Tibbiy yordam ko‘rsatish talabi
Yo‘llarda harakatlanish qoidalarining 5.1 bandiga asosan, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchi: darhol to‘xtashi, transport vositasi majburan to‘xtaganini bildiruvchi chiroqni yoqishi yoki belgi o‘rnatishi, transport vositasini va hodisaga dahldor buyumlarni qo‘zgatmasligi, shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur choralarni ko‘rishi, “tez tibbiy yordam” xizmatini chaqirish, agar buning imkoni bo‘lmasa, shikastlanganlarni o‘z transportida yoki boshqa yo‘lovchi transportida yaqin oradagi davolash muasssasasiga olib borishi, u yerda o‘z ismini, transport vositasining davlat raqamini aytishi va voqea sodir bo‘lgan joyga qaytib kelishi shart.
Bu qoidalarga rioya qilmagan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |