1. Davlat ahamiyatidagi daraja. Bu darajada yo‘lda harakatlanish qonun va me’yorlari tuziladi, «avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit» tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, yo‘l tarmog‘ining rivojlanish rejalari tuziladi, davlat miqyosida avtomobilizatsiya ko‘lami muvofiqlashtiriladi.
2. Vazirliklar darajasi. Bu daraja passajirlarni va yuk tashishni takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini ishlab chiqarish; yo‘llarni qurish; ta’mirlash; yo‘lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlab chiqarish; haydovchilarni tayyorlash va yo‘l qoidalarni yo‘l harakati qatnashchilariga targ‘ibot qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |