O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv xamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 219,47 Kb.
bet2/33
Sana31.12.2021
Hajmi219,47 Kb.
#243967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
kurs ishi Otajonov F.

3.Xulosa va takliflar

29

4.Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati

30

Ilovalar





KIRISH

Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatishning barcha sohalariga joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda o‘z vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi.

Bu borada erishilgan natijalarga qaramasdan, axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmog‘ini shakllantirish uchun mamlakatning fan va ta’lim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti.

Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez o‘sishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti.

AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiladi.

AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida:

Professional ta’limning maqsadi va vazifalari

Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida ta’lim olishga bo’lgan talablarini qondirish professional ta’limning maqsadi hisoblanadi.

Quyidagilar professional ta’limning vazifasi hisoblanadi:

Ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo’lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo’lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassislarga bo’lgan talablarini qondirish;

Mehnat faoliyatida zamonaviy axborat-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash;

Mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o’quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg’unlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari hamda o’qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish

Ta’lim olish bilan birgalikda o’quvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida o’z biznesini tashkil etish yuzasidan metodik qo’llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;

Mamalakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o’stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o’quv jarayoniga innovatsiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo’llab, professional ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro hamkorligini ta’minlash;

Shaxslarning professional ta’lim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik bo’yicha bilim olish, shuningdek, shaxslarning “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan o’tish imkoniga ega bo’lish sharoitlarini yaratish;

Professional ta’lim olish orqali shaxsning intellectual, madaniy va ma’naviy rivojlanishiga bo’lgan individual ehtiyojlarini qondirish, o’quvchilarda vatanparvarlikni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularda mas’uliyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish

1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va “O‘zbektelekom” AKning Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazini (keyingi o‘rinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, Innovatsiya markazi axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Innovatsiya markazi rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi.

3. Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar va oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o‘zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashki bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko‘maklashish;

oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining “axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini ta’minlashda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan “start-ap” loyihalarini amalga oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan ishtirok etish;

qisqa muddatli va o‘rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yo‘li bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;

yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojatnomasida shunday degan edi.

O’g’il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o’rgatish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro’yobga chiqarishda ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Buning uchun professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondoshuvlar asosida islox qilinadi.

Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida

2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini islox qilish bo’yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standartlar tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashmaganligi, o’quv jarayoniga O’zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to’laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o’rin egallashlariga to’sqinlik qilmoqda.

Professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajiriybalar asosida takomillashtirish, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlari joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni jalb qilish maqsad qilingan maqsadida:



  1. 2020-2021 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standartlar tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etilsin

  2. Quyidagilar:

Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalar ro’yxati 1-ilovga muvofiq;

Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro’yxat 2-ilovga i;

Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari xuzuridagi faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari ro’yxati 3-ilovga muvofiq tasdiqlansin


Download 219,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish