deyilganda, da`vat butun xalqqa qilingan murojaat sifatida qabul qilinadi. Mana
66
yig‘im-terimiga qaratilishi zarur, degan ma`no kelib chiqadi. Ikkinchidan esa, biz
degan so‘zning qo‘llanilishi bilanoq chegaralanish sodir bo‘ladi. Murojaat
barchaga emas, ko‘pchilikning, ommaning ma`lum qismigagina qaratilgan bo‘ladi:
boshqalarning yumushlari ko‘p, ammo biz e`tiborimizni paxta yig‘im-terimiga
qarataylik, degan fikr kelib chiqadi. Nutq faqat auditoriyadagi kishilarning
o‘zigagina qaratilgan bo‘lib chiqadi. O‘qituvchilik va murabbiylik kasbini
qadrlaylik! – Biz o‘qituvchilik va murabbiylik kasbini qadrlaylik! misolida ham
biz
ning qo‘llanishi bir tarkibli va ikki tarkibli gaplar o‘rtasidagi stilistik farqlari
namoyon bo‘lgan. Birinchi gap haqiqiy ma`noda shaxsi umumlashgan gap –
murojaat ommaga qaratilgan. Ikkinchisida chegaralanganlik mavjud. Biz
deyilganda muallifning o‘zi o‘qituvchi va murabbiy ekanligini ham, boshqa
sohadagi kishining o‘z hamkasblariga qarata o‘qituvchi va murabbiylarni
qadrlashga da`vat qilayotganini ham anglashimiz mumkin. Buni suhbat jarayoni,
matn hal qiladi. Qanday hal etilishidan qat`iy nazar bu erda ham gap tarkibiga biz
ning kiritilishi gapning ifoda mazmunini o‘zgartiradi.
Ushbu tip gaplarning hikmatlilik, aforistik xarakteri asosiy semantik belgi
sanalar ekan, shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar o‘zbek tilidagi maqollarni ana
shu guruhga kiritadilar: Etti o‘lchab, bir kes. Avval o‘yla, keyin so‘yla. O‘ynab
gapirsang ham, o‘ylab gapir. Dehqon bo‘lsang kuz hayda, kuz haydamasang, yuz
hayda. Dindan chiqma, dindan chiqsang ham eldan chiqma kabi.
Ammo bu o‘zbek xalqining barcha maqollarini shaxsi umumlashgan gaplar
qatorida qarash kerak, degani emas. Masalan, Aytilmagan erga yo‘nilmagan tayoq.
Avval taom, ba`daz kalom. Arslonning o‘ligi – sichqonning tirigi. Arg‘amchiga qil
quvvat. Bedaning uyi yo‘q, qayga borsa bitbildiq. Bir boshga bir o‘lim singari
aforistik xarakterdagi jumlalarni bir tarkibli shaxsi umumlashgan gaplar qatoriga
kiritib bo‘lmaydi. SHunday ekan, halq maqollari, hikmatli gaplari, aforistik
jumlalarining bir qismini – umumga murojaat tarzida shakllanganlarini kiritish
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
67
Maqollar va aforistik xarakterdagi gaplar tabiatan so‘zlashuv va badiiy-
publitsistik uslublarga xosligini ta`kidlash lozim. Buning aksicha, ilmiy va rasmiy
uslublar ular kamdan-kam holatlarda kuzatiladi.
Maqollar tarkibidagi fe`l hech qachon ko‘plik shaklida bo‘lmaydi.
SHaxsi umumlashgan gap tarzida shakllangan maqollarning aksariyatida ega
Do'stlaringiz bilan baham: