O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov


-rasm. Boshoqli donlarni  saqlash elevatorining tashqi ko‘rinishi



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

21-rasm. Boshoqli donlarni  saqlash elevatorining tashqi ko‘rinishi. 
 
 
 
22-rasm. Elevator va  omborlarning  umumiy  ko‘rinishi. 


26 
 
 
23-rasm. Elevatorning tashqi ko‘rinishi. 
 
 
 
24-rasm. Don  saqlanadigan metalli omborlarni  zamonaviy ko‘rinishi. 


27 
 
 
25-rasm.Yevropa mamlakatlarida  don  saqlash va  dastlabki  ishlov  berish 
punktlari. 
 
 
 
26-rasm. Donga ishlov berish kompleksi.
 
 


28 
1.4. Donni qabul qilish sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha joylashtirish 
va saqlashni tashkil etish texnologik qoidalari 
 
Don qabul qilish, donga dastlabki ishlov berish, saqlash va qayta  
ishlash  korxonalariga yetkazib berishda elevator ombor sanoati asosiy 
zveno  hisoblanadi.  Markazlashgan  elevator  –  ombor  sanoatiga  davlat 
tomonidan quyidagi majburiyatlar yuklatilgan. 
1.  Don  yetishtiruvchi  fermer  va  boshqa  xo‘jaliklardan  donlarni 
qabul qilib olish. 
2.  Qabul  qilib  olingan  donlardan  bir  xil  katta  partiyalar  tashkil 
qilish. 
3.  Donni  tozalash,  saralash  quritish  va  ventilatsiya  qilish  (havo 
yordamida  shamollatish)  uni  sifatini  yaxshilash  va  iste’molchilar 
talabiga javob beradigan darajaga yetkazish. 
4. Donni qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalarini 
sifati standart talablariga javob beradigan don bilan ta’minlash. 
5.  Urug‘chilik  xo‘jaliklaridan  don  va    urug‘larini  qabul  qilish, 
ularni tozalash, kalibrovka qilish hamda don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni 
yuqori sifatli urug‘lar bilan ta’minlash. 
6.  G‘allani  uzoq  muddat  saqlash  (sifat  va  qo‘llanilishidan  qat’i 
nazar). 
7. Davlat zaxirasidagi don va don mahsulotlarini saqlash. 
 Ma’lumki don inson hayotida qiyoslab bo‘lmaydigan  ahamiyatga 
ega. Inson iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining taxminan 65-
75%i  dondan  tayyorlanadi.  Dondan  sanoatda  ko‘plab    un,  yorma  va 
omixta-yem kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Insoniyatni 
bu mahsulotlarga bo‘lgan talabi benihoyat  kattadir. Aholini don va don 
mahsulotlariga  bo‘lgan  talabini  to‘laroq  qondirish  hozirgi  bozor 
munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda asosiy vazifalardan 
biri  hisoblanadi  Don  va  don  mahsulotlariga  bo‘lgan  talabini  to‘la 
qondirishga faqatgina ko‘plab don yetishtirish orqali erishib bo‘lmaydi. 
Yetishtirilgan  don, yorma va omixta-yemlarni sifatli va isrofgarchilikka 
yo‘l qo‘ymasdan (beisrof) saqlay bilish  lozim. 
Don  va  don  mahsulotlarini  (un,  yorma,  omixta-yem)  saqlash 
boshqa  ko‘pgina  tovar  mahsulotlari  singari  murakkab  va  mas’uliyatli 
jarayon bo‘lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza   hamda  soha 
uchun malakali mutaxassislarni talab  etadi. 


29 
Don  tirik  organizm  bo‘lib,  don  massasida    turli-tuman  hayotiy 
jarayonlar kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muhit sharoit-
lariga bog‘liq. Mahsulot uyumida  kechadigan  jarayonlar moddalarning  
faol  almashinuvchi mahsulot uyumining  yetarlicha yo‘qolishiga hamda 
uning sifat ko‘rsatkichlari tushishiga olib keladi. 
Don  va  don  mahsulotlari  uyumida    mikroorganizmlar  hamda 
zararkunanda  hasharotlarning  faoliyatini    oldini  olish,  ayniqsa  qiyin-
chiliklar tug‘diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur organizm-
larning  rivojlanishi  mahsulotning  ko‘plab  yo‘qolishiga,  sifat  ko‘rsat-
kichlarining  pasayishiga,  hattoki  mahsulotning  butunlay  buzilishiga  
olib kelishi  mumkin. 
Mahsulotlar qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar qurt-qu-
mursqalar,  hasharotlar  hamda  sichqon-kalamushlar  mahsulot  sifatini 
buzishga olib keladi. 
Don  va don mahsulotlarini  saqlash  sohasida quyidagi masala-
larni hal etish  muhim vazifalar hisoblanadi:  
Birinchi  masala  –  boshoqli  donlarni  sifatli,  isrofsiz  saqlashga 
erishish va xomashyoni tabiiy kamayishini mumkin qadar qisqartirishga 
erishish. 
Don va don mahsulotlarining tabiiy kamayishi xususiyatiga ko‘ra 
ikki guruhga bo‘lish mumkin: biologik va mexanik. Bu kamayishlarni 
quyidagicha tasvirlash  mumkin:   
 
1-jadval 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish