O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma


Qontomirlar shikastlanganda birinchi yordam berish



Download 8,68 Mb.
bet77/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

Qontomirlar shikastlanganda birinchi yordam berish

Qon tomirlar shikastlanganda arterial, venoz va parenximatoz qon oqishlar bo‘ladi. Agar qon jarohatdan tashqariga oqayotgan bo‘lsa, buni tashqi qon oqish deb ataladi. Jarohatlangan tomirdan to‘qimaga, ichki organlarga - ko‘krak yoki qorin bo‘shligiga oqayotgan bo‘lsa, buni ichki qon oqish deyiladi.

Qon oqishni to‘xtatishning ikkita usuli bor: bulardan biri - vaqtincha bog‘lab qo‘yish, tomirni suyakka bosib turish va ikkinchi usul - butunlay to‘xtatish, bunday qon oqishini jarrohlik yo‘li bilan to‘xtatiladi. Transportdan shikastlanganda ba’zi hollarda hayot uchun xavfli bo‘lgan arterial qon oqishi kuzatiladi, u arteriya zararlanganda sodir bo‘ladi. Arterial qon oqishida qon bosim bilan oqib turadi va uning rangi och qizil bo‘ladi, agar qon oqishi zudlik bilan to‘xtatilmasa, bemor oz vaqt ichida ko‘p qon yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu hayot uchun xavflidir. Arterial qon oqishishi to‘xtatish tibbiy yordam ko‘rsatishning eng birinchi chora-tadbiri hisoblanadi. Arterial qon oqishini to‘xtatish hammani qo‘lidan keladigan osonva tezkor usuli, jarohatlangan joy teparog‘idan arteriyani barmoq bilan bosib turishdir. Arteriya suyak yoniga yaqin joydan yoki uning ustidan o‘tgan bo‘lsa, uni bosib turish juda oson bo‘ladi.

Son arteriyasi chov sohasida, chanoqning qov suyagiga musht bilan bosiladi. Boldir yoki oyoq panjasi sohasidagi jarohatdan arterial qon oqqanda arteriya taqim chuqurchasi sohasida bosiladi, buning uchun bosh barmoqlar tizza bo‘g‘inining oldingi yuzasiga quyiladi, qolgan barmoqlar bilan arteriya sukka bosiladi.

Arteriyalarni barmoq bilan bosish ko‘p kuch sarflashni talab etadi va bu tadbirni hatto jismonan kuchli va chiniqqan kishi ham 15-20 daqiqadan ortiq bajara olmaydi. Shunga ko‘ra tomirni barmoq bilan bosib, imkon bor joyda zudlik bilan jgut yoki zakrutka solish va sterial bog‘lab qo‘yish kerak.

Jgut (zakrutka) solish oyoq-qo‘lning yirik arterial tomirlari shikastlanganda,qon oqishini vaqtincha to‘xtatishning asosiy usulidir. Jgut son, boldir, yelka va bilakka solinadi. Tasmasimon rezina jgut bir uchida metalldan yasalgan ilgagi va ikkinchi uchida zanjirchasi bo‘lgan uzunligi 1-1,5 metrlik elastik rezina tasmadan iborat. Uni ilgak va zanjircha bilan mahkamlab bog‘lanadi. Naysimon rezina jgut uzunligi 1 metr keladigan elastik naychadan iborat.

Jgut qon oqayotgan joydan yuqoriga, jarohat yaqiniga, terini siqib qo‘ymaslik uchun kiyim yoki yumshoq bint ustidan bog‘lanadi. Jgutni qonni to‘xtata oladigan kuch bilan bog‘lanadi. To‘qimalar juda qattiq bosilganda oyoqqo‘lning nerv stvollari ko‘proq shikastlanib qoladi. Jgut yetarlicha qattiq solinmasa bu holda aretrial qon oqishi kuchayadi, chunki bunda oyoqqo‘lning nerv stvollaridan venalarigacha bosilgan bo‘ladi.

Jgut solingan kuni, soati va daqiqasi yoziladi, qog‘oz jgut ostiga ko‘rinib turadigan qilib qistirib qo‘yiladi. Jgut bog‘langan oyoq, qo‘lni, ayniqsa, qishda issik qilib o‘rab qo‘yiladi, biroq uni grelka bilan isitish mumkin emas. Jgut qo‘yilgandan so‘ng 2 soat o‘tgan hollarda arteriyani barmoq bilan bosish, jgutni asta-sekin, pulsni hisoblab turib 5-10 daqiqaga bo‘shatish va uni avvalgi joyining yuqog‘irog‘idan yana solish kerak. Jgutni shu tariqa vaqtincha yechish har soatda zararlangan kishiga jarrohlik yordam ko‘rasatishga qadar takrorlanadi va har gal bu haqida yozib boriladi. Naysimon jgut uchida zanjirchasi va ilgagi bo‘lmasa uchlari tugun qilib bog‘lanadi.

Jarohatdan asta-sekin oqim bilan pulsatsiya qilmay oqib chiqadigan to‘q-qizil rangli qon oqishiga, venadan qon oqishi deyiladi. Venadan qon oqishi bosib turadigan steril bog‘lov qo‘yish va gavdaning shikastlangan qismini baland ko‘tarib qo‘yish bilan to‘xtatiladi.

Kapillyardan qon oqayotganda jarohatning butun yuzasi qonab turadi va qon tomchilab chiqadi. Kapillyar qon oqishini to‘xtatish uchun odatda sterial, aksari, bosib turadigan bog‘lov qo‘yish kifoya. Bog‘lovga qon shimilib qolsa, qo‘shimcha bint o‘rash zarur.



Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish