Axloqiy javobgarlik. Haydovchimehnat shartnomasida ko‘rsatilgan vazifani bajarmagan, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmagan, xizmat burchini o‘tayotgan paytda ATXga ziyon keltirgan bo‘lsa, axloqiy javobgarlikka tortiladi. Mehnat intizomini buzganligi uchun ATX ma’muriyati haydovchini 1) ogohlantirishi, 2) hayfsan e’lon qilishi, 3) qattiq hayfsan berishi, 4) maoshi past ishga o‘tkazishi, 5) ishdan bo‘shatishi mumkin.
Moddiy javobgarlik. Haydovchining aybi bilan ATXga ziyon keltirilgan bo‘lsa, u bu ziyonni to‘lashi lozim. To‘lovmiqdori haydovchi o‘rtacha maoshining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |