3. SHAXSI UMUMLASHGAN GAPLARNING STILISTIK
XUSUSIYATLARI
SHaxsi umumlashgan gaplar ham shaxsi aniq va shaxsi noaniq gaplar singari
bilan tarkibli gaplarning egasi topiladigan guruhida qaraladi. Ammo uning ma`lum
farqlari ham bor. Birinchi farq semantik jihatdandir. Agar bir tarkibli gaplarning
avvalgi ikki turining birida grammatik jihatdan shakllanmagan ega mazmunan aniq
bilinib tursa yoki noaniq bo‘lsa, shaxsi umumlashgan gap mazmunan ko‘pchilikka,
umumga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. «Bosh bo‘lagidan anglashilgan harakat
umumga qaratilgan gaplar hamda odat tusiga kirgan yoki takrorlanib turadigan
harakatni ifoda qiluvchi gaplar shaxsi umumlashgan gaplarni tashkil qiladi».
42
Bu
tip gaplardan mazmunan nasihat, hikmatlilik ottenkalari anglashilib turishi ham
ularning semantik o‘ziga xosliklaridir. «Bunda umumga qaratilgan hayotiy
xulosalar, uzoq asrlik hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, mehnat yakunlari,
umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi».
43
Grammatik jihatdan bir tarkibli gaplarning boshqa tiplariga aynan mos
keladi – ega grammatik jihatdan ifodalanmaydi. Ayni paytda, bir tarkibli
gaplarning ushbu turi o‘ziga xos bo‘lgan stilistik xususiyatlarga ham ega. Ushbu
bobda ana shular haqida mulohaza yuritiladi.
Bu gaplarning stilistik xususiyatlari haqida gapirganda ularning semantik va
grammatik xususiyatlariga tayanilgan holda fikrlashga to‘g‘ri keladi. CHunki bu
har uch holat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va bu holatlar yaxlitlikda tahlil
etilgandagina shaxsi umumlashgan gaplar to‘g‘risida asosli xulosalar chiqarish
mumkin bo‘ladi.
YUqorida bayon qilingan qisqacha izohlardan ham anglab olish mumkinki,
shaxsi umumlashgan gaplarni ma`lum bir voqelik haqida axborot, ma`lumot berish
42
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: Фан, 1974. –Б.145.
43
Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1978, -205.
65
doirasida chegaralab bo‘lmaydi, ya`ni umumlashgan mazmunan informatsion
xarakterda emas. Ular egasi topiladigan gap doirasidagi boshqa gaplardan farqli
o‘laroq o‘zida, ta`kidlanganidek, maslahat, nasihat, da`vat singari qo‘shimcha
ma`no ottenkalarini tashiydi. SHu bilan semantik-stilistik jihatdan alohidalik kasb
etadi. Bu borada A.M.Peshkovskiy muhim bir gapni aytgan ekan: «Bunday
paytlarda bog‘lanishning umumlashgan formasi chuqur hayotiy va adabiy
qiymatga ega bo‘ladi. U bir shaxsni umum bilan, sub`ektiv holatni ob`ektiv holat
bilan biriktiruvchi ko‘prikdir. Biror kechinma qancha intim bo‘lsa, uni ommaga
bayon qilish qancha qiyin bo‘lsa, uni umumlashtirish ehtiyoji shunchalik kuchli
bo‘lib, kechinma hammaga, jumladan tinglovchiga ham ko‘chiriladiki, bu paytda
xabar birlik shaxs formasidagiga qaraganda ancha ta`sirchan bo‘ladi».
44
Bu gaplarning sanab o‘tilgan boshqa bir tarkibli gaplar bilan umumiy jihati
ularning tarkibiga ham ega kiritilsa, mazmunga putur etadi. Ana shu mazmundagi
g‘alizlikni biz stilistik g‘alizlik deb tushunamiz.
Bu tip gaplar strukturasidagi kesimning 2-shaxs ko‘rsatkichlari bilan
shakllanishi ularning grammatik o‘ziga xosligi bo‘lib hisoblanadi va stilistik
xususiyatlarini belgilashda ham o‘lchov vazifasini o‘taydi. Unda zamon ham
umumiy bo‘ladi. Ammo I.Rasulov ularda nutqda bosh bo‘lagi 1- va 3- shaxs
shakllari bilan ifodalangan tiplari ham ancha keng qo‘llanishini aytgan.
SHaxsi umumlashgan gaplar umumga, ko‘pchilikka, barchaga qaratilgan
bo‘lishi yuqorida aytildi. Mana shu fikrning o‘zi bu tip gaplarning dialogik nutqqa
xos emasligini, uning monologik, minbar xarakterini ko‘rsatadi. Barcha kuch va
Do'stlaringiz bilan baham: |