Transport oqimining zichligi, yo‘lning
o‘tkazish qobiliyati va yuklanganlik darajasi
ko‘rsatkichlarini baholash
Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq masofasining kamayishi, tezlikning pasayishi, haydovchilarning psihologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo‘l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to‘xtab qolish («zator») holatida kuzatiladi.
Transport oqimining zichligini qiyidagicha baholash mumkin.
bu yerda: N-bitta polosadagi harakat miqdori, avtsoat,
V-transport oqimining tezligi kmsoat.
Bu ko‘rsatkich harakat miqdori «N» va yo‘l sharoiti o‘zgarishiga bog‘liq chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek, «N» ko‘rsatkichi o‘zgaruvchan. Masalan «q» aholi punktiga yaqinlashishda quyidagicha o‘zgaradi.
Keltirilgan formuladagi biror-bir ikki ko‘rsatkich ma’lum bo‘lsa, uchinchi ko‘rsatkichni topish oson. Transport oqimining harakat tartibini kuzatishda bunday bog‘lanish qulaylik beradi. Yo‘l bo‘laklari yoki umuman yo‘l bo‘yicha transport oqimining holatini tavsiflashda zichlik ko‘rsatkichi orqali baholash Obyektiv natija beradi. Zichlikni bilgan holda «harakat miqdori-zichlik» grafigini qurish mumkin, uning yordamida esa yo‘l bo‘lagining o‘tkazish qobiliyati va harakat tezligi aniqlanadi.
Transport oqimining zichligini aerofos’yomka yoki yo‘lning yon tarafidan baland joydan kinos’yomka qilish orqali aniqlanadi.
Yo‘lning o‘tkazish qobiliyati-vaqt birligi ichida yo‘lni ma’lum kesimidan o‘tkazish mumkin bo‘lgan avtomobillar soni, u avtsoatda yoki avtsutkada aniqlanadi. Yo‘lning o‘tkazish qobiliyati harakat tezligiga va harakatni tashkil etishga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘tkazish qobiliyatini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
maksimal nazariy o‘tkazish qobiliyati-bu turdagi avtomobillarni qulay yo‘l sharoitidan ideallashtirilgan tartibda o‘tkazish mumkin bo‘lgan soni. Uni transport oqimining dinamik formulasi yordamida aniqlanadi;
amaliy o‘tkazish qobiliyati-qulay ob-havo sharoitida konkret yo‘l bo‘lagidan ma’lum harakat tartibiga ko‘ra avtomobillarni maksimal o‘tkazish mumkin bo‘lgan soni.
Avtomobil yo‘lining maksimal nazariy o‘tkazish qobiliyati quyidagi empirik formula orqali aniqlanadi.
avtsoat
bu yerda: V-polosada harakatlanayotgan avtomobilning tezligi, kmsoat;
Ld-avtomobilning dinamik gabariti, m.
Dinamik gabaritni quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
bu yerda: la-avtomobilning statik uzunligi; ld-haydovchining reaktsiya vaqtida o‘tadigan masofasi; St-avtomobilning tormoz yo‘li; lx-xavfsizlik masofasi; d-xavfsizlik oralig‘i. Avtomobilning dinamik gabaritini tashkil etuvchilar.
Avtomobillarning dinamik gabaritidan ko‘rinadiki, bu ko‘rsatkich transport vositalarining bir polosada bo‘ylama joylashuviga va transport turlariga bog‘liq. Buni inobatga olgan holda amaliy hisoblarni bajarish uchun odatda turli turdagi transport vositalarining harakat miqdorini yengil avtomobillarnikiga keltirish koeffitsienti kiritilgan va ularning qiymatini QMQ 2.05.02-95 me’yoriy xujjatiga asosan qabul qilinadi.
Engil avtomobillarga keltirilgan harakat miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi
bu yerda: Nkelt-engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdori; ni-i turddagi transport vositasi harakat miqdori; Kkelt1-I turadagi transport vositasining yengil avtomobilga keltirish koeffitsienti.
O‘tkazish qobiliyati yo‘lning asosiy hisobiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u yo‘lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog‘liqdir.
Yo‘lning yuklanganlik darajasini quyidagicha baholash mumkin.
bu yerda: R-o‘tkazish qobiliyati, avtsoat; N-harakat miqdori, avtsoat.
Agarda Z0,2 transport oqimi erkin, Z*0,2-0,45 transport oqimi qisman bog‘langan Z*0,45-0,7 bog‘langan oqimi, Z*0,7-0,1 to‘yingan oqim yoki zich oqim deyiladi.
O‘tkazilgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida yo‘lning yuklanganlik: darajasining optimal qymati shahar tashqarisidagi yo‘llar uchun 0,45-0,55 deb aniqlandi. Har xil yo‘l sharoitlarida harakatni tashkil etishda yuklanganlik darajasi ko‘rsatkichlariga asosan ish yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |