II.BOB. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASIDA RAXBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING IJTIMOIY TUZILMASI.............................
2.1. Ta’lim-tarbiya tizimida boshqaruv uslublari.............................................
26
2.2. Raxbar va xodimlarning mexnat faoliyatidagi shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari.......................................................
33
2.3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbariga qo’yiladigan talablar.................
43
Bob yuzasidan xulosa.......................................................................................
66
III.BOB. TA’LIM TIZIMIDA RAXBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI EMPIRIK TAXLILI.......................................................................................
3.1. Tajribalar o’tkazish va natijalar interpritatsiyasi.....................................
. Kirish Bugungi zamonaviy iqtisodiy rivojlanish bosqichida boshqaruv psixologiyasi jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab o’qituvchi-murabbiylar kasbining ahamiyati va nufuzini yuqoriga ko’tarish bo’yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar izchillik bilan ruyobga chiqarilmoqda, pedagoglarning moddiy turmush sharoitini yaxshilashga yonaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 – yil 27 – dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida maktabgacha ta’lim sohasini bugungi kundagi muhim vazifasi zamonaviy va xorijiy standartlarga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlash vazifasi muhim ekanligini ta’kidladi. SHundan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini malakali amaliyotchi psixologlar bilan ta’minlash va ularni ish unumi samaradorligini ilmiy amaliy diagnostik va korrektsion dasturlar, vositalar bilan boyitish masalasi bugungi kundagi psixologik xizmatning, barcha ijtimoiy institutlarning bajarishi shart bo’lgan ishlaridandir. Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy - xuquqiy xujjati bo’lmish “Ilk qadam” davlat o’quv dasturida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhim masala sifatida qayd etilgan1. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik barcha tarbiyachi hamda o’qituvchilarning o’z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi hamda o’quv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etishlari uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda xalq ta’limi sohasiga yosh mutaxassislar kelib qo’shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o’z navbatida maktabgacha ta’lim muassasa rahbarlari oldiga yanada yangi vazifalar qo’yadi.
Ma’lumki, inson har doim o’sish va rivojlanish sari intiladi. Shunday ekan inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarning ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik jamoa rahbarlari to’g’ri tushunishlari lozim. Xar bir pedagog o’z pedagogik faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoa tashkilotchilari bo’lgan insonlar ta’sirida amalga oshiradi.
Pedagogning faoliyatiga ta’lim muassasidagi bugungi sharoit va jamiyat uchun foydali va zarur maqsadlarni amalga oshirishda shaxs rivojiga va shakllanishiga kuchli ta’sir qiladigan odamlar guruhi bo’lgan pedagogik jamoadagi ruhiy muhit o’z xukmini o’tkazadi. Jamoa jamiyatning bir bo’lagi sifatida uning barcha xususiyatlarini qamrab oladi. G’oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ahloqiy-ma’naviy va boshqa jabhalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda ixtiyoriy pedagogik jamoani ma’lum bir saylab qo’yilgan yoki tayinlangan rahbar boshqaradi.[14].
Rahbarlik - odamlarga maqsadli ta’sir o’tkazishga qaratilgan, ularning xulqini tartibga solish bilan bog’lik bo’lgan boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi. SHunday qilib, «boshqaruv» tushunchasi «rahbarlik» tushunchasiga qaraganda ancha keng tushunchadir.
Rahbar boshqaruv faoliyatida qator funktsiyalarni bajaradi: pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag’batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, uni nazorat qilishni pedagogik hamkorlik asosida amalga oshiradi.