13-AMALIY MASHG’ULOT
PIYODALARNING HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
AVTOMOBILNING HARAKATI NAZARIYASI.
I. Ishdan maqsad: Piyodalarning harakat xavfsizligini oshirish yo’llari va avtomobillar harakat nazariyasini talabalarga yetkazish.
II. Umumiy ma’lumotlar.
Piyodalar harakatini tashkil etish tamoyillari
Piyodalar harakatini tashkil etish avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini ikki bo‘lakka bo‘lib olib borilishi lozim. Birinchi bo‘lak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak chorraha va tutashmalar oralig‘idagi yo‘l bo‘yidagi mintaqa.
Piyodalar harakatini tashkil etish quyidagi tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydilar.
2. Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan) ta’sir ko‘rsatadilar.
3. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |