O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-mavzu. XIII-XIV asrlarda Xorazm adabiy muhiti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

5-mavzu. XIII-XIV asrlarda Xorazm adabiy muhiti 
REJA: 
1.  Pahlavon Mahmud ruboiylari. 
2.  Rabg‘uziy va uning “Qisasi anbiyo” asari. 
                                                 
100
  Ушбу  мисраъни  проф.  Қ.Содиқов  шундай  талқин  қилади:  Учи  бўлди  тупроқ,  топди  олам,  эл.  Қаранг: 
Шарқ фалсафаси. – Т.: 2006. – Б. 87. 


 
333 
3.  Xorazmiy va uning «Muhabbatnoma» asari 
4.  Qutb va uning “Xusrav va Shirin” dostoni tarjimasi 
1.  Pahlavon Mahmud ruboiylari.   Markaziy  Osiyoda  “puryoyi  valiy”  lahabi  bilan 
mashhur  bo‘lgan  mutasavvif  shoir  va  kuragi  yerga  tegmagan  kurashchi  Pahlavon  Mahmud 
(1247–1325)  badiiy  ijodiyoti  va  shaxsiy  fazilatlari  bilan  elga  tanilgan.  Xorazmda  uni  Pahlavon 
ota,  Pahlavon  bob  deb  atashgan,  XIX  asrdagi  manbalarda  uning  «Puryor»  (yor,  do‘stlarning 
o‘g‘li) «Pakkayor”, “Bekyor», «Biryor» “Purboyvaliy”, “Puryoyvaliyning o‘g‘li” kabi laqablari 
bilan bir hatorda Qitoliy, Qaffoliy, Haboiy, Iqboliy, Fanoiy kabi taxalluslari ham keltiriladi. 
 
Hayoti va ijodi hahidagi manbalar. Xalq kitoblaridan biri  «Risolai bofandalik»da uning 
g‘ulochaboflik  (tikuvchilik),  Navoiy,  Muhammad  Boqir  tazkiralarida  «Pakkayor  qassobning 
o‘g‘lidur» deb keltirilishi, rivoyatlarda po‘stindo‘z (telpakdo‘z) kabi kasblar bilan shug‘ullangani 
aytilgan. 
 
Alisher  Navoiyning  «Nasoyimu-l-muhabbat»  tazkirasining  hamma  nusxalarida  ham 
uning  nomi  tilga  olinmagan.  Faqat  ayrim  nusxalarda  tilga  olinganki,  ularni  keltiramiz:  «...Va 
Shayx  Sayfiddin  Shayx  Muhammad  Xilvatiyning  murididur,  derlarkim  ul  Xorazmda  jahr  zikri 
aytur  erdi  va  uni  (ovozi)  turt  yig‘ochda  eshitilur  erdi  va  Pahlavon  Mahmud  Pakkayor 
(arabchasiga  nakkayor)ning  muosiri  erdi  va  oning  bila  suhbat  tutor...»
101
.  Turkiyada  nashr 
qilingan  Doktor  Kamol  Eraslon  matnida  esa  u  haqdagi  bo‘lim  quyidagicha  boshlangan: 
«Pahlavon Mahmud Pakkayor (h.s.) Xivahdindur va lahabi mashhur Puryor (puryor-arabcha)g‘a, 
ba’zi  Pakkayor  (pakkayor-arabcha)  debdurlar,  ammo  Xivahlik  kishidin  tahhih  hilindi, 
Pakkayorg‘a  haror  topdi,  ya’ni  barchaga  Pakkayor  yor  hassobning  o‘g‘lidur...  Va  Pahlavon 
Mahmud Pakkayor muosiri erdi, aning bila suhbat tutar edi. Va bu ikki bayt Pahlavondin manhul 
va mashhurtururki...»
102
 deb bir ruboiy keltiriladi.  
 
Kamoliddin  Husayn  Fanoiyning  1506  yilda  yozilgan  «Majolisu-l-ushshoq»  asarida: 
«Aytishadiki,  kurashchi  yigit  Pahlavonning  siynasi  (ko‘kragi)ga  o‘tirgan  paytda  ko‘radiki,  u 
(Pahlavon)ning  basirat  ko‘zi  oldidan  barcha  pardalar  ko‘tariladi  va  haqiqat  oftobi  yorishib 
ketadi,  natijada u o‘z talabiga  erishadi.  Aslida fano (maqomi)ning  cho‘qqisi shunday  bo‘ladiki, 
nafsni  ana  shunday  yengadilar.  Avliyolar  zumra  (suluki)da  nima  bo‘lsa  barchasini  topdilar  va 
rijol ul-g‘ayblar (Allohning do‘stlari – H.B.) bilan aloha bog‘ladilar. Ana shu sababdan zamona 
nuktadonlari  (nombaxshe  zamon)  uni  puryor    deb  atashadi.  Va  ba’zilar  bukyor  deyishadiki,  bu 
mazkur  joy  (Pahlavon  Mahmudning  Bengalda  u  joy  podshohining  xos  kurashchisini  yenggani 
aytilib – H.B.) tilida «engilmas pahlavon» ma’nosini beradi»
103
.   
 
Adabiy  merosi.  Ruboiy  va...  Lutf  Alibek  Ozarning  «Otashkadai  Ozariy»,  Ahmad 
Roziyning  «Haft  iqlim»  asarlarida  uning  masnaviylari  orasida  ”Kanzu-l-haqoyih”  borligi 
aytilgan.  Ruboiylarini  fors  tilidan  T.Jalolov,  M.Abdulhakim,  E.Ochil  v.b.  tarjima  qilishgan. 
Shoir  ruboiylari  orasiga  Sayfuddin  Boxarziy,  Abulsaid  Abulxayr,  Farididdin  Attor,  Najmiddin 
Kubro  ruboiylari  ham  kirib  qolganki,  bu  hol  uning  asarlari  muallifligi  to‘la-to‘kis  hal 
qilinmaganini  bildiradi.  Husayn  Voiz  Koshifiyning  xabariga  ko‘ra  «Qavoidu-l-futuvvat» 
(«Futuvvat  qoidalari»)  nomli  kitobda  Pahlavon  Mahmud  ruboiysi  deb  yuritilgan  mana  bu 
baytlarni Farididdin Attorga nisbat beriladi:  
 
 
Ko‘ngil ko‘zi futuvvat birla ravshan, 
 
 
Va jon bog‘i futuvvat birla gulshan. 
 
 
Agar sen ushbu ilmni zabt etarsen, 
 
 
Safo oftobiday balhib ketarsan...
104
 
                                                 
101
 Алишер Навоий. Насойимул муҳаббат, ЎзРФАШИ, Қўлёзма № 857 –В. 224.  
102
  Alisir Nevayi. Nesayimul-muhabba. - Ankara. - 1996. – S. 324. 
 
103
 Камолиддин Ҳусайн Финоий. Мажолису-л-ушшоқ. ЎзРФАШИ, Қўлёзма № 3066. 
104
  Ҳусайн  Воиз  Кошифий.  Футувватномаи  султони  я  ёхуд  жавонмардлик  тариқати  /Форс-тожик  тилидан 
Н.Комилов тарж. - 1994. – Б.8. 


 
334 
 
Mutasavvifligi.  Shayx  Said  Alouddinning  zamondoshi  Pahlavon  ota  yoki  Puryoyivaliy 
so‘fiy,  futuvvat  yo‘lining  vakili  sifatida  Abdurahmon  Jomiyning  “Nafahotu-l-uns”,  Farididdin 
Ali  Safiyning  “Latoyifu-l-tavoyif”,  Muhammad  Boqirning  “Tazkirayi  Muhammad  Boqir”,  
«Riyozu-l-orifin»,  Ollohyor  Mahzunning  «Riyozu-z-zokirin»,  Oftobroy  Lakhnaviyning 
«Riyozu-l-orifin»,  Kamoliddin  Husayn  Gozurgohiyning  «Majalisu-l-ushshoq»,  Rizohulixon 
Hidoyatning  «Sefarotnomai  Xorazm»  asarlarida  tilga  olingan.  Jumladan,  Jomiy  o‘z  asarining 
Zahiriddin Muhammad Xilvatiy bo‘limida  yozadi: «Mavlono Zahiriddin Xilvatiy, qoddasallohu 
sirrahu,  ul  zohir  va  botin  ilmini  o‘zida  jam’  hilgan  zot  erdi.  Mavlono  Zayniddin  Toyobodiy 
«Falak tohining ostida Zahiriddindek insonni bilmasman» deya marhamat hilgan ekanlar. Shayx 
Sayfiddin  Xilvatiyning  muridlari  erdilar  va  o‘n  besh  yil  alarning  xizmatlari  va  suhbatlarida 
bo‘ldilar. Va Shayx Sayfiddin 783 (yil)da dunyodan o‘tdilar va habri Gozurgoh ko‘prigi boshida 
joylashgan  Xilvatiylar  mozoridadir.  Va  Shayx  Sayfiddin  Xilvatiy  Shayx  Muhammad 
Xilvatiyning  muridlaridir.  Aytishadiki,  har  hachon  ul  zot  (Muhammad  Xilvatiy)  Xorazmda 
zikrga  mashg‘ul  bo‘lsalar,  ovozlari  to‘rt  farsax  joyga  yetardi  va  Pahlavon  Mahmud  Pakkayor 
(arabcha-pakkayor)  uning  hamasri  bo‘lgan  va  u  bilan  suhbat  qurgan»
105
.  «Nafahotu-l-uns»ning 
Eronda  Chop  etilgan  maskur  nashri  izohida  Pahlavon  Mahmud  hahida  shunday  deyiladi: 
«Pahlavon Mahmud Pakkayor (Begyor-arabcha), Puryoyvaliy (nomi) bilan mashhur (vafoti 722 
hij.). So‘fiytabiat pahlavon va Xorazmning sohibi zavhlaridan bo‘lib, hayoti va ahvoli ismining 
to‘g‘ri shaklu ma’nosiga o‘xshab uncha anih emas. She’rlarni, shu jumladan, «Kanzu-l-haqoyiq» 
masnaviysini unga nisbat beradilar»
106
.  
 
Milodiy  1878  yilda  yozilgan  «Hazrati  Pahlavon  ota  (alayhi-r-rohma)  kitobi»  shunday 
boshlanadi:  «Manhultururkim,  hazrat  Pahlavon  ota  (alayhi-r-rohma)  modarzod  avliyo  turur. 
Vahti shububiyyat (yigitlik)larida Xorazm akobirlari ul hazratga malomat tillarin ochib, malolat 
tegurur erdilar. Bir necha odamlar nodon va beahllik bila hijolat berganda bu ruboiyi mehribon 
bo‘ldilar: 
 
 
Ohil ahli hirsga hachon bo‘lgandir gado, 
 
 
Hasadchi hasadidan hachon mis bo‘lgan tillo. 
 
 
Nomard it kabidir, mard esa daryoi muhit 
 
 
Ayt-chi, it nafasidin iflos bo‘larmi daryo? 
deb tabarruk hilur erdilar. Ba’zi odamlar insofga kelur erdilar...»
107

 
Muhammadkozim Yusufpur shunday  yozadi: «Tasavvuf tarixining ko‘p sonli tarmoqlari 
ichida  ko‘proq jamiyat  orasida  yoyilgan  va rivoj  topgan  oqimlaridan  biri  futuvvatdir. Tasavvuf 
xoslar (ma’rifatli tabaqa) orasida tarqalgandan so‘ng, futuvvat odobi bilan ko‘cha va bozorlarga 
kirib  bordi.  Darvoqe’,  futuvvat  bu  avomona  tasavvuf  bo‘lib,  uning  rasm-rusulari  oddiy  va 
amaliy, ya’ni kosib-hunarmandlar, dehqonlarga tushunarli bo‘lgan»
108

 
O‘rganilishi.O‘zbekistonda  adabiyotshunoslardan  T.Jalolov,  N.Mallaev,  Yo.Ishohov, 
H.Islomiy,  M.Abdulhakim,  J.Mahmudov;  tarixchilar  Ya.G‘ulomov,  K.Xudoyberganov, 
san’atshunoslar  G.A.Pugachenkova,  L.I.Rempel  va  elshunoslardan  N.G.Snesarev;  Eronda 
S.Nafisiy,  A.Zarrinko‘b,  M.Yusufpur  tomonidan  maxsus  o‘rganilgan.  N.Komilov,  I.Haqqulov, 
B.To‘xliev asarlari tarkibida u haqda to‘xtanilgan. 
 
Shoirning  Xivadagi  mahbarasi,  1997  yilda  750  yilligining  nishonlanishi  shoir  va 
pahlavon  hayotini  abadiylashtirish  yo‘lidagi  urunishlardan.  U  haqda  E.Samandar  «Hazrati 
Polvon pir» (1995) qasidasini yozgan. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish