O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

Oila a‟zolarining joylashishi 
Rasmda oila a‘zolarining joylashishi oiladagi o‘zaro munosabatlarning psixologik 
xususiyatlaridan darak berishi mumkin.
Oilaning jipsligi, oila a‘zolari bir-birlari bilan qo‘l ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan 
birlashuvi oilaning normal psixologik muxiti ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi 
xarakteristikali rasmlar emotsional aloqaning past darajaligidan dalolat beradi. 


224 
Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan 
rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o‘zini alohida ajratib qo‘ysa, bu unda ajralib 
qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a‘zolaridan 
birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan salbiy munosabati, undan bolaga 
kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin. 
Rasmda oila a‘zolarini guruxlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash
imkonini beradi. 
Chizilgan figuralar xususiyatlari taxlili 
Oila a‘zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a‘zosiga nisbatan emotsional
munosabatini, bola uni qanday idrok etishi, bolaning ―Men obrazi‖ , uning jinsiy
identifikatsiya kabi keng qamrovli ma‘lumotlar berishi mumkin. 
Bolaning oila a‘zolariga emotsional munosabatini baholashda quyidagilarga alohida e‘tibor
berish zarur: 
1)
Tana detallari miqdori: bosh, soch, quloqlar, ko‘zlar, ko‘z qorachig‘i, kipriklar, qosh, 
burun, yuz, og‘iz, bo‘yin, yelka, qo‘llar, kaft, barmoqlar, oyoq,tovonning mavjudligi. 
2)
Kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi,yoqa,galstuk, bant, chontak, kamar,tugmacha, 
soch turmak elementlari, yani kiyimning murakkabligi,bezaklar. 
3)
Figurani chizishda qo‘llanilgan ranglar miqdori. 
Odatda ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda ijobiy kontsentratsiyada namoyon
bo‘ladi yani tana detallarining miqdori, kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar 
qo‘llanilishida ifodalanadi. Aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba‘zida 
tananing muhim qismlari tushub qoldirilishida ham aks etadi. Odatda bolalar ota yoki onasining
rasmini kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba‘zida esa chizilgan figuranu
munosabati oila a‘zolari real munosabatlariga mos kelmaydi.
 
Masalan, 7 yoshli bola o‘z ota-
onalaridan kattaroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik,
ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo‘lib hizmat qilishidan dalolat beradi. 
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu oilada ona 
avtoritar rahbar bo‘lib, dominantlik qiladi. 
Ba‘zi bolalar o‘zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib chizadilar. Bu esa – 
bir tomondan, bola egotsentrizmidan, ikkinchi tomondan qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga 
―raqobatchi‖ ekanligini tasdiqlash maqsadida qilinadi. Sрu bilan birga ―raqibini‖ kichraytirish 
yoki umuman chizmaslik hollari ham uchrashi mumkin. O‘zlarini ahamiyatsiz ortiqcha deb his 
qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan mehribonchilik, g‘amxo‘rlik talab qiluvchi bolalar 
o‘zlarini boshqa oila a‘zolariga nisbatan ancha kichik hajmda tasvirlaydilar. 
Shuningdek, impulsiv, o‘ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o‘zlarini juda katta, hatto 
butun daraxt hajmida tavirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi mavjud bolalar o‘zlarini 
haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila a‘zolarining xususiyatlarini taxlil qilishda tananing ayrim qismlari tasviriga alohida e‘tibor
berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayan faollik sohasi bilan bog‘langan bo‘lib 
muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Qo‘llar dunyoga ta‘sir qilish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat qilish vositasi 
hisoblanadi. Agar bola qo‘llarini baland ko‘targan holda tasvirlangan bo‘lsa, barmoqlari uzun
bo‘lsa, bu ko‘pincha uning agressiv istaklari bilan bog‘langan boladi.Ba‘zida tashqi
ko‘rinishdan yovvoyi ko‘ringan bolallar ham shunday rasm hizadilar. Bunday bolallar 
atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo uning asressiv xulq-atvori bosilgan. 
Ba‘zida bola barcha oila a‘zolariga qo‘l chizadi, o‘ziga esa chizishni unutadi. Agar bunda bola 
o‘zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa, bu kuchsizlik, oiladagi o‘zining
ahamiyatsizliga, atrofdagilar uni haddan ziyod nazorat qilishi, uning faolligini bo‘g‘ishi
hissidan darak beradi. 
Bosh ―Men‖ lokalizatsiyasi, intellectual va pertseptiv faoliyat markazi. 


225 
YUz – tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.Agar 5 yoshdan oshgan bolallar 
rasmda tana qismlari - ko‘z, og‘izni tushirib qoldirsalar, bu muloqot sohasidagi jiddiy
buzilishlardan dalolat beradi. 
Agar boshqa oila azolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki yuzni shtrix
bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar mavjudligini ko‘rsatadi. 
Tish va og‘izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolallarga xos. Agar bola o‘zini emas, oila
a‘zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko‘pincha bu odamning bolaga nisbatan 
dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo‘rquv hissi bilan bog‘langan bo‘ladi. 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish