224
Oilaning bir
qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan
rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o‘zini alohida ajratib qo‘ysa, bu unda ajralib
qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a‘zolaridan
birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan salbiy munosabati, undan bolaga
kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin.
Rasmda oila a‘zolarini guruxlarga birlashtirish oilaning psixologik
mikrostrukturasini aniqlash
imkonini beradi.
Chizilgan figuralar xususiyatlari taxlili
Oila a‘zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a‘zosiga nisbatan emotsional
munosabatini, bola uni qanday idrok etishi, bolaning ―Men obrazi‖ , uning jinsiy
identifikatsiya kabi keng qamrovli ma‘lumotlar berishi mumkin.
Bolaning oila a‘zolariga emotsional munosabatini baholashda quyidagilarga alohida e‘tibor
berish zarur:
1)
Tana detallari miqdori: bosh, soch, quloqlar, ko‘zlar, ko‘z qorachig‘i,
kipriklar, qosh,
burun, yuz, og‘iz, bo‘yin, yelka, qo‘llar, kaft, barmoqlar, oyoq,tovonning mavjudligi.
2)
Kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi,yoqa,galstuk, bant, chontak, kamar,tugmacha,
soch turmak elementlari, yani kiyimning murakkabligi,bezaklar.
3)
Figurani chizishda qo‘llanilgan ranglar miqdori.
Odatda ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda ijobiy kontsentratsiyada namoyon
bo‘ladi yani tana detallarining miqdori, kiyim detallari va bezaklari
hamda turli ranglar
qo‘llanilishida ifodalanadi. Aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba‘zida
tananing muhim qismlari tushub qoldirilishida ham aks etadi. Odatda bolalar ota yoki onasining
rasmini kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba‘zida esa chizilgan figuranu
munosabati oila a‘zolari real munosabatlariga mos kelmaydi.
Masalan, 7 yoshli bola o‘z ota-
onalaridan kattaroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola uchun figuraning kattaligi kuch,
ustunlik,
ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo‘lib hizmat qilishidan dalolat beradi.
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu oilada ona
avtoritar rahbar bo‘lib, dominantlik qiladi.
Ba‘zi bolalar o‘zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib chizadilar. Bu esa –
bir tomondan, bola egotsentrizmidan, ikkinchi tomondan qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga
―raqobatchi‖ ekanligini tasdiqlash maqsadida qilinadi. Sрu bilan birga ―raqibini‖ kichraytirish
yoki umuman chizmaslik hollari ham uchrashi mumkin. O‘zlarini ahamiyatsiz ortiqcha deb his
qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan mehribonchilik, g‘amxo‘rlik talab qiluvchi bolalar
o‘zlarini boshqa oila a‘zolariga nisbatan ancha kichik hajmda tasvirlaydilar.
Shuningdek,
impulsiv, o‘ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o‘zlarini juda katta, hatto
butun daraxt hajmida tavirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi mavjud bolalar o‘zlarini
haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila a‘zolarining xususiyatlarini taxlil qilishda tananing ayrim qismlari tasviriga alohida e‘tibor
berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayan faollik sohasi bilan bog‘langan bo‘lib
muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘llar dunyoga ta‘sir qilish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat qilish vositasi
hisoblanadi. Agar bola qo‘llarini baland ko‘targan holda tasvirlangan bo‘lsa, barmoqlari uzun
bo‘lsa, bu ko‘pincha uning agressiv istaklari bilan bog‘langan boladi.Ba‘zida tashqi
ko‘rinishdan yovvoyi ko‘ringan bolallar ham shunday rasm hizadilar.
Bunday bolallar
atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo uning asressiv xulq-atvori bosilgan.
Ba‘zida bola barcha oila a‘zolariga qo‘l chizadi, o‘ziga esa chizishni unutadi. Agar bunda bola
o‘zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa, bu kuchsizlik, oiladagi o‘zining
ahamiyatsizliga, atrofdagilar uni haddan ziyod nazorat qilishi, uning faolligini bo‘g‘ishi
hissidan darak beradi.
Bosh ―Men‖ lokalizatsiyasi, intellectual va pertseptiv faoliyat markazi.
225
YUz – tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.Agar 5
yoshdan oshgan bolallar
rasmda tana qismlari - ko‘z, og‘izni tushirib qoldirsalar, bu muloqot sohasidagi jiddiy
buzilishlardan dalolat beradi.
Agar boshqa oila azolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki yuzni shtrix
bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Tish va og‘izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolallarga xos. Agar bola o‘zini emas, oila
a‘zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko‘pincha
bu odamning bolaga nisbatan
dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo‘rquv hissi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: