76
5.ТAKSISLAR.
Endi biz taksis nima, uning qanday xillari uchraydi? shularni bilib olaylik. Bu xodisa
hujayraning ta’sirlanuvchanligiga bog’lik bo’ladi. Masalan, eng sodda hayvonlar muxit
sharoidini o’zgarishiga javob reaksiyasini ta’sirlovchi faktorga nisbatan harakatlanishida
namoyon qiladi. Bunday harakat taksis deb ataladi.
Hujayra ta’sirlovchiga intilishiga yoki undan qochishiga qarab taksislar musbat yoki
manfiy bo’lishi mumkin. Masalan, eng sodda hayvonlar ta’sirlovchi tomon harakat kilsa musbat
yoki to’g’ri taksis deb, ta’sirlovchidan kochsa manfiy yoki teskari taksis deb ataladi.
Тaksislar qanday faktorlar ta’sirida yuzaga kelishiga qarab bir necha xil bo’ladi.
Yorug’lik ta’siriga javoban bo’ladigan harakatlar fototaksis deb ataladi. Masalan, ichida
evglenalar bo’lgan akvarium hamma tomonidan bir xilda yoritilsa, ular butun suv katlamida bir
tekis tarqaladi. Akvariumni biror qismi ko’proq yoritilsa. erglenalar ana shu joyga tuplanib
yorug’likka nisbatan to’g’ri fototaksis namoyon bo’ladi.
Agar ta’sirlovchi ximiyaviy modda bo’lsa. bunga javoban harakatlanish xemotaksis deb
ataladi. Buni tufelkalarda ancha osonroq ko’rinadi. Masalan, tufelkali suv probirkaga quyilsa bir
necha vaqtdan so’ng ularning hammasi kislorot ko’proq bo’lgan suvni yuqori katlamiga tuplanib
to’g’ri xemotaksis yuz beradi.
Yana bir misol keltiraylik: ikki tomchi tufelkali suv buyum oynasiga tomizilib ulardan
biriga 1-2 dona osh tuzi kristalidan solinsa va ikkala tomchi 1-1 i bilan torgina suvli ko’prik
bilan birlashtirilsa vaqt o’tishi bilan barcha tufelkalar kiristallar bo’lmagan tomchiga o’tishadi.
Manfiy yoki teskari xemotaksis yuz beradi.
Тaksislar yana tepperatura ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday harakatlanish
termotaksis deb ataladi. Buni ham infuzoriya tufelkada oson kuzatiladi. Masalan, tufelkalar
bo’lgan suv kapillyarga quyiladi. Uni bir tomonidan muz bilan sovutiladi, ikkinchi tomonidan
esa 38-40
0
S isitiladi. Bunda tufelkalar kapillyarni har ikki tomonidan kochadilar manfiy
termotaksis yuz beradi va 24-26 temperaturaga ega bo’lgan o’rta qismiga tuplanadi, shu 24-26
temperaturaga nisbatan musbat termotaksis yuz beradi.
O’simliklarda ham yorug’lik ta’siriga javob bo’luvchi harakatni kuzatiladi.
O’simliklardagi bunday sust harakat reaksiyalari tropizm deb ataladi. Agar tropizm yorug’lik
tasiriga nisbatan yuz bersa fototropizm deb ataladi. O’simliklar yorug’lik ko’p tushgan tomonga
kayriladi.
Ba’zi o’simlik hujayralari ta’sirlovchilarga juda tez javob reaksiyasi ko’rsatadi. Masalan,
“Тegsasular” o’simligiga tegib ketilsa yoki korong’ilikga yo temperatura yuqori bo’lgan joyga
quyilsa, barglari tezda guj bo’lib, sulib qoladi, ta’sir tuxtatilsa avvalgi holiga darhol qaytadi.
Хuddi shunday ta’sirga tez javob reaksiyasi rosyanka (shudring) deb ataluvchi o’simlikda
ham kuzatiladi. Bu o’simlik xashoratxo’r bo’lib uning mayda sezuvchi tukchalar joylashgan
barglarga kungan xashoratga tuklardan yopishkok, shira ajraladi va xashoratni harakatlanishiga
yo’l qo’ymaydi. Bu shira fermentlarga ega bo’lib xashoratni uzlashib ketishiga imkon beradi.
Oxirgi vaqtlarda mikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha, snermatazoidnini dumida, xivchinda
va harakatlanayotgan kiriklarda submikroskopik fibrillar topildi. Ularning soni doimo bir xil
ammo yo’g’onligi har xil bo’ladi. Normal holda bu fibrillar tutam hosil qilib bir biri bilan
mustahkam bog’liq bo’ladi. Har xil organizmlarning fibrillar soni 11 ga teng; 9 tasi periferiyada,
2 tasi markazda poylashadi. Bu son kun hujayralilar uchungina emas, balki sodda hayvonlar
ba’zi o’simlik formalariga ham xarakterlidir. Ipchalar tutami o’zlarining asoslari bilan
sitoplazmaga botgan bo’lib maxsus membrana bilan o’ralgan bo’ladi.
Хivchinlar odatda 2 yoki 3 yo’nalishda to’lqinsimon harakati ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |