Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining didaktik modeli
Didaktik tamoyillar
|
Ta’lim vositalari
|
Ta’lim bosqichlari
|
O’zaro ta’sir turlari
|
Didaktik tamoyillar:
faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub’ekti sifatida hisobga olishga asoslanadi;
ko’rgazmalilik tamoyili bolalar tomonidan tevarak olamni idrok etish xususiyatlariga asoslanadi;
tushunarlilik tamoyili bolalar bilish faoliyatining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog’liq;
amalga oshiriluvchi tamoyil ta’lim jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olishni taxmin qiladi;
tizimlilik tamoyili bolaning tevarak-atrofni anglashi orqali muloqot darajasini hisobga olish bilan bog’liq.
Ta’lim vositalari: nutqiy, faoliyatli, moddiy, texnik. Bosqichlari: tanishtiruvchi, differensiatsiya, integratsiya.
O’zaro ta’sir turlari:
I-tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi - emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat uchun emotsional kayfiyat va motivatsiyani yaratish.
II-tur – ijodiy faoliyat tajribasini o’zgartirish. O’zaro ta’sirning mazkur turi ta’limning bilish jihatini, ta’lim maqsadini amalga oshirib, bolani individuallashtirishga qaratilgan.
III-tur – o’quv vazifalarini yechish mumkin bo’lgan vositalarni mustahkamlash uchun faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish. O’zaro ta’sirning bu turi ta’limning psixologik jihatiga asoslanib, rivojlanuvchi maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga yordam beradi.
IV-tur – ta’limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish sharoitlarda yo’nalish olishni yaratadi. O’zaro ta’sir mazkur turining vazifasi – mazmun va munosabatlarni anglash jarayonida bola tomonidan tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsi fikrlash sohasida “olam obrazi”ning, ya’ni “olamni bolalarcha ko’rish”ning shakllanishidan iborat.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o’zaro ta’sirning 4 ta turi faqatgina pedagog va bolalarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi va xarakterini aniqlabgina qolmasdan, balki bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni ham belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit sub’ekti sifatida pedagog va bolalar fikrlarini shakllantirish va munosabatlarini boshqarishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Uslubiy model uslubiy tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo’llarini o’z ichiga oladi (2-chizma).
2-Chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |