Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi.
Bu savollar ochiq va
yopiq usulda bo‗ladi.
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‗ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi.
Masalan: «ha», «yo‗q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq
savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri aks
ettiruvchi savollar hamda to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan savollar usulida bo‗lishi mumkin.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilgan savollarga sinaluvchi o‗zida u yoki bu psixologik sifatlarning
ko‗rinishlari bor yo‗qligi haqida javob beradi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan savollar,
sinaluvchidagi o‗rganilayotgan xususiyatga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan bo‗lib, ammo
uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‗rganishga qaratilgan bo‗ladi.
Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish
uchun savollarga murojaat
qilamiz (bezovtalik, o‗ychanlik):
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib bersangiz».
Yopiq savol: «Siz ko‗p hollarda xavotirlanish holatida bo‗lasizmi? Quyidagi javoblardan birini
tanlang va belgilang «ha», «yo‗q», «ba'zan», «bilmayman».
To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilgan savol: «Sizda xavotirlanish degan shaxs sifati mavjudmi?».
To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan savol: «Sizda imtihon paytida bezovtalik holati vujudga
keladimi?».
Yozma savolnomalardan tashqari, og‗zaki savolnomalar ham mavjud, bu intervYu deb Yuritiladi.
Unda psixolog sinaluvchiga o‗zi savol berib, o‗zi javoblarni yozib boradi, bu savollar oldindan
aniqlanib, tayyorlab qo‗yiladi ular xuddi yozma savollar tipidagi kabi bo‗lishi mumkin.
Psixodiagnostik metodlardan yana biri faoliyat mahsullarini analiz qilish
orqali kontent-analiz
hisoblanadi. Kontent-analizning vazifasi shundan iboratki, u kishining psixologik tavsifini
aniqlash va baholashda, uning nima ish qilayotganligi, asosan yozma ijodi mahsuli tahlili orqali
o‗rganishga qaratilgandir.
Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim
jihatlari shundan iboratki,
sinaluvchining biron-bir xususiyatini baholashda maxsus psixodiagnostik eksperiment ishlab
chiqiladi va tashkil qilinadi. Bunday eksperiment muolajalari bir qancha tibbiy voqeliklarni o‗z
ichiga oladi, ya'ni bu hodisalar sinaluvchining o‗rganilayotgan xususiyatini namoyon qilish
hamda bu sifatning taraqqiyotini baholash va belgilashning standart metodikasini ishlab chiqishga
qaratilgan. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o‗tkazish natijasida tadqiqotchi o‗zini
qiziqtirayotgan muammolar, bo‗yicha maxsus tarzda tashkil qilingan eksperimental tadqiqotda
sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega bo‗ladi. Masalan, tadqiqotchini shaxs
sifatlaridan xavotirlanish muammosi qiziqtiradi. Bu holda diagnostik eksperiment quyidagi tarzda
olib boriladi. Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi
qandaydir murakkab
ishni vaqt tig‗izligida bajarib qat'iy natijalar olishga undaydi. Sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan
paytda, uning xulqida har xil Yuqori darajali «xavotirlanish» kuzatilib va belgilab borilishi
mumkin.
Biz yuqorida psixodiagnostik metodlar va ularning turlari hamda qo‗llanishi haqida ma'lumotlar
berdik, har qanday psixolog yuqori malakali mutaxassis bo‗lib etishishi uchun, albatta, ushbu
psixodiagnostik metodlarni o‗zlashtirishi va amaliyotda foydalana olish ko‗nikma va malakalariga
ega bo‗lishi shart
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‗quv
jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqot sharoitida yuqoridagi belgilarning mavjudligi so‗zli, predmetli va
psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni
sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog‗lash zarur.
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddaroq qilib
aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog‗lik to‗g‗riligini ko‗rsatadi». (A.Anastazi).
Har
qanday metodikaning, testning ishonchliligi o‗rganilayotgan psixologik xususiyatlarning
ularda aks etishi nuqtai nazaridan to‗g‗ri qo‗llanishini xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui
sifatida qaralmog‗i kerak (L.F.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989).
Shunday qilib, maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‗rinishlarini
to‗liq va har tomonlama o‗rganish imkonini beradi.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‗tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‗llanilayotgan
psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‗rganish
metodikalariga ajratish mumkin. (L.I.Poperechnaya 1978; L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978;
Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir
metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‗llash
kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodika o‗zining asosiy yo‗nalishidan tashqari
(ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o‗rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlarining
holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so‗zni qanday yodlashiga
qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas,
balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga
yo‗naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‗ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo‗llaniladigan metodikalar soniga
bog‗liq bo‗ladi. Lekin bog‗cha va maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o‗tkazganda ularning
tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o‗tkazganda, tadqiqot
vazifalariga bog‗liq ravishda tanlangan 5 – 7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha
bosqichda o‗tkaziladigan tadqiqotlarda ko‗proq metodikalardan ham foydalanish mumkin.
Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola
bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‗lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o‗tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish
zarur:
a)
tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga
mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b)
sinaluvchining
yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan
sharoit;
v)
bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa
o‗rnatish xususiyatlari.
Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi o‗sib borish darajasida berish
kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda metod va metodika,
standartlashtirilgan metodlar, testlar,
ularning turlari, so‘rovnomalar, ularning turlari bilan tanishdik.
Do'stlaringiz bilan baham: