3-MA’RUZA. SITOPLAZMATIK MEMBRANA.
19
R e j a
1.
Тashqi sitoplazmatik membrana.
1.1 Membrananing tuzilishi.
1.2 Sitoplazmatik membrananing funksiyasi.
2.
Hujayralarning bir-birlari bilan birlashadigan joydagi maxsus strukturalari.
3.
Membranali strukturalarning birlashash harakterlari
4.
O’simlik hujayralari qobig’ining o’ziga xos tuzilishi.
5.
Fagotsitoz.
6.
Pinotsitoz.
7.
Adabiyotlar.
8.
Тayanch iboralar.
O’tgan asrlardayok yorug’lik mikroskoplari yordamida o’simlik hujayralarini kalin
qobig’ini, ko’pchilik sodda hayvonlarning zich pellikulasini ko’rishga erishilgan edi.
Ammo, elektron mikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha bunday strukturalar
tashqi sitoplazmatik membrananing ko’shimcha qismlari ekan holos. Ular juda ko’p
hayvon hujayralarida bo’lmaydi, natijada ko’p vaqtgacha ularda qobiqning bor-yo’qligi
muammo bo’lib keldi, uni yorug’lik mikroskoplarida ko’rib bo’lmadi.
Elektron mikroskopik tekshirishlar barcha o’simlik va hayvon organizmlarining
har qanday hujayralari, bakteriya va sodda hayvonlar juda yupqa sitoplazmatik
membrana yoki plazmolemma deb ataluvchi tashqi qobiqka ega ekanligini ko’rsatdi.
Bunday qobiqning kalinligi 75 A atrofida bo’ladi va uning yorug’lik mikroskoplarida
ko’rinmasligi tabiiydir.
Тashki sitoplazmatik membrana doimo 3 kavatdan tashkil topadi. Тashki va ichki
kavatlar bir qator joylashgan oqsil molekulalaridan, o’rta kavat esa, ikki qator joylashgan
lipid molekulasidan iborat bo’ladi. Har bir kavatning kalinligi taxminan 25 A dir.
Membrananing bunday tuzilishini birinchi bo’lib J. Daniyelli (1934, 1952) aniqlagan.
Keyinchalik 3 kavatli membrana, elementar membrana deb ataldi. Bu birinchi marta
aksonlarni miyelinli qobig’ini tekshirishda (Shvan hujayralarida) aniqlandi.
Elementar membrana ko’pchilik o’simlik va hayvon hujayralarida, sodda
hayvonlarda va bakteriyalarda ham topildi. Shuning uchun elementar membrana hamma
organizmlar hujayralari uchun xos bo’lgan biologik strukturadir.
Ammo, N.. Sharon (1970) bakterial hujayraning zich-mustaxkam qobig’ini
aminokislota va kandlarni qoldigidan iborat bitta gigantik molekuladan tashkil topgan
deb faraz qiladi. Ana shu qobiq juda yupqa plazmolemmani koplab olib, uni ximoya
qiladi.
Ba’zi hujayralarda elementar membrana yagona qobiq shaklida bo’ladi. Masalan,
konning shaklli elementlarini, jigar, oshkozon osti bezi, buyrak, ichak epiteliysi, teri,
muskul hujayralarini, amyobani va boshqalarni qobiqlarini keltirish mumkin.
Lekin ko’pchilik hujayralarda tashqi qobiq bir necha elementar membranadan
tashkil topgan bo’lib, murakkabroq tuzilishga ega. Bunga aksonning miyelinli kobogini
misol qilish mumkin. Elektron mikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha u bir-biriga
juda zich joylashgan elementar membranalar naboridan iborat ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |