T/r
|
Ko’rsаtkichlаr
|
Mе`zоnlаr
|
Bаhоlаsh mеzоni
|
5
|
4
|
3
|
2
|
|
1.
|
Dаvlаt tа`lim stаndаrtlаridаn kеlib chiqib, dаrslаrdа 95% gаchа qаtnаshgаn, mа`ruzа mаtnini yozgаn, o’quv qurоllаri to’lа bo’lgаn, аdаbiyotlаrdаn fоydаlаnishni bilgаn.
|
|
|
3
|
|
|
2.
|
Undаn tаshqаri, o’quv ko’rgаzmаli qurоllаrdаn fоydаlаnа оlаdigаn, оlgаn bilimlаrini хаlq хujаligidаgi o’rnini to’g’ri tushungаn, mustаqil fikrlаsh, оlgаn bilimlаrini tushuntirib bеrа оlаdigаn.
|
|
4
|
|
|
|
3.
|
Undаn tаshqаri, оlgаn bilimlаrini ishlаb chiqаrishdа qo’llаy оlаdigаn, ushbu fаnni bоshqа fаnlаr bilаn bоg’lаy оlаdigаn mustаqil ish, vаzifа vа yangilik kiritishgа intilgаn, har jiхаtdаn bоshqа o’quvchilаrgа o’rnаk bo’lаdigаn.
|
5
|
|
|
|
|
4.
|
Yuqоridаgi shartlаrni
50-60%ni bаjаrishdа qiynаlgаn o’quvchilаr qo’shimchа vа qаytа tоpshirgаn.
|
|
|
|
2
|
3-4
|
Аmаliyot bоshidаgi sаvоllаr
Kompyuterda ishlashda nimalarga etibor berish kerak?
- Kompyuterda foydalanishi?
- Taxrirlash Suratlarni?
- Bo’limlari Adobe phoshopning?
- Ishni Boshlashdan oldin nimalar qilinadi?
- Vektrlar nechta?
2.4.Bo’lim. Yo’riqli va yo’riqli-texnologik xaritalar
Yozma ko’rsatma berish hujjatlari ishlab chiqarish jarayonida keng qo’llaniladigan muxim metodik vosita. Yozma yo’l-yo’riq berish mustaqillik, o’z-o’zini nazorat qilish malakalarining rivojlanishiga imkon beradi, mehnat unumini oshiradi, o’quvchilarda zamonaviy texnologiya haqida tug’ri tasavvur hosil qiladi, ularning tez sur’atlarda kasb o’rganishlariga yordam beradi, muxandis-pedagogning o’quv-ishlab chiqarish jarayoniga raxbarlik qilishini osonlashtiradi.
Yo’l-yo’riq matariali professional ta’lim muassasasida bevosita ish o’rnida va korxonadagi ishlab chiqarish sharoitida o’rganishi mumkin. O’quv amaliyotining barcha davrlari va turlarini qamrab oladigan yo’zma yo’l-yo’riq berish va uni qo’llash tizimini yaratish kerak bo’lib, bu kasb-hunar maktabi ustaxonalarida ham o’quv mashq topshiriqlari berishdan va mehnat taqsimoti bilan o’quv-ishlab chiqarish ishlar majmuasidan iborat bo’lishi kerak.
Yozma yo’l-yo’riq didaktik talablarga javob bersa va uni o’quv amalayotining boshqa usullari bilan birga qo’shib qo’llanilsagina uning samaradorligi yanada ortadi.
Yozma yo’l-yo’riqning hujjatlari uslub va mazmun jihatidan turlicha bo’lishi mumkin, lekin tuzilishi jihatidan oddiy, ya’ni aniq, tushunarli, qisqa, texnik savodli bo’lishi kerak. Unga ko’rgazmalilik na’munalari, fotosuratlar, rasmlar, chizmalar singari turlarini kiritish kerak.
Yozma yo’l-yo’riqni ishlab chiqayotganda ishlab chiqarish ta’limi dasturini davrlar bo’yicha taxlil qilib chiqish va yo’l-yo’riq xaritalari tuzish uchun kerakli operatsiyalar va ish turlarini ajratib ko’rsatish, har qaysi mashqning bajarilishi tartibini belgilash, ishlov berish texnologiyasini va ishlash yo’llarini tushuntiruvchi surat-rasmlar tanlash, ishlatiladigan xaritalar turlarini belgilash kerak.
Xaritalarda mashq va ishlarning bajarilishi ketma-ketligi, mehnat harakatlarini, operatsiya va ishlarni nazorat qilishni bajarish metodlarining harakteri va hususiyatlari ko’rsatilishi kerak. Ta’lim berishda yozma yo’l-yo’riqning quyidagi turlarini qo’llash mumkin: yo’l-yo’riq xaritalari; yo’l-yo’riq texnologik xaritalari va ko’p uchraydigan xatolar xaritasi.
Yo’l-yo’riq xaritalari
Yo’l-yo’riq xaritalari o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi, lekin ba’zi hollarda o’quvchilarning o’zlari darsda muxandis-pedagogning raxbarligida yoki uy vazifasini bajarish tarzida mustaqil ishlab chiqsalar ham bo’ladi. Biroq muxandis-pedagog bular bilan cheklanib qolmasligi kerak, u yozma yo’l-yo’riqlarning o’z majmuasini tuzib olish ham mumkin. Yo’l-yo’riq xaritalar oddiy operatsiyalarni bajarish uchun ishlab chiqiladi va turlicha ko’rinishda bo’lishi mumkin. Yo’l-yo’riq xaritasida muayyan ishining, mashqning qanday ketma-ketlikda ekanligi yoki ma’lum qoida va ko’rsatmalarga rioya qilish shartligi haqidagi yo’l-yo’riq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Yo’l-yo’riq texnologik xarita
Yo’l-yo’riq texnologik xarita o’quv yoki texnologik operatsiyalar va ishlarni bajarishning kerakli ko’rsatmalari va talabalarni o’z ichiga oladi. Texnologik xaritada ishlov berish ketma-ketligi, texnologik va texnik talablar hamda ishlatiladigan asboblar albatta ko’rsatilishi kerak. Yo’l-yo’riq texnologik xaritada mehnat xavsizligi qoidalari va xokazolar bo’lishi mumkin. Yo’l-yo’riq texnologik xaritalardan foydalangan holda dars o’tkazish yuqori samara beradi. Chunki o’quvchilar o’z o’rinlarida ana shunday xaritalarga ega bo’lib, mashqlar jarayonida istagan paytlarida xaritaning yo’l-yo’riq ko’rsatmalariga murojaat qila oladilar va muxandis-pedagogning yordamisiz mashqni tug’ri davom ettiraveradilar
Do'stlaringiz bilan baham: |