O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov


Avgust va dekabr oylarida joylashtirilgan don uyumining o‘rta



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

Avgust va dekabr oylarida joylashtirilgan don uyumining o‘rta 
qatlamlarida haroratning o‘zgarishi, 
0

 
Don uyumi si-
losga joylash-
tirilgan vaqt 
Harorat 
Fevral 
Mart 
Aprel 
May 
Iyun 
Iyul 
Avgust 
Avgust 
+24,0 
 +24,0  +25,0 
+26,5   +32,5  +34,0,   +33,0 
Dekabr 
+20,0 
+21,0 
+23,0 
+24,0  25,4 
+26,7  +28,0 
 
Barcha  o‘simlik  turlarining  urug‘lari  va  donlari  tashqi  muhitdan 
har  xil  gaz  va  bug‘larni  o‘ziga  singdirib  (sorbsiyalash)  olish  xususi-
yatiga ega. Ba’zan ma’lum sharoitlarda aksincha jarayon yuzaga kelib, 
bu moddalar tashqi muhitga chiqariladi (adsorbsiyalash). 
Don  uyumida  ko‘pgina  sorbsiyalash  jarayonlari  kuzatiladi: 
adsorbsiyalash,  kapillar  kondensiyalash  va    xemosorbsiya.  Bularning 
barchasi umumiy nom bilan donning sorbsion xususiyatlari deb ataladi.  
Har  qanday  don  uyumi  yaxshi  sorbent  hisoblanadi.  Don 
uyumining yaxshi sorbent ekanligi quyidagi ikki omil bilan izohlanadi: 
har bir donning kolloid kapillar-g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi hamda 
don uyumining g‘ovakligi. 


62 
Ma’lumki don uyumi namlik, bug‘ va turli  hidlarni tashqi muhit-
dan o‘ziga singdirib olish xususiyatiga ega. Don uyumidagi g‘ovaklik, 
unda kapillarlar bo‘lishi yaxshi sorbent ekanligini bildiradi. Bug‘, hid, 
namlik  va  boshqa  suyuqliklarni  don  uyumi  tomonidan  singdirilishi 
sorbsiya,  aksincha,  ya’ni  yuqoridagilarning  don  uyumidan  chiqib 
ketishi adsorbsiya deyiladi. Don uyumlarining uglerod, azot, ammiak, 
turli  kislota  va  boshqa  birikmalardan  hosil  bo‘lgan  gazlarni  o‘ziga 
singdirib olishi ayniqsa kuchlidir. 
Donlarni  tashish  jarayonida  transport  vositalarining  ishlashi 
natijasida  chiqadigan  turli  gaz  va  bug‘larni  ham  don  uyumi  o‘ziga 
yengil singdiradi. Don uyumi tomonidan singdirilgan neft mahsulotlari 
hidini  yo‘qotish  juda  qiyin.  Shuning  uchun  don  uyumini  sorbsion 
xususiyatlarini chuqur bilish va tashish, joylash, saqlash jarayonlarida 
unga qat’iy e’tibor berilishi lozim. 
Don  saqlash  omborlari  va  don  tashuvchi  transport  vositalari 
umuman begona hidsiz bo‘lishi shart. Don uyumini saqlashda saqlash 
joylarini  faol  shamollatish,  begona  hid  va  gazlardan  xoli  etish  kabi 
tadbirlar  ham  don  uyumining  sorbsion  xususiyatlariga  uzviy  bog‘lan-
gandir. 
Don uyumining havodagi namlikni singdirib olishi, kapillarlik va 
g‘ovak  tuzilishga  ega  ekanligi  uning  suvga  ta’sirchan  mahsulotligini 
bildiradi. 
Ushbu xususiyat don uyumining barcha komponentlari (don, mik-
roorganizmlar,  zararkunandalar,  donlar  orasidagi  bo‘shliqni  to‘ldirib 
turuvchi havo) uchun xosdir.  
Donga suv bug‘ining singishi va namligining ortishi havoda suv 
bug‘ining  bosimi  don  yuzasidagi  suv  bug‘ining  bosimidan  yuqori 
bo‘lganda ro‘y beradi. Aksincha don yuzasidagi suv bug‘ining bosimi 
havonikidan yuqori bo‘lsa, don uyumidagi suv bug‘i havoga tarqaladi 
va namlik pasayadi. 
Namlik almashinuv jarayoni don uyumi bilan havo o‘rtasida uzviy 
bog‘langan holda o‘tib, ulardagi suv bug‘ining bosimi tenglashguncha 
davom  etadi.  Don  uyumi  va  havo  namligi  bosimlarining  tenglash-
gandagi  darajasi  donning  muvozanat  namligi  deb  ataladi.  Don 
uyumining  muvozanat  namligi  don  turiga  va  omborxona  haroratiga 
ko‘ra turlicha bo‘ladi. 


63 
Tajribalardan  shu  narsa  aniqlandiki,  barcha    g‘allali  ekinlar  va 
grechixa  donining  muvozanat  namligi  7%  dan  33–36%  chegarada 
o‘zgarib turadi. Donning 7% namlikda bo‘lishi 15–20% namlikka ega 
bo‘lgan havo uchun muvozanat hisoblanadi, donning namligi 33–36% 
bo‘lsa, bu suv bug‘i bilan to‘yingan havo uchun muvozanat hisoblanadi. 
Quyidagi  jadvalda  turli  donlarning  muvozanat  namligi  aks 
ettirilgan.  Don  massasining  muvozanat  namligi  tashqi  ko‘rinishi, 
yetilganligi,  mahsulot  o‘lchamlari  va  asosan  kimyoviy  tarkibiga  ham 
bog‘liqdir.  

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish