Muzaffariy ismli 
boshqa  bir  shoir  uni  «tojiu-l-shuaro»  deb  ataganini  Asadiy  Tusiy  (1005-1075)  «Lug‘ati  furs» 
asarida keltiradi. 
Chag‘oniyon shoirlari faqatgina o‘z davrida, o‘z yurtida adabiy muhit yaratibgina qolmay, 
balki somoniylar va g‘aznaviylar sulolasi adabiy muhitiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdilar. Daqiqiy 
ijodi  Firdavsiy  va  Adib  Sobir  Termiziy  (1078-1147),  Amir  Muazziy  (1049-?)ga  o‘z  ta’sirini 
o‘tkazgan bo‘lsa, Labibiy an’analari Mas’ud Sa’di Salmon (1046-1122) ijodining shakllanishiga 
                                                                                                                                                             
7
 Ашъори ҳамасрони Рўдакй. – Сталинобод, 1958. – Саҳ.29. 
8
 Муҳаммад ибни Умар Родуёний. Тарчумону-л-балоға. (Таҳияи матн, тавзнҳоти Х.Шарифов). – Душанбе: 
Дониш, 1987. – Саҳ.27. 
9
 Жомй А. Баҳористон. – Душанбе: Ирфон, 1966. – Саҳ.88. 
10
 Низомий Арузий Самарқандий. Нодир ҳикоятлар. – Т.: 1985. – Б.37. 


 
150 
turtki bo‘lgan. /aznada beruniy ilmiy maktab yaratgan bo‘lsa, u bilan yonma-yon turgan Farruxiy 
yirik  adabiy  maktabning  ijodkorlaridan  bo‘lgan,  u  nafaqat  hukmdorlarga  balki,  Beruniy  kabi 
ulug‘ allomalar nomiga ham qasidalar bitgan. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish