O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Sug’urta tashkilotlarining daromadi va xarajatlari



Download 305,13 Kb.
bet23/26
Sana17.04.2020
Hajmi305,13 Kb.
#45508
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
sugurta ishi-converted

2. Sug’urta tashkilotlarining daromadi va xarajatlari

Sug’urta tashkilotlari daromad va xarajatlarining muvozanati ularning barqarorligini ifoda qiladi.

Sug’urtalanuvchilar zimmalariga olgan sug’urta majburiyatlari bajarilishini ta`minlash maqsadida shaxsiy sug’urta bo’yicha bo’lg’usi to’lovlar, mulkiy va javobgarlik sug’urtasi bo’yicha zaxiralarni vujudga keltiradilar. Bu zaxiralar

musodara qilinishi mumkin emas. Sug’urtalanuvchilar soliqlar to’langandan keyin qoladigan va o’z ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlaridan o’z faoliyatlarini ta`minlash uchun zarur bo’lgan fondlar tashqil qilishlari mumkin.

Sug’urta tashkilotlarining daromadlari sug’urta tadbirlaridan daromadlar, investitsiya faoliyatlaridan va boshqa tushumlar xisobidan shakllanishi mumkin. Sug’urta to’lovlari sug’urta tashkilotlarining birlamchi daromadidir. Uning asosida sug’urta mablag’larining doimiy xarajatlari amalga oshiriladi, shu bilan birga u investitsiya faoliyatini mablag’ bilan ta`minlashining manbai xisoblanadi.

Sug’urta xarajatlariga mablag’ sarflash bilan uning ixtiyoriga daromadlarning kelib tushishi o’rtasida muayyan vaqt o’tadi. Bu vaqt davomida daromad bilan xarajatning farqidan, ya`ni daromadlarni xarajatlardan oshgan qismidan foydalanish mumkin. SHaxsiy sug’urtada zaxira mablag’lari 10 va undan ko’p davrda sug’urta ixtiyorida bo’lishi mumkin undan tashqari aloxida zaxira va rezerv fondlari shakllanadi. Demak, ular o’n yillar davomida xarakatsiz yotishi mumkin. Bu imkoniyatlar sug’urta fondidan sug’urtalovchining qarz fondini shakllantirishga, tijorat munosabatlarida qatnashishga imkon beradi.






Balans moddalarining nomi

So’mmasi

Daromadlar

1.

Sug’urta faoliyatidan




1.1

.


Sug’urta operatsiyalari bo’yicha




1.1

.1


Sug’urta shartnomalari

sug’urta badallari



bo’yicha




1.1

.2


Qayta sug’urtalash shartnomalari

asosida olingan sug’urta badallari






1.1

.3


Sug’urta rezervlarini qaytarish (Xayot sug’urtasi mol-mulk sug’urtasi

javobgarlik sug’urtasi bo’yicha).






1.2

.


Boshqa sug’urta daromadlari




1.2

.1


Moliyaviy quyilmalardan







Obligatsiya aktsiyalari

dividendlar



bo’yicha







Qushma korxonalar

birgalashib qatnashishdan



faoliyatida




II.

Sug’urta faoliyatidan

faoliyatdan



tashqari







Moliyaviy quyilmalardan







Qimmatbaxo qog’ozlar, aktsiyalar va

obligatsiyalardan olingan dividendlar






Barcha daromadlar

III. Amortizatsiya

Xarajatlar




Sug’urta ta`minoti va qoplamalarini

to’lash








Sug’urta rezervlarini to’ldirish uchun ajratmalar (Xayot, mol-mulk

sug’urtasi, javobgarlik sug’urtasi)









Ogoxlantirish tadbirlariga ajratmalar







Sug’urta badallarini qayta

sug’urtalashga joylash









Sug’urtani boshqarish







Boshqa xarajatlar







Xarajatlarning jami



Sug’urtalovchining bu mablag’lari xalq xo’jaligining xar bir tarmog’iga kredit to’g’ridan-to’g’ri berish qimmatbaxo qog’ozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.

Bundan tashqari sug’urta tashkilotlari kadrlar tayyorlash, maslaxat berish va boshqa xizmat ko’rsatishdan xam daromad olishlari mumkin.

Sug’urta tashkilotlarining xarajatlari sug’urta fondining taqsimlanishi jarayonida shakllanishi mumkin. Bu xarajatlar ikki bir-biriga bog’liq iqtisodiy jarayonga xizmat qiladi.




  1. Sug’urta bo’yicha zararlarni qoplash majburiyatlarini sug’urtalanuvchilarga to’lash.

  2. Sug’urta tashkiloti faoliyatini mablag’ bilan ta`minlash.

Xarajatlarni quyidagi moddalarga ajratish mumkin.



  1. Sug’urta qoplamalari va sug’urta ta`minotiga mablag’ ajratish

  2. Sug’urta rezervlariga mablag’ ajratish

  3. Ogoxlantirish tadbirlariga mablag’ ajratish

  4. Mablag’lardan bir qismini qayta sug’urtalashga o’tkazish

  5. Sug’urtani boshqarishga mablag’ ajratish

  6. Boshqa xarajatlar

Bu xarajatlarning xammasi sug’urta xizmatlarining tannarxini tashqil qiladi.

Tannarxni ikki guruxga bo’lish mumkin:


  1. Keng ma`nodagi tannarx

  2. Tor ma`nodagi tannarx

YUqoridagi sanab o’tilgan barcha xarajatlar keng ma`nodagi xarajatlarga kiradi. Sug’urtani boshqarish xarajatlari esa (ma`muriy) tor ma`nodagi tannarxga misol bo’ladi.

Jaxon amaliyotida sug’urtaning boshqarish xarajatlari ekvizatsion inkassa, tugallash va boshqarish xarajatlariga bo’linadi. ekvizatsion xarajatlar shartnoma tuzish maqsadlarida amalga oshiriladi. SHartnoma tuzishdan oldin tibbiyot ko’rigidan o’tish kerak. Inkassa xarajatlari sug’urta to’lovlarini to’lash bilan bog’liq bo’lib, xodimlarga mexnat xaqi sifatida beriladi. Tugallash xarajatlariga sug’urta komissiyalari va eksportlarning sug’urta xodisasi sodir bo’lgan joylarga borishlari bilan bog’liq yo’l xaqi, sud xarajatlari, aloqa xarajatlari va boshqalar kiradi. Boshqarish xarajatlari xodimlarning ma`muriy idora xarajatlaridan tashqil topadi.

Sug’urtalanuvchining daromad va xarajatlarini taqqoslab sug’urta tadbirlarining yakunlari aniqlanadi. Bu ko’rsatkich sug’urta tashkilotining barcha faoliyati va sug’urtalashning xar biri bo’yicha xisoblanadi.

Moliyaviy natija ikki ko’rsatkich bilan ifodalanadi:




  1. Sug’urtalovchining foydasi (zarari)

  2. Badallar rezervining ko’payishi.

Sug’urta tadbirlaridan olinadigan foyda sug’urta xizmatlari ko’rsatish baxosi bilan uning tannarxi o’rtasidagi farq sifatida xisoblanadi. Daromadlik darajasi rentabellik sifatida yillik foyda miqdorini yillik sug’urta badallari miqdoriga munosabati sifatida aniqlanadi.

Sug’urta tadbirlaridan olinadigan foydadan tashqari investitsiya tadbirlaridan xam foyda olinishi mumkin.

Sug’urta tashkilotining sug’urta tadbirlari va investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlari daromad solig’iga tortiladi.

Sug’urta xodisalarining tasodifiy sodir bo’lishi qulay sharoitlar va ayrim yillarda ortiqcha mablag’lardan zaxira fondini shakllantirishni taqozo etadi. Bu tadbir sug’urta tashkilotlari moliyaviy axvolini barkaror bo’lishini ta`minlaydi.

Rezerv-(zaxira) fondlarini manbai netto stavkasining ortib qolgan mablag’i bo’lib, bu qoldiq, yildan yilga ko’payib va noqulay yilda sarflash uchun to’planib boriladi. Noqulay yillarda xarajatlarning daromadlaridan ortgan qismi ana shu rezerv fondlari xisobidan qoplanadi.

Sug’urta soxasida zararning 3 xili kuzatiladi.

Birinchi xilga xar yili takrorlanib turadigan bir me`yordagi zararlar xajmi kiradi, ikkinchisiga o’rtacha zarardan ko’proq sodir bo’lgan zararlar, uchinchisiga esa ulkan sifatlar natijasida xosil bo’lgan katta miqyosdagi zararlar kiradi. Birinchi va ikkinchi xil zararlarni sug’urta tashkiloti xisobidagi zaxira fondlari xisobidan qoplansa, uchinchi xildagi zararlar esa katta miqdordagi zaxira fondini tashqil qilishni talab qiladi.

Katta miqdordagi zaxira fondlari bir necha sug’urta tashkiloti ishtirokida tashqil qilinishi mumkin. Bunday fondlarni tashqil qilishda qayta sug’urtalash

usullaridan xam foydalanish taqim qilinadi. Bundan tashqari sug’urta zaxiralarini shakllantirishda badallar rezervlardan xam foydalaniladi.




  1. Download 305,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish