Pinotsitoz
Sodda hayvonlar va ko’p hujayrali organizmlar faqat qattiq zarrachalarni
ushlashgagina emas, balki tashqi muxitdagi suyuqlik tomchilarini yutish xususiyatiga
ham egadirlar. Buni birinchi bo’lib Lyuis 1831 yilda makrofag va fibroblastlarni
o’sishini o’rganayotib kuzatgan edi.
Suyuklik tomchilarini ushlash va yutish protsessi ichishni eslatadi, hujayralar
atrofdagi suyuqliklarni xuddi ichadi. Shuning uchun Lyuis bu xodisani pinotsitoz (gr-
pino- ichaman, kytos-hujayra) deb nomlangan.
Makrofag va fibroblastlarda suyuqlikni yutish sitoplazmani tashqi qismidan dung
yoki o’simta hosil bo’lishidan boshlanadi. Bu o’simta psevdopodiilarga o’xshaydi. Ular
dastlab mayda tomchilarni ko’raydi, keyin yuqori qismlari bir-biri bilan yopishadi,
tomchilar sitoplazma ichida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |