O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


O‘qituvchiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablar



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

O‘qituvchiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablar.  Distervegning  fikricha, 
o‘qitish  chog‘ida  bolalarning  tashabbuskorligini  o‘stirish,  ularni  bilimlar  bilan 
qurollantirish  o‘qituvchi  rahbarlik  rolini  o‘ynaganidagina  mumkin  bo‘ladigan 
ishdir.  Komenskiy  singari  o‘qitish  ishida  puxta  ishlangan  o‘quv  rejasi  va  yaxshi 
darslikning  bo‘lishiga  katta  ahamiyat  beradi.  Distervegning  Komenskiydan  farqi 
shuki,  u  ta’limning  muvaffaqiyatli  bo‘lishi  oqibat  natijada  darslik  yoki  metodga 
emas,  balki  o‘qituvchiga  bog‘liq  deb  ta’kidlaydi.  Distervegning  fikricha,  yaxshi 
o‘qituvchi  o‘z  fanini  mukammal  egallab  olgan  bo‘lishi  hamda  o‘z  kasbini  va 
bolalarni  sevishi  kerak.  Dars  chog‘ida  hamma  bolalar  tetik  bo‘lib  turishi, 
o‘qituvchi  g‘ayrat  bilan  dars  berib,  o‘quvchilarning  aqliy  kuchini  uyg‘otishi, 
ularning  irodasini  mustahkamlashi,  ularning  xarakterini  tarkib  toptirishi  kerak. 
O‘quvchilar  o‘zlarining  ilgarilab  borayotganliklarini  hamisha  sezib  turishlari 
lozim.  Yaxshi  o‘qituvchi,  —  deydi  Disterveg,  —  o‘zining  tarbiya  prinsiplarini 
qat’iyat  bilan  og‘ishmay  o‘tkazib  boradi,  bu  prinsiplardan  hech  qaytmaydi. 
O‘qituvchi  muttasil  o‘z  ustida  ishlashi  lozim.  SHundagina  u  o‘quvchilarni 
bilimlarni  egallashda  matonatli  bo‘lishga  o‘rgatadi  va  ularni  o‘z  yo‘llarida 
uchraydigan  qiyinchiliklarni  enga  oladigan  qilib  tarbiyalaydi.  Disterveg 
o‘qituvchining  mustahkam  xarakteri  va  o‘tkir  iroda  kuchi  ham  katta  tarbiyaviy 
ahamiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlaydi.  O‘qituvchi  qattiqo‘l  va  talabchan  bo‘lish 
bilan birga, adolatli bo‘lishi ham kerak, faqat shundagina u o‘z o‘quvchilari orasida 
obro‘  qozonishi  mumkin.  O‘qituvchi haqiqiy  inson,  mustahkam  e’tiqodli  bo‘lishi 
lozim, deydi. 
Distervegning fikricha, “yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib berib qo‘ya qoladi, 
yaxshi o‘qituvchi esa haqiqatni topishiga o‘rgatadi”. Disterveg o‘qituvchilarga o‘z 
bilimlarini  qanday  qilib  oshirishlari  to‘g‘risida  bir  qancha  qimmatli  maslahatlar 
beradi,  o‘qituvchilarga  o‘zlari  o‘qitayotgan  fanga  taalluqli  asarlarni  birinchi 
navbatda o‘qishni tavsiya qiladi, shuningdek, o‘qituvchi tarix va adabiyotni bilishi, 
pedagogika,  psixologiya  va  metodikaga  doir  chiqayotgan  yangi  asarlarni  kuzatib 


borishi  kerak,  deb  ta’kidlaydi.  Disterveg  o‘qituvchilarni  amaliy  pedagoglik 
mahorati va malakalari bilan qurollantirishga katta ahamiyat berdi. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish