Vazn xususiyatlari. Asar asosiy voqealarini bayon qilgan nazmiy qism, Fitratning
aniqlashicha, “yozilishi tizimning ikkilik – masnaviy shaklida”
98
. Ushbu fikrni izchil davom
ettirgan Q.Karimov doston mutaqoribi musammani solim vaznidagina emas, undan far’iy
(hosila) bo‘lgan mutaqoribi musammani mahzuf va mutaqoribi musammani maqsur vaznlarida
yozilgan, degan qat’iy xulosaga kelgan.
Doston mavzui va timsollari. Asarning voqealar ko‘lami keng bo‘lgani uchun uni bir-ikki
mavzuni tashigan deb bo‘lmaydi. Doston mavzularini belgilashda fihristdagi boblanish yordam
berishi mumkin. Mana shu “ko‘mak”ka tayangan holda davlat sifati ardami (fazilati), adl sifati
manguligi, bilim va uquv o‘rni, beglar, amirlar, hojiblar, pardadorlar, elchilar, kotiblar,
xazinador, dasturxonchi, sharobdorlarning vazifalari, xotin olish, farzand tarbiyasi, yig‘in va
dasturxon adabi v.b. haqida fikr yuritilganini uqish mumkin. Biroq bu hammasi emas, fihristdagi
“sarlavhalar” shartli bo‘lib, ular asar mavzu doirasini belgilashdan ko‘ra syujet tartibi bayoni
ekanligini unutmaslik kerak: Oyto‘ldining Kuntug‘di huzuriga kelishi, Eligning O‘gdulmishga
savoli, O‘zg‘urmishning eligga nasihati... kabi.
Dostonning mavzular doirasi asardagi timsollar o‘rni va vazifasi bilan qat’iy bog‘lanadi.
Chunki Kuntug‘di elig (hukmdor)gina emas, u Adl (adolat) timsoli. Oyto‘ldi vazirgina emas,
qutli, barakali davlat timsoli. O‘gdulmish – vazirning o‘g‘li bo‘lishi bilan birga aql va zako
belgisi, vazirning qarindoshi O‘zg‘urmish esa, qanoat, ofiyat elchisi sifatida taqdim qilinadi:
Biri to‘g‘rilikka tayanch – adolat,
Biri davlat erur, u qutli g‘oyat.
Uchinchi ulug‘lik – aql va zako,
To‘rtinchi qanoat erur bebaho
99
.
Bu ramziy ifodalar dostonning nafaqat mavzu doirasi, balki muallifning g‘oyaviy niyatini
tushunishda ham muhim ahamiyatga ega. Asar g‘oyasida Qoraxoniylar davlatining mafkurasi
aks etgan bo‘lib, unda markazlashgan davlat idora usuli, uni mustahkamlash yo‘llari, amir va
fuqarolarning o‘zaro ahilligi kabi masalalar ham o‘z ifodasini topgan.
Adibning g‘oyaviy niyatini faqatgina o‘git, ta’lim berish bilan cheklab bo‘lmaydi.
Muallif asar boshidayoq olamning yaratilishi (kosmogoniya), yetti kavokib va o‘n ikki burj
xususida bahs ochadi. Olamning yaratilishi haqida:
Yag‘iz yer yashil ko‘k kun ay birla tun
To‘rutti xalayiq o‘z o‘zlak bu kun.
Tiladi to‘rutti bu bo‘lmish qamug‘
Bir-o‘k bo‘l tedi bo‘ldi qulmish qamug‘
Mazmuni: [Alloh] Bo‘z yer, zangori osmon, kun, oy va tunlarni
Xaloyiq, davr, zamon (va) ni yaratdi.
U istadi, yaratdi, mavjudot (butun) vujud bo‘ldi
Vohid (Alloh) “yaral” dedi, istagani hammasi bo‘ldi
Shoir yaralmish dunyo vujudga kelishini islomiy aqida bo‘yicha Yaratganning qudratli
“kun! – yaral, bo‘l!” so‘zlaridan kelib chiqib anglatadi. Uning mavjudlik belgilari sifatida yetti
kavokib Sekantur (Zuhal -Caturn), O‘ngay, Qaraqush (Mushtariy - Yupiter), Ko‘rud,
Baqirso‘quna (Mirrix - Mars), Yashuq, Kun (Quyosh), Sevit (Zuhra – Venera), Arzu (Utorid), Ay,
Yalchiq (Oy)ni tilga olib, bularning bari Qodir Allohning hukmi bilan yaratilib, harakati Uning
izmida ekanini bildiradi. O‘n ikki burj: Quzi (Hamal), Ud (Savr), Yerandiz (Javzo), Quchiq
(Saraton), Arslan (Asad), Bug‘dayboshi (Sunbula), Ulgu (Mezon), Chazan (Aqrab), Ya (Yoy –
Qavs), O‘g‘laq (Jadiy), Ko‘nak (Dalv), Baliq (Xut) kabilarning o‘rni, holati va harakati haqida
98
Фитрат. Аруз ҳақида / Нашрга тайёрловчи Ҳ.Болтабоев. – Т.: Ўқитувчи, 1997. – Б. 27.
99
Kattabekov A., Yo’ldoshev Q., Boltaboyev H. Adabiyot. 8-sinf ushun darslik-majmua. Qayta ishlangan 5-nashri.
– T.: O’qituvchi, 2005. – B. 62.
332
ma’lumot beradi. Yilda to‘rt fasl almashinishi va dunyoning to‘rt unsur (anosir)dan tashkil
topishida ularning o‘rnini belgilaydi:
Uchi yazqi yulduz uchi yayqi bil
Uchi kuzki yulduz uchi qishqi bil
Uchi o‘t uchi suv uchi bo‘ldi yel
Uchi bo‘ldi tupraq ajun bo‘ldi el
Mazmuni: Uchi bahorgi, uchi yozgi,bil,
Uchi kuzgi, uchi qishki, bil.
Uchi o‘t, uchi suv, uchi bo‘ldi yel,
Uchi tuproq bo‘ldi, (shundan) el, odam yaratildi
100
Ko‘rinadiki, Yusuf Xos Hojibning dunyoning yaratilishi, uning harakatda bo‘lishi, olam
va odam haqidagi falsafiy tafakkurlari alohida o‘rganilishni talab qiladi.
Asarda SO‘Zning ulug‘lanishi. Dostonning ikkinchi fasli «Yangluq ag‘irliqin tanurlayur
bilig birla», ya’ni Insonning qadri bilim bilan belginadi, deb nomlanadi. Bunda muallif Tangri
insonni yaratar ekan, unga bilim, hunar, ko‘ngil bergani, tilini ravon go‘zal fe’l va xulq ato
qilgani, unga uquv bergach, barcha tugunlar yechilib, ezgu ishlarga qo‘l urgani aytiladi. Bilim
bilan uquvgina tanlagan bandasini ulg‘aytirishi mumkin:
Uqush qayda bo‘lsa uluqluq bo‘lur
Bilig kimda bo‘lsa bezugluk alur
Mazmuni: Uqish vayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘ladi,
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik bo‘ladi.
SO‘Zning, ya’ni Qur’oni karimni Alloh tomonidan nozil qilingani va so‘z yashil ko‘kdan
tushib, insonning yuzi (suvli, oq) bo‘lgani, inson sharifligining boisi SO‘Zdir:
Yashil ko‘kdin indi yag‘iz yerka co‘z
So‘zi birlan yangluq ag‘ir qildi o‘z
Mazmuni: So‘z bo‘z yerga yashil ko‘k (osmon)dan tushdi,
Co‘zi tufayli inson o‘zini ulug‘ qildi.
...O‘lugdin tirigka qumaru so‘z-ul
Qumaru so‘zi tutsa asg‘i yuz-ul
Mazmuni: O‘lgan(lar)dan tirik(larga) meros so‘zdir,
Meros so‘zni tutilsa, naf’i yuzdir.
Shoir o‘z tiliga e’tibor berib, nutqini go‘zal so‘zlar bilan ziynatlagandagina ulug‘lik kasb
etishini buyuradi:
… Tili bilan yangluq so‘zi so‘zlayur
So‘zi yaxshi bo‘lsa yuzi suvlanur
Mazmuni: Inson so‘zini (fikrini) til orqali so‘zlaydi,
So‘zi yaxshi bo‘lsa, yuzi suvlanadi (oq bo‘ladi).
Bu oddiy pand, nasihatlar emas, balki so‘zning ulug‘vor qudratini his qilgan, uning
quvvatiga tayanib ish ko‘rgan so‘z san’atkorining e’tirofidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |