Ko'payish turlari klassifikatsiyasi
Jinssiz ko'payish turlari quyidagilardan iborat: Ikkiga bo'linish bitta organizmdan ikkita organizmning paydo bo'lishiga olib keladi va u prokariot va ba'zi ko'p hujayrali organizmlarda uchraydi. Masalan, meduzalarda bo'ylama, ko'ndalang bo'linish halqali chuvalchanglarda kuzatiladi.
Ko'p marta bo'linish (shizogoniya) ba'zi bir hujayrali parazit organizmlarda kuzatiladi (malyariya-bezgak-plazmodiysida).
Kurtaklanib ko'payishda ona organizmida avval bo'rtma paydo bo'ladi va keyin u o'sib kurtakka aylanadi.
Fragmentasiyada avval ona organizm ko'p bo'laklarga bo'linib ketadi va har qaysi bo'lakdan keyin mustaqil organizm shakllanadi. Bu hodisa ba'zi yassi chuvalchanglar va ignatanalilar uchun xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |