O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

Natijani baholash 
Agar to‗plangan ballar 10 ga teng bo‗lsa, ko‗rgazmali-harakat tafakkuri juda Yuqori darajada 
rivojlangan. 
Berilgan vaqt davomida bola vazifani to‗g‗ri hal qilib, 4,8-8,0 ball to‗plagan bo‗lsa bu tafakkur 
turi yuqori darajada rivojlangan. 
1,5-3,5 ball – bu tafakkur turining o‗rtacha rivojlanganligini bildiradi, bola maktab ta‘limiga 
tayyor hisoblanadi. 
1,5 ballgacha – ko‗rgazmali-harakat tafakkuri yaxshi rivojlanmagan, bola maktab ta‘limiga tayyor 
emas. 
 Klassifikatsiya 
 
Guruhlar bo‗yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan 
taklif etilgan bo‗lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan 
o‗zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o‗rganish 
uchun qo‗llaniladi. Shu bilan tajriba vaziyatida topshiriqni bajarayotganda sinaluvchi xulq-atvor 
xususiyatlari, uning xatolarga munosabati hamda yordam berilganda, ularni kuzatish qobiliyatlari 
ko‗rinadi.
Tajriba o‗tkazish uchun har xil predmetlarning, o‗simliklarning, hayvonlarning rasmlari 
tasvirlangan kartinkalar kerak bo‗ladi. Bunda rasmlarda B.V.Zeygarnik (1958) taklif etgan rangli 
bezash, turli umumlashtirish darajalari aks etgan bo‗lishi kerak. Bog‗cha bolalarini tekshirishda 
(S.YA.Rubinshteyn, 1970) kartochkalarning ba‘zilaridan (o‗lchash asboblari, o‗quv qurollari) 
foydalanmaslik kerak, chunki bolalar ular haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar. Bu 
metodikalarning boshqa variantida predmetlarning, o‗simliklarning, hayvonlarning nomlari 
kartochkalarga yozilgan bo‗lishi mumkin. Bu (og‗zaki) variantini kattaroq bolalarni (3–4-sinf 
o‗quvchilarini) tekshirishda qo‗llash mumkin. 


Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti predmetli klassifikatsiya, ikkinchi varianti – og‗zaki 
klassifikatsiyadir, ikkala variant ham bolalarning umumlashtirish, yangi tushunchalarni 
shakllantirish qobiliyatini aniqlaydi. 
Sinaluvchiga quyidagi qo‗llanma beriladi: «Hozir siz turli predmetlar, o‗simliklar, hayvonlar
tevarak atrofdagi barcha narsalar tasvirlangan kartochkalar to‗plamini olasiz. Siz ularni qaysi 
narsa nimaga kirishiga qarab guruhlarga ajratasiz». Keyin tadqiqotchi bir kartochkani olib 
sinaluvchidan unda nima tasvirlanganini so‗raydi. To‗g‗ri javob olgach, uni bir tomonga qo‗yib 
qo‗yadi. Keyin navbatdagi kartochkani olib, unda nima tasvirlanganini ham aniqlaydi. Bu 
tasvirlar bir-biriga qanchalik o‗xshashligi va farq qilishi ularni bir guruhga kiritish mumkinligini 
aniqlaydi. Sinaluvchi ko‗rsatmani tushunib, kartochkalarni mustaqil guruhlarga ajrata 
boshlaganidan so‗ng, tadqiqotchi tomonidan ko‗rsatiladigan yordam to‗xtatiladi. Klassifikatsiya 
metodida og‗zaki metodni qo‗llashda ham Yuqoridagi kabi ko‗rsatma beriladi. Bunda tadqiqotchi 
sinaluvchiga predmetlarning belgilari va xususiyatlarini ko‗rsatib, bir guruhga kiritish kerakligi 
haqida yo‗l-yo‗riq bermasligi kerak. Predmetli klassifikatsiya bo‗yicha tajribalar 3 guruhda 
bajariladi. Birinchi bosqichda sinaluvchi kartochkalarni ko‗rsatma bo‗yicha ajratadi. «Tadqiqotchi 
tadqiqot qarorida sinaluvchi harakatlarini, ajratish xususiyatlari (masalan, «shkaf», «pal‘to»
«velosiped» va «sportchi» kartochkalarini qaysi guruhga kiritganligi)ni yozib boradi. Barcha 
kartochkalar guruhga ajratib bo‗linganidan so‗ng ikkinchi bosqichga o‗tiladi. Bir turdagi 
belgilariga ko‗ra kartochkalarni kattaroq guruhlarga birlashtirish haqida sinaluvchiga qo‗llanma 
beriladi. Ikkinchi bosqich sinaluvchi o‗z harakatlarni to‗g‗rilashga kirishganidan boshlanadi. 
Sinaluvchi ko‗rsatilgan yordamni qanday qabul qilishiga, o‗xshash xatolarni to‗g‗rilay olishiga 
e‘tibor qaratiladi. Bu bosqich eng uzoq davom etadi, chunki bu bosqichda topshiriqni bajarish 
davomida nima uchun har bir kartochka u yoki bu guruhga kiritilganligi aniqlanib, barcha 
harakatlar batafsil yozib boriladi. Sinaluvchi u yoki bu kartochkani bir guruhga kiritilganligiga 
emas, sinaluvchining tushunchalarni umumlashtirish qobiliyati ham aniqlanadi. («mebel‘», «uy 
hayvonlari», «transport» va boshqalar). Sinaluvchi uchinchi bosqichda rasmlar guruhini 
birlashtirib, yanada kamroq guruhlar qolishi kerak va ularni qandaydir tushuncha bilan 
umumlashtirish kerak. Ba‘zan qo‗llanmada «o‗simliklar», «hayvonlar», «jonsiz predmetlar», 
«odamlar» deb guruhlar soni aniq ko‗rsatiladi.
Tadqiqotchi sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan vaqtda tadqiqot qarorini to‗ldirib borishi zarur 
(17-jadval).

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish