O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun 
va  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  –  Respublikamizda  ta’lim-tarbiyani 
tashkil  etish  va  kadrlar  tayyorlashning  huquqiy  asosi  sifatida.  O’zbekistonda 
ham  ta’lim  islohotlarining  qadriyatlari  yo’nalishlari  qaror  topib  bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish 
huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab 
ishlari davlat nazoratidadir”, deb belgilab qo’yilgan. 42-moddasida esa, “har kimga 
ilmiy  va  texnikaviy  ijod  erkinligi,  madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqi 
kafolatlanishi;  davlat  jamiyatning  madaniy,  ilmiy,  texnikaviy  rivojlanishiga 
g’amxo’rlik qilishi” ko’rsatilgan.  
  O’zbekiston 
Respublikasining 
“Ta’lim 
to’g’risida”gi 
Qonunining                                  
4-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko’rsatib qo’yilgan: 
“Jinsi,  tili,  yoshi,  irqiy,  milliy  mansubligi,  e’tiqodi,  dinga  munosabati,  ijtimoiy 
kelib  chiqishi,  xizmat  turi,  turar  joyi,  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  qancha 
yashaganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi”. 
  Bilim olish huquqi: 
  - davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish; 
  -  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  va  ajralmagan  holda  ta’lim  olishni  tashkil 
etish; 
  -  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  davlat  dasturlari  asosida  bepul  o’qitish, 
shuningdek,  ta’lim  muassasalarida  shartnoma  asosida  to’lov  evaziga  kasb-hunar 
o’rgatish; 
  -  barcha  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilari  keyingi  bosqichdagi  o’quv 
yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi; 
  - oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadan 
o’tgan  ta’lim  muassasalarida  eksternat  tartibida  attestatsiyadan  o’tish  huquqini 
berish orqali ta’minlanadi. 


  Boshqa  davlatlarning  fuqarolari  O’zbekiston  Respublikasida  xalqaro 
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. 
  Respublikada  istiqomat  qilayotgan  fuqaroligi  bo’lmagan  shaxslar  bilim 
olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega».  
  Bundan  tashqari,  mazkur  hujjatning  3-moddasida  ko’rsatib  berilgan  ta’lim 
sohasida  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari  ham  o’zida  muhim  aksiologik 
yondashuvni aks ettiradi.  
  birinchidan,  ta’lim  va  tarbiyaning  insonparvar,  demokratik  xarakterda 
ekanligi
  ikkinchidan, ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
  uchinchidan,  umumiy  o’rta,  shuningdek,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limining majburiyligi; 
  to’rtinchidan,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  yo’nalishini:  akademik 
litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
  beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
  oltinchidan,  davlat  ta’lim  standartlari  doirasida  ta’lim  olshning  hamma 
uchun ochiqligi; 
  ettinchidan,  ta’lim  dasturlarini  tanlashga  yagona  va  tabaqalashgan 
yondashuv; 
  sakkizinchidan, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; 
  to’qqizinchidan, 
ta’lim  tizimida  davlat  va  jamoat  boshqaruvini 
uyg’unlashtirish.    
  1997  yilda  qabul  qilingan  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning 
maqsadining  o’ziyoq,  uning  qadriyatli  yondashuvga  asoslanganligidan  darak 
beradi: “Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan 
qolgan mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar 
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir”. 
  Ta’limiy  qadriyatlar  yuzasidan  tadqiqotlar  olib  borgan  olim  SH.Mardonov 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da quyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega 
ta’limiy qadriyatlarning mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o’tadi:  
  Birinchidan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning oliy qadriyati 
sifatida  shaxs  e’tirof  etiladi.  Mazkur  qadriyat  Milliy  dasturning  uzluksiz  ta’lim, 
uning 
insonparvarlik 
va 
ijtimoiylashishga 
yo’nalishi 
ko’rsatmalarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlashi kerak. 
  Ikkinchidan,  pedagogik  jihatdan  to’g’ri  va  samarali  tashkil  etilgan  ta’lim-
tarbiya  jarayoni  talabada  mustaqil  ta’lim  olish,  o’z-o’zini  tarbiyalash,  o’z-o’zini 
rivojlantirish  layoqatlarini  shakllantiradi.  Bu  jarayon  bizning  fikrimizcha,    yangi 
ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi…”.  

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish