O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma



Download 8,68 Mb.
bet36/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

10-AMALIY MASHG’ULOT

YO‘LLARDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI.
I. Ishdan maqsad: Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning davlat boshqaruvi tizimi haqida tushuncha berish

II. Umumiy ma’lumotlar.

Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning davlat boshqaruvi tizimi

Avtomobil yo‘llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o‘ziga qulay harakat rejimini tanlaydi hamda o‘zi tanlagan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat rejimiga ta’sir qilishi maqarrar. Yo‘l harakatida avtomobillarning o‘zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha orta boradi.

Yo‘l harakatini tashkil etish-yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.

Yo‘l harakatini tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo‘lning geometrik o‘lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo‘laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilib, u transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo‘l harakatini tashkil etish tamoyillari quyidagilarga qaratiladi: transport oqimini to‘g‘ri yo‘naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo‘yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo‘l bo‘lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o‘z vaqtida harakat marshruti va yo‘l sharoiti to‘g‘risida axborot berishga.

Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish vositalari (harakatni boshqarishni avtomatik tizimi; svetafor Obyektlarini «yashil to‘lqin», «yashil ko‘cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi-sekinlashuvchi, reversiv, rezevr polosalaridan foydalanish, ba’zi bir ko‘chalarni bir tomonli harakatga o‘tkazish va h.k.z.) chorrahalarni har xil sathda o‘tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo‘l harakatini tashkil etishda ELEKTRON SHAKLDA yordamida avtobus va trolleybuslarni, shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarni optimal harakatlanish grafigini to‘g‘ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig‘iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining harakati aylanma yo‘llar orqali o‘tishga intiladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o‘rnatiladi, bu esa harakat grafigini yo‘lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo‘l harakatini tashkil etishda quyidagi xujjatlarning ahamiyati katta. «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasining qonuni; Yo‘l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo‘l va ko‘chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari, shuningdek, harakat xavfsizligi bo‘yicha soha me’yoriy xujjatlari.

Avtomobil transporti ishini, haydovchi mehnatini, yo‘ldagi transport vositalarining va piyodalarning harakatini tashkil etishni bir biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo‘l xo‘jaliklari, davlat avtomobil nazorati organlari va xokimiyat vakillari shug‘ullanadi.

Yuqorida keltirilganlardan kelib, chiqib yo‘l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezliklar bilan yo‘lning turli bo‘lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o‘tkazilishi tushuniladi.

Harakatni tashkil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;

avtomobilni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi yo‘l sharoitlarini vujudga keltirish;

harakat xavfsizligini ta’minlash;

atrof-muxitni bulg‘atmaslik;

transport vositalarini va yul sharoitlarini tez ishdan chiqmasligini ta’minlash.

Harakatni tashkil qilish bo‘yicha quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko‘lamli faol ishlar olib borilishi zarur. Bunda harakatni tashkil qilishdagi yechiladigan masalalarni ko‘lamiga qarab uch darajaga bo‘lish mumkin:




Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish