XULOSA
Sodda gaplarning struktural jihatdan alohida ko‘rinishlari sanaladigan egasi
topiladigan gaplar, o‘z navbatida, ularning shaxsi aniq, shaxsi noaniq va shaxsi
umumlashgan turlarini tadqiq etish nihoyasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Ma`noning to‘la ifodalanishi talabi nuqtai nazaridan grammatik jihatdan
to‘laqonli, ya`ni undagi struktur asoslarning barchasi mavjud bo‘lishi kerak
bo‘lgan gaplar ayrim holatlarda shu talablarga javob bermagan holda, aytaylik, ikki
tarkibli gaplar bir tarkibli gaplar tarzida shakllanadi. Ishimiz yakunida buning
sabablari quyidagilar ekanligi ma`lum bo‘ldi:
- bir tarkibli gaplar tejamkorlik tamoyiliga asosan yuzaga keladi. Bu tejash
ega anglatadigan ma`noni kesimning shaxs-son ko‘rsatkichlari o‘z zimmasiga
olganligi bilan izohlanadi.
-bir tarkibli gaplar modallik, asosan sub`ektiv modallik talabi bilan paydo
bo‘ladi.
2. Bir tarkibli gaplar bilan ikki tarkibli gaplar o‘rtasidagi farqlar shunchaki
shakldagina namoyon bo‘lmaydi. Gap tarkibida eganing yoki kesimning
ifodalanmayotganligi ularning farqini ko‘rsatuvchi tashqi belgilaridir, xolos.
Ularning o‘zaro farqidagi eng muhim jihat gaplarning mazmuni va ifodadagi
stilistik farqlaridadir.
3. Ikki tarkibli gaplarni bir tarkibli gaplar tarzida qo‘llash muayyan nutqiy
qulayliklarga ega va bu qulayliklar stilistik ottenkalar ifodasi tarzida namoyon
bo‘ladi. Ammo bir tarkibli gaplar mazmunidagi stilistik nozikliklarni alohida
olingan gap orqali anglash hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydi. Ularning
ma`nolari mikromatndan, ba`zan bu gapdan oldingi, ba`zan keyingi gaplar bilan
birgalikda olinganda tushuniladi.
4. Nutqda biron bir til elementi bekorga qo‘llanilmagani kabi, uning katta
birligi sanaladigan biron bir gap ham ma`lum ko‘rinishda shakllantirilmaydi.
Jumladan, shaklan bir-biridan farq qiladigan ko‘rinishlari nutqda bekordan bekorda
78
ikki xil tarzda namoyon bo‘lmaydi. Sodda gaplarning bu turlarini stilistik aspektda
tahlil qilish ulardagi ifoda farqlari nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
5. eganing gapda ifodalanmaslik sabablari bor va bu sabablar faqatgina
grammatik ma`no doirasi bilan chegaralanmaydi, balki insonlar muloqotining
murakkab jarayonlarini o‘zida aks ettiradigan stilistik ottenkalar bilan ham bog‘liq
bo‘ladi. Jumladan:
- tildagi tejamkorlik tamoyilining nutqiy jarayonga bo‘lgan ta`siri;
-gapdagi eganing bajarayotgan vazifasini kesimdagi shaxs-son ko‘rsatkichi
o‘z zimmasiga olishi;
- tildagi tejamkorlik talabining aksi bo‘lgan nutqiy ortiqchalik tamoyili bilan
bog‘liqligi;
-bir tarkibli gaplarda undalmalarning ishtirok etishi va hokazo.
6. egasiz gaplar, egasiz gaplarning egasi topiladigan gaplar guruhiga
kiradigan shaxsi aniq gaplarning farqlanishida ham gaplarning struktural asosi
o‘lchov vazifasini o‘taydi. Bir tarkibli gaplarni ikki tarkibli gaplardan farqlash
tamoyili shaxsi aniq gaplarga nisbatan ham amal qiladi.
7. SHaxsi aniq gaplarda kishilik olmoshlari ataylab qo‘llanilmaydi. SHunga
qaramasdan, gapning mazmunini to‘liq anglab etish mumkin bo‘ladi.
8. Bir tarkibli gaplarning shaxsi noaniq turida eganing qo‘llanmasligi ba`zan
gap muallifining voqelikka su`bektiv munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. eganing
aytilmasligi nutq ob`ektiga bo‘lgan salbiy munosabatni ifodalash vositasiga
aylanadi.
9. SHaxsi noaniq va shaxsi umumlashgan gaplarni sodda gap, uning bir
tarkibli va ikki tarkibli ko‘rinishi doirasida chegaralab bo‘lmaydi. Bu ma`nolar
qo‘shma gaplardan ham anglashilishi mumkin. Demak, bu tiplar tasnifida struktura
jihatdan mazmunning ustun bo‘lishi e`tiborga olinishi lozim.
10. SHaxsi noaniq va shaxsi umumlashgan gaplar orasiga qat`iy chegara
qo‘yib bo‘lmaydi. Ularning mazmun-mohiyati va strukturasi shuni taqozo etadi.
79
11. SHaxsi umumlashgan gaplarni bir tarkibli gaplar doirasida chegaralash
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ikki tarkibli gaplarning ma`nolari ham ba`zan umumga
qaratilgan bo‘lishi mumkin.
12. Bir tarkibli gaplar va to‘liqsiz gaplar ham ayrim o‘ziga xosliklari
bo‘lishiga qarmasdan struktural jihatdan jiddiy farqlarga ega emas. Har ikkalasi
ham tildagi tejamkorlik tamoyili asosida yuzaga keladi.
Demak, gap strukturasida bo‘ladigan har qanday o‘zgarish uning mazmuniga
ham ta`sir ko‘rsatishi haqidagi fikr bahs talab qilmasa-da, ana shu nozik farqlar
hamma vaqt ham o‘zini namoyish etavermaydi. YUqorida ko‘rib chiqqan
holatlarimiz bu nozikliklarni faqat stilistik tahlillar orqali payqash mumkinligidan
dalolat beradi.
Sodda gaplar tarkibida qo‘llanadigan ega nafaqat grammatik vazifani ado
etishi, balki stilistik ottenkalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi bir
tarkibli va ikki tarkibli gaplarning ifodada alohida xususiyatlarga ega bo‘lishini
ko‘rsatadi.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |