O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma



Download 8,68 Mb.
bet31/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

7-AMALIY MASHG’ULOT

MURAKKAB SHAROITLARDA HARAKATLANISH TARTIBI.

I.Ishdan maqsad: Transport vositalarini temir yo’l kesishmalarida, tik balandlik, tik nishablik va avtomagistrallarda harakatlanish bo’yicha ko’nikmalar berish.

II. Umumiy ma’lumotlar



XVIII. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish

116. Transport vositalarining haydovchilari temir yo‘llarni faqat temir yo‘l kesishmalari orqali poezd (lokomotiv, drezina)larga yo‘l berib kesib o‘tishlari mumkin.

117. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo‘l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko‘rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo‘qligiga ishonch hosil qilishi shart.

118. Temir yo‘l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilib turgan yoki ko‘tarila boshlagan holatda;

shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida; kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga uzatsa);

kesishmadan keyin hosil bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to‘xtashga majbur bo‘ladigan hollarda;

agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa.

Bundan tashqari taqiqlanadi:

kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib aylanib o‘tish;

shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish;

kesishma orqali qishloq xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni olib o‘tish;

temir yo‘l distantsiyasi boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarini harakatlanishi.

119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 2.5 yo‘l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.

120. Temir yo‘l kesishmasida majburan to‘xtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo‘shatish choralarini ko‘rishi.

Shu bilan bir vaqtda haydovchi:

imkoniyati bo‘lganda, yaqinlashib kelayotgan poezd mashinistiga to‘xtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo‘l yoqasi bo‘ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi bo‘lsa uni yo‘l yaxshi ko‘rinmaydigan tomonga) yuborishi;

transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar ishorasini berishi;

poezd ko‘ringanda to‘xtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.

To‘xtash ishorasi qo‘lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko‘rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

Umumiy xatar ishorasi bo‘lib, berilgan bitta uzun va uchta qisqa tovush seriyasi xizmat qiladi.

XIX. Avtomagistrallarda harakatlanish

121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o‘zi yurar avtomobillar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi;

ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo‘laklardan boshqa bo‘laklarda harakatlanish;

5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash;

ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;

orqaga harakatlanish;

transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish.

122. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini Qoidalarning VIII bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.

XX. Turar joy dahalarida harakatlanish

123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish;

dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish;

ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.

125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek ushbu hududdagi inshoot, qurilma va o‘simliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi zarur.

126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari kerak.

127. Ushbu bo‘lim talablari hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.

XXI. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish

128. Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to‘siq bo‘lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.

129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yo‘l belgisi o‘rnatilgan yo‘lda to‘xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o‘z harakatini to‘xtatish uchun 5.40 yo‘l belgisi bilan belgilangan avariyali holatlar uchun mo‘ljallangan yo‘lga kirishlari shart.

130. Yo‘lning 1.13 yo‘l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ishlash (stseplenie) tishlashish mexanizmi ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.

XXII. Yo‘nalishli transport vositalarining imtiyozlari

131. Tramvay yo‘li chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib o‘tadigan bo‘lsa, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylaridan tashqari).

132. Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1- 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan bo‘lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.

Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan bo‘lak qatnov qismining boshqa bo‘laklaridan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu bo‘lakka qayta tizilishlari kerak.

Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.

133. Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o‘zlariga yo‘l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.





Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish