Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1. Karimov I.A. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. "Ma'naviy
yuksalish yo'lida" kitobida, Toshkent, "O'zbekiston",1998, 5 - 10 - betlar.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'limning davlat
ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi karori, "Ta'lim taraqqiyoti" axborotnoma-
sining 1 - maxsus soni, "Sharq", 1999, 3 - 5 - betlar.
3. Abdullayev Y.,Safarova P., Sayfullayev A., Yo'ldoshev R. Ona tili, "UO'T DTS va
o'quv dasturi" kitobida. "Ta'lim taraqqiyoti" axborotnomasining 1 - maxsus soni,
"Sharq", 1999, 46-54 - betlar.
4. Ne'matov H., G'ulomov A., Mahmudov N., Qodirov M., Abdurahimova M. Ona tili.
Umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturi. "UO'T DTS va o'quv dasturi" kitobida. Toshkent,
"Sharq" 1999, 55 - 138 - betlar.
5. Jumaxo'jayev A. Istiqlol va ona tilimiz, Toshkent, "Sharq", 1998.
6. O'zbek maktablarida ona tili o'qitish konsepsiyasi. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali,
1994, 1 - 2 - sonlari.
7. G'ulomov A., Ne'matov H. Ona tili ta'liminingmazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995.
8. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,
2006 yil
Mavzuga doir tayanch iboralar:
Tashkiliy qism
O'tilgan mavzuni so`rash
O'tilgan mavzuni yakunlash
Yangi mavzu
Yangi mavzuni mustahkamlash
Vazifa berish
DARS TIPLARI
REJA:
1. Har bir darsning o'z oldiga maqsad qo'yishi va shunga ko'ra uning ko'rinishlari.
2. Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashga asoslangan darslar.
3. Avval o'rganilgan bilimlarni takrorlash va malaka hosil qilishni ko'zda tutgan darslar.
26
4. Egallangan bilim va malakalarni sinash-tekshirishni ko'zda tutgan darslar.
5. Olingan bilimlarni umumlashtirish-sistemalashtirishni ko'zda tutgan darslar.
1. Har bir darsning o'z oldiga maqsad qo'yishi va shunga ko'ra uning ko'rinishlari.
Dars o'quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishda yetakchi shakl hisoblanadi. Ona tili
mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil etish, dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish darslarning
samaradorligini oshirishda muhim omillardandir. Dars ijodiy jarayon. Darslarda o'quvchilarning
ijodiy faoliyatini qancha taraqqiy ettirilsa, ular o'z oldiga qo'yilgan aqliy vazifalarni shuncha
qiynalmasdan bajaradilar.
Ta'lim jarayonida maqsadning turli ko'rinishlari qo'llaniladi. Ya'ni darsning ta'limiy maqsadi,
tarbiyaviy maqsadi.
2. Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashni ko'zda tutgan darslar.
Keyingi paytlarda dars va uning tashkiliy tuzilishlarida katta o'zgarishlar yuz berdi. Juda
ko'p olimlar, metodistlar, ilg'or o'qituvchilar mahalliy va markaziy matbuot sahifalarida dars
ko'rilishini takomillashtirish, ta'limda o'quvchilarning ijodiy faolligini oshirish to'g'risidagi g'oyat
qimmatli fikrlarini bildirmoqdalar. Ochil Roziqovning "Dars tiplari" kitobida muallif o'zining
kuzatishlari asosida darslarni tashkil etishning turlicha usullarini ko'rsatadi."O'qituvchi" nashriyoti
tomonidan chop etilgan bu kitobda dars tiplarini to'rt turga bo'linadi. Bular:
1. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari.
2. O'tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari.
3. Bilim va malakalarni tekshirish darslari.
4. Bilim va malakalarni sistemalashtirish darslari.
Yangi bilimlarni o'rgatishda tilga oid nazariyalar, asosan, ikki xil yo'l bilan o'rgatiladi:
a) yangi bilimlarni deduktiv yo'l bilan o'rgatish;
b) yangi bilimlarni induktiv yo'l bilan o'rgatish;
Yangi bilimlarni bayon qilishda o'tgan darslarga taqqoslash usuli ham qo'llaniladi.
Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash ko'p jihatdan o'qitish metodlaridan samarali
foydalanishga ham bog'liqdir. Yangi bilimlarni o'rgatish metodlari uch guruhga ajraladi:
a) bayon qilish metodi;
b) suhbat metodi;
v) mustaqil ishlash metodi.
Yangi o'quv material suhbat metodida o'rgatilganda, o'qituvchi va o'quvchi bir necha
bosqichlarni bosib o'tadi.
1-bosqich: o'qituvchi kuzatish uchun mavzuga oid aniq dalillarni beradi, o'quvchi uni
kuzatadi.
2-bosqich: o'qituvchi bolalar kuzatgan materialni chog'lashtirishni buyuradi, o'quvchilar
qiyoslaydilar.
3-bosqich: chog'lashtirish orqali savollarga javob izlash aytiladi, o'quvchi savolga javob
izlaydi.
4-bosqich: savollarga javob talab qilinadi, o'quvchilar javob qaytaradilar.
5-bosqich: juz'iy xulosalarni sintezlash buyuriladi, bolalar umumiy xulosalar chiqaradilar.
6-bosqich: xulosalarni darslikdagi qoidalarga taqqoslashni buyuriladi, bolalar taqqoslash
orqali o'zlari chiqargan xulosaning yutuq va kamchiliklarini anglaydilar.
7-bosqich: o'qituvchi bolalar chiqargan xulosani to'ldiradi, o'quvchilar o'qituvchi nutqini
tinglaydilar.
8-bosqich: o'qituvchi o'rganilgan qoidaning amaliy qo'llanilishini o'rganishga undaydi,
o'quvchilar turli topshiriqlarni bajarish yo'li bilan o'rganilgan u qoidani mustahkamlaydilar.
Bayon qilish metodi suhbat metodiga nisbatan boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi.
1-bosqich: o'qituvchi kuzatish uchun material beradi, bolalar uni kuzatishadi.
27
2-bosqich: kuzatilgan dalillarni tahlil qila turib, qoidalarni tushuntiriladi, bolalar
tinglaydilar.
3-bosqich: o'rganilgan materialning puxtaligini bilish uchun savollar beriladi, o'quvchilar
javob qaytaradilar.
4-bosqich: o'qituvchi mavzu yuzasidan xulosa chiqaradi, bolalar tinglashadi.
5-bosqich: o'qituvchi topshiriqlar beradi, bolalar topshiriqni bajarish yo'li bilan mavzuni
mustahkamlaydi.
Mustaqil ishlash metodining ham uziga xos bosqichlari mavjud:
a) o'quvchilarni qo'yilgan masalani o'rganishga tayyorlash;
b) darslik va boshqa o'quv qo'llanmalari ustida ishlash uchun yo'llanma berish;
v) mustaqil ishlash;
g) bajarilgan ish ustida suhbat o'tkazish;
d) yakuniy xulosa chiqarish;
ye) o'rganilgan qoidalarni amaliy qo'llash ustida ishlash.
3. Avval o'rganilgan bilimlarni takrorlash va malaka hosil qilishni ko'zda tutgan
darslar.
Ona tili darslarining puxta chiqishi o'qituvchining takrorlash darslarini to'g'ri tashkil qilishga
bog'liq. Bunday darslarda o'quvchi oldin o'rganilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik
qoidalarga takroriy kaytadi.
Takrorlash maqsadiga ko'ra olti xil bo'ladi:
1. O'quv yili boshidagi takrorlash o'quvchilarning oldingi o'quv yilida o'rganilgan bilimlari
asosida tashkil etiladi. Bu xil takrorlash orqali oldingi sinflarda o'rganilgan bilimlar esga tushiriladi.
Yangi dasturlarda takrorlash uchun maxsus o'quv soatlari ajratilgan, darsliklarga esa takrorlash
uchun maxsus mashqlar kiritilgan.
2. O'quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash. Bu xil takrorlash vositasida o'quvchilarning
bilimlaridagi nuqsonlar tugatiladi, mavzular yuzasidan umumiy va yakuniy xulosalar chiqariladi.
3. Oldin o'rganilgan bilimlarni o'quvchilar esiga tushirish uchun takrorlash. Bu xil takrorlash
yangi mavzuni o'rganishga tayyorlash bosqichi sanaladi.
4. Darsda o'rgatilgan yangi materialni takrorlash. Bu xil takrorlash vaqt nuqtai nazaridan
yangi o'quv materiali o'rgatilgan zahotiyoq tashkil etiladi. O'quvchilar yangi bilimlarni esga
tushirib, til dalillari ustida faoliyat ko'rsatadilar. Takrorlashning bu turi mustahkamlashning bir
ko'rinishidir.
5. O'zbek tilida katta mavzu, bo'lim o'tilgach, o'tkazilgan takrorlash. Bu xil takrorlash o'quv
materialini atroflicha o'zlashtirish, ma'lum mavzu doirasida tushuncha hosil qilish, o'quvchilarning
bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi.
6. Ma'lum bir o'quv material o'rganilgach, kelgusi o'quv soatida o'tkazilgan takrorlash.
4. Egallangan bilim va malakalarni sinash-tekshirishni kuzda tutgan darslar.
Bilim va malakalarni tekshirish ona tili darslarining eng ahamiyatli qismlaridan hisoblanadi.
Bunday darslarda o'quvchining bilim va malakalarni qay darajada egallaganliklari aniqlanadi,
o'tilgan mavzular bo'yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilanadi, o'quvchilarga o'z
bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko'rsatiladi.
Bilim va malakalardagi yetishmaydigan narsalarni anglash, nuqsonlarni faxmlash bolalarga
o'z mehnatining natijasi-ni to'g'ri baholashga imkon beradi. Bunday darslar o'quvchilarning savod
madaniyatining rivojlanishiga, qo'shimchalar, qo'shma so'zlar, bosh va kichik harflar imlosi
yuzasidan bilim va malakalarning oshishiga olib keladi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari maktab dasturi doirasida o'rganilgan bilimlar, hosil
qilingan malakalar asosida tashkil etiladi. Masalan: 5-sinflarda "Ko'chirma gap va unda tinish
belgilarining qo'llanishi" to'la o'rganilib chiqilgach, oldingi bilimlarni tekshirish uchun tekshiruv
28
diktanti olinadi. Bunda tanlangan matnda ko'proq ko'chirma gaplar qatnashgan bo'lib,
o'quvchilarning mavzu yuzasidan kay darajada bilimga ega bo'lganligi olingan diktant natijasida
aniq bo'ladi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari ikki tur bo'ladi:
a) sinash darslari;
b) tekshiruv darslari.
Sinash-tekshirish darslari uchun bir soat vaqt ajratiladi.
Ba'zan tekshirish darslari o'tkazishga ikki-uch soat vaqt ajratiladi.
Bular tekshiruv diktanti, insho va bayonlardir.
Tekshiruv diktantlarda, avvalo, ko'pgina imlo qoidalariga nazar solinadi. Diktantda yo'l
qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun mashg'ulotlar o'tkaziladi. Demak, tekshiruv diktant ta'limiy
hamdir.
Izohli yozuv, ta'kidiy va izohli diktant, lug'at diktant, tekshiruv diktantlarda matn
o'zgartirilmay yoziladi. Saylanma diktant, erkin diktant, ijodiy diktant vaqtida esa matn ma'lum
o'zgarish bilan yoziladi.
Diktant o'quvchilarning grammatikadan qanchalik ongli bilim olganligini namoyish etadi,
savodxonligini oshiradi va yozuv malakalarini puxta egallashga undaydi.
Tekshiruv diktanti faqat malakalarni emas, balki grammatik bilimlarni ham tekshirish
usuliga aylantirish mumkin. Buning uchun o'tkazilgan matn yuzasidan qo'shimcha grammatik
vazifalar belgilanadi. 1-2 ta topshiriq beriladi. O'quvchilar topshiriqni diktant matni tagiga
bajarishadi.
Diktantni baholashda, topshiriqlarning bajarilishini ham hisobga olinadi. Bilim va
malakalarni tekshirish darslarining ikkinchi turi sinash darslaridir. Biror bo'lim yoki mavzuni o'tib
tugallangandan keyin sinash darslari o'tkaziladi. Sinash darslari turlicha bo'ladi:
a) so'rovnoma savollari berish;
b) topshiriqlar bajarish;
v) hozirda an'anaga aylantgan "test" mashg'ulotlarini o'tkazish.
So'rovnoma savollari berishda bo'lim yoki mavzu yuzasidan bir necha savollar tuziladi va
o'quvchilarga tarqatiladi. Bolalar savollarga javob yozib, so'rovnomani to'ldiradilar.
Topshiriqlar bajartirish usuli bilimlarni sinash darslarining asosini tashkil qiladi.
5.Olingan bilimlarni umumlashtirish-sistemalashtirishni ko'zda tutgan darslar:
Olingan bilimlarni, malakalarni sistemalashtirish darslarida ma'lum mavzu bo'yicha
o'zlashtirilgan bilimlar qayta umumlashtiriladi, mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi.
Bilim va malakalarni sistemalashtirish darslarining miqdori o'rgatilgan bilimlar
mundarijasiga ko'ra belgilanadi. Sistemalashtirish va umumlashtirish darslarida mavzuni o'rgatish
paytida beriladigan savollar murakkablashtirib boriladi.
Bilim va malakalarni sistemalashtirish darsida umumlash-tiruvchi jadvallardan, turli-tuman
chizmalardan foydalaniladi.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1. Yo.G'ulomov va "O'zbek tili o'qitish metodikasi". Toshkent-1975 yil. "O'qituvchi"
nashriyoti.
2. S.Nazarova. "O'zbek tili o'qitish metodikasi". Toshkent-1992 yil. "O'qituvchi"
nashriyoti.
3. G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil.
4. Davlat ta'limi standartlari. "Ma'rifat" gazetasi. 1998 yil, 26 avgust.
29
5. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,
2006 yil
6. K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil,
2-son, 77-80-betlar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
- dars
- fakultativ mashg'ulot
- sinfdan tashqari ishlar
- darsga talablar
- noan'anaviy darslar
- darsga tayyorlanish
- zamonaviy dars
- til to'garagi
- to'garak nashri
- o'quvchilar konferensiyasi
- olimpiada
- sayohat
ONA TILI O'QITISH METODLARI
REJA:
1. O'zbek tilini o'qitishdagi muammolar.
2. Metod haqida umumiy tushuncha.
3. O'qituvchining bayoni metodi.
4. Suhbat metodi.
5. Seminar darslarni tashkil qilish.
6. Til dalillarini kuzatish metodi.
7. Mashqlar ishlash metodi. Bu metodni qo'llashda muammoli ko'rgazmalardan
foydalanish.
8. Sayohat metodi.
Ona tili darslarida o'quvchilarga beriladigan bilimlar keyingi yillarda asosan nazariy asosga
qurilayotganligi amaliy malakalarning sayozlashuviga olib kelmoqda.
Darsda asosan o'rganilayotgan qoidani yod oldirish va unga darslikdan misol keltirish va
mashq ishlash bilan cheklanilmoqda. Dars davomida faqat darslik bilan ishlanmoqda.
Oqibatda o'qituvchi darslik o'qituvchisi, o'quvchi darslik o'quvchisi bo'lib qolmoqda. Shu
sababli o'quvchilar darslikdan tashqari talablarni bajara olmayaptilar, hayotning o'zi misol va qoida
ekanligini anglab yetmayaptilar.
Shunday ekan, amaliy bilimni shakllantirish asoslarini ishlab chiqishga diqqat qaratish
lozim. Buning uchun darsda faqat mashqlar bilan cheklanmay, o'quvchilarning lug'at boyligini
oshirish, lug'at ustida ishlashga o'rgatish, ularda to'g'ri talaffuz normalarini shakllantirish hamda
fikrlash, tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berish kerak.
Hozir o'quvchilarni har bir darsda faol ishtirok etishga undovchi noan'anaviy dars metodidan
foydalanilyapti. Bu dars metodi hozirda turli joylarda o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatyapti.
Ona tili darslarida eng ko'p qo'llanadigan metod o'qituvchining bayoni metodi hisoblanadi.
Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o'quvchilarga oldindan ma'lum bulmagan mavzular
izohlanadi. Shuningdek, grammatik ta'rif mohiyatini tushuntirish, o'quvchilarga qo'shimcha
ma'lumot berish, ularning savollariga javob berishda bayon metodidan foydalaniladi.
30
Ona tilidan o'rganiladigan material o'quvchilarga qisman oldingi sinfda tanish bo'lsa yoki
yangi mavzu biror tomoni bilan oldin o'tilgan materialga bog'lansa, darsda suhbat metodidan
foydalaniladi.
Suhbat o'quvchilar faolligini oshiradi. Ular o'qituvchi rahbarligida berilgan dalillarni
kuzatadilar, o'zaro qiyoslaydilar va muhokama qiladilar, so'ng umumlashgan xulosa chiqaradilar.
Suhbat o'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirishda muhim omillardan biridir.
Suhbat 3 xil bo'ladi: axborot xarakteridagi suhbat, evristik suhbat, o'tilgan temani
mustahkamlash maqsadida o'tkaziladigan suhbat.
O'tilganlarni mustahkamlash darslarida ko'proq bir bo'lim o'rganilsa yoki chorak yakuni, yil
yakunida, ko'proq o'quvchilarning o'zlari ishlagan holda darslarni tashkil qilinadi. O'tilganlarni
mustahkamlash maqsadida test savollarini yechish ham aytiladi.
Yil yakunidagi takrorlash darsida deyarli barcha o'quvchi test savollari va o'zaro savollar
tuzadilar. Dars yanada jonli, qiziqarli chiqadi.
Til dalillarini kuzatish metodida grammatika, orfografiya yozuvchi tilini o'rganishda ko'p
foydalaniladi. Til faktlarini tahlil qilinganda, uch yo'nalish asos qilib olinadi.
1. Til dalillarini kuzatish.
O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar til hodisalarining biror tomoni bo'yicha muayyan reja
asosida kuzatish ishlari olib boradilar.
Mashqlar metodi.
O'quvchilarning ona tilidan olgan bilim-malakalari turli mashqlar orqali mustahkamlanadi.
Natijada o'quvchilar:
a) bilimlarni ongli o'zlashtira boradilar;
b) bilimlarni amalda qo'llay oladigan bo'ladilar;
v) fikrlash malakalari ham orta boradi, mashq davomida til dalillarini ko'proq kuzatadilar,
solishtiradilar, umumlashtira-dilar;
g) o'z nutq madaniyatini takomillashtirish imkoniga ega bo'ladilar.
Mashqlar o'quvchilarning anglash va bora-bora o'quv faoliyatlarini yaxshilaydi: ayrim
dalillarni yodlab olish yo'li bilan ham puxta o'zlashtira boshlaydilar. Shunday ham bo'ladiki, ko'p
yozish yo'li bilan ko'p yozish tufayli o'quvchida ayrim so'z shakllarini yoki tinish belgilarini to'g'ri
qo'llab ketaverish ko'nikmasi shakllanib qoladi.
Mashqlar qat'iy bir tizim asosida o'tkaziladi. Dastlab, o'quvchilar matn ustida ishlaydilar,
so'z va gaplarni guruhlaydilar. Bular grammatik shakllarni anglash mashqlari hisoblanadi.
Maktablarda bunday mashqlarning misollar tanlash, chizmalar ustida ishlash, matnni shaklan
o'zgartirish kabi turlari o'tkaziladi.
"Sayohat" metodi.
Sayohat metodi ko'proq tarix, geografiya, biologiya, adabiyot fanlarida ko'proq qo'llanib,
ona tili o'qitishda nisbatan oz qo'llansa ham mohiyat e'tibori bilan ona tili o'qitishda o'ziga xos o'rin
tutadi.
Sayohat ko'proq insho yozish uchun material beradi, shuning uchun o'quvchi, masalan,
muzeyda insho mazmuniga mos bo'lgan predmet va uning belgilariga alohida e'tibor beradilar, ana
shu tushunchalarni ifodalovchi so'zlarni yozib olish lozim.
5-sinf o'quvchilari bilan "Shevaga xos so'zlar" mavzusini o'rganishda sayohat metodidan
foydalanish mumkin.
Har bir o'quvchi bilan alohida ishlash natijasida o'rganilganlarni ko'proq takrorlash va
mustahkamlash mumkin bo'ladi.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
31
1. Tolipov M., Xudoyberganov Sh., Abduqodirov R. Hozirgi zamon darsining didaktik-
uslubiy masalalari. Toshkent, "Tafakkur", 1998 yil.
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning yo'nalishlari, muammolari va yechimlari.
Toshkent, 1999 yil.
3. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,
2006 yil
4. I.Holmurodov. Ona tili fani bo'yicha o'quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini
shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar.
5. M.Ahmedova. O'zbek tilini o'qitishda kompyuterdan foydalanish. «Til va adabiyot
ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar.
6. M. Sobirova. Ona tili darslarida kompyuterdan foyda-lanishning ayrim usullari. «Til va
adabiyot ta'limi» jurnali, Toshkent. 2006 yil, 4-son, 7-9-betlar
7. M. Sobirova. O'qitishga yangicha yondoshish hozirgi kun talabi. Olima ayollarning fan-
texnika taraqqiyotida tutgan o'rni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma'ruzalari
to'plami. Toshkent, 2006 yil, 55-56-betlar.
8. M. Sobirova. Til ta'limida axborot kommunikasion texnologiyadan foydalanish. XXI
asrda o'zbek tili ta'limi masalalari. «O'zbek tili» doimiy anjumani 9-yig'ini materiallari.
Toshkent, O'zb. Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 yil, 125-126-betlar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
- o'qituvchi bayoni metodi
- suhbat metodi
- seminar darslar
- kuzatish metodi
- mashqlar ishlash metodi
- noan'anaviy metodlar
- yangi pedagogik texnologiya asosidagi metodlar
GRAMMATIKANING ONA TILI O'RGANISHDA TUTGAN O'RNI, MAQSADI,
VAZIFASI. MAKTAB GRAMMATIKASI VA ILMIY GRAMMATIKA. GRAMMATIK
TA'RIF VA TERMINOLOGIYA
REJA:
1. Grammatikani o'qitishning ahamiyati va uning ona tili o'qitishda tutgan o'rni.
2. Ilmiy grammatika bilan maktab grammatikasining o'zaro munosabati.
3. Morfologiyani sintaksisga bog'lab o'rgatish yo'llari.
4. Grammatik ta'riflardan foydalanish usullari.
Maktabda grammatika o'qitishning maqsadi o'quvchilarga so'z tuzilishi va gap qurilishi
haqidagi qonun-qoidalarni o'rgatishdan iborat bo'lib, u ona tili kursining bo'limlarini (orfografiya,
punktuasiya, stilistika) o'rgatishni ko'zda tutadi. Bu esa fikrni to'g'ri, ravon, aniq ifodalash imkonini
beradi.
Grammatika o'qitish o'quvchining umumiy bilim doirasining kengayishiga yordam beradi.
Grammatika o'qitish jarayonida o'quvchining til sezgirligi oshadi. Bu holat ularda so'z tanlash,
so'zni o'rnida ishlatish, gapni to'g'ri tuzish malakalarini hosil qiladi.
Quyidagi gaplarni taqqoslaylik:
32
Temir yo'lda yotibdi.
Temir yo'lda yotibdi. (bir bosh bo'lakli shaxsi aniq gap)
Uzoqdan uch gul ko'targan qiz ko'rindi.
Sharqqa Uzoq jo'natildi.
Uzoq Sharqqa jo'natildi.
Demak, grammatikani yaxshi bilish boshqalarning fikrini ham to'g'ri tushunishga, aniq
anglab olishga yordam beradi. To'g'ri so'zlay olish, xatosiz yozish uchun grammatikadan olgan
bilimlarini amalda qo'llay olmagan o'quvchi to'g'ri yozish qoidalarini ham ongli o'zlashtira olmaydi.
Hozirgi kungacha tilshunoslikning dolzarb mavzulariga doir o'nlab yirik ishlar yuzaga keldi.
Bunga A. G'ulomovning morfologiyaga oid, G. Abdurahmonov, M. Asqarovalarning qo'shma gap
sintaksisiga oid va boshqa bir qator olimlarning so'z turkumlariga oid ishlari o'zbek
tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi.
Maktab dasturi va darsliklarida katta hajmdagi hamda chuqur lingvistik xulosalarning
hammasini berib bo'lmaydi. Bu ilmiy xulosalardan o'quvchilar yoshiga, qabul qila olish darajasiga
mos keladigan, shu bilan birga, juda katta amaliy ahamiyat kasb etgan, hayotiy tomonlari bilan
ajralib turadigan o'rinlarini sinflar bo'yicha taqsimlab beriladi.
Masalan: qaratkich kelishigi qo'shimchasi orqali o'nlab ma'nolar ifodalanadi. Lekin
maktabda uning qarashlilik yo xoslik bildirishigina o'rgatiladi.
Dastur va darsliklarida o'zbek tilshunosligi berayotgan ilmiy xulosalardan maktab uchun
mos qoidalar, tushunchalar kiritiladi va o'qitiladi. Ilmiy va maktab grammatikasi orasidagi uzviy
bog'lanish va ularning o'ziga xos xususiyatlari mana shu o'rinda namoyon bo'ladi.
Demak, maktabda ona tili fani o'zbek tilshunosligida qo'lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi.
Ammo tilshunoslikdagi ayrim noto'g'ri talqinlar darsliklarda ham o'z ifodasini topgan.
M. U kelgach, men ketdim.
v- li va v- siz to'ldiruvchilar kabilar.
Morfologiya va sintaksisni bog'lab o'rgatish yo'llari.
O'zbek tili nihoyatda so'zga va ma'noga boy bo'lib, so'zlarning asl ma'nosi gap ichida
ochiladi. Shuning uchun ham ma'nodosh so'zlar yoki qo'shimchalarning anglangan ma'nosi hamda
qaysi so'z turkumiga oidligi so'z birikmasi va gap orasida tushuntirilsa, o'quvchilar ongiga yetib
boradi.
O'zbek tilining morfologiya bo'limida ot turkumi o'rganiladi. Ot turkumiga oid so'zlar
nutqimizda eng ko'p qo'llanadi. Bunda tovush jihatidan har xil bo'lgan so'zlar ot, yosh, ter, ko'k
kabilarning bir necha ma'noda qo'llanishi faqat gap ichidagina aniqlash mumkin. M:
Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasixatim yod qilib ol, farzandim.
Yolg'iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.
Bu to'rtlikdagi "ot" so'zi "nom", "uloqtir", "hayvon" ma'nolarida ishlatilgan. (Bu so'zlar
morfologik tomondan bir so'z turkumiga oid emas.)
Grammatikaning teng huquqli bo'limlari morfologiya bilan sintaksis doim bir-biri bilan
bog'liqdir. Mustaqil so'z turkumlari-ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish kabilar gapda ma'lum bir
sintaktik vazifani bajaradi, ular gapning biror bo'lagi bo'lib keladi. O'quvchi sintaksisni o'rganib,
ayrim so'z turkumlarining morfologik belgilarini ularning sintaksis xususiyati bilan solishtirib, til
hodisalarini ongli tushuna boradi. M: sifat turlanmaydi, gapda, odatda, aniqlovchi yoki kesim bo'lib
keladi. Lekin sifatlar ba'zan ot kabi qo'llanib, gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi.
Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin.
Bunday paytda ular turlanadi.
yaxshilarni
yaxshilarga
33
O'quvchilar bunday hodisalarni anglay borib, morfologiya bilan sintaksisning aloqasini, so'z
turkumlarini, uning tabiatini bila boradilar.
5-7-sinflarda sintaktik tushunchalar hosil qilish uchun alohida dars soatlari ajratilmagan,
balki morfologik mavzularni o'rganish bilan birgalikda olib boriladi. Yangi sintaktik vazifalarni
aniqlash morfologiyadan nazariy ma'lumotlarni mustahkamlash maqsadida bajariladigan mashqlarni
to'ldirish uchun ko'maklashadi.
Amaldagi darslikda ot so'z turkumiga berilgan ta'rifda:
"Otlar gapda bosh va ikkinchi darajali vazifada ham keladi, shuningdek, undalma vazifasida
ham keladi." deyilgan. O'quvchilar bu ta'rifni tez o'zlashtirib oladilar. Ammo uni amalda qo'llay
olishlari uchun yanada chuqurlashtirish zarur. Buning uchun shunday usul qo'llanadi:
b.k.
1. Kitob - bilim manbai.
|kitob o'qidi.
2. Maktab yaxshi yerda joylashgan. |Biz maktab zalida
3. Kinofilm qiziqarli
|kinofilm tomosha qildik.
Bunday qiyoslash morfologik kategoriya bo'lgan kelishiklarni chuqur o'zlashtirishda hamda
sintaktik tushunchalarni ifodalovchi bosh va 2-darajali bo'laklarni qayta yodga olishda va
aniqlashda yordam beradi.
Ko'pincha, otning gapdagi sintaktik vazifasini to'g'ri aniqlay bilmaslik, gapning sintaktik
qurilishini tushunmaslik o'quvchilarning tipik xatolarga yo'l qo'yishlariga sabab bo'ladi.
1. Bosh kelishik shaklida kelgan har qanday so'zni o'quvchilar bosh kelishikda deb qabul
qilaveradilar. Natijada kelishik qo'shimchasiz, ya'ni belgisiz kelgan qaratqich va tushum
kelishigidagi so'zlarni ham, undalmani ham ega sanab, sintaktik hodisalarga qorishtirib yuboradilar.
M. U o'zini tol(ning) tanasiga oldi.
Elga shodlik(ni) olib keladi. (X.O.)
Otning to'ldiruvchi va xol vazifasida kelishi ham, kupincha so'z birikmasi yoki gap ichida
aniqlanadi.
Demak, morfologiyani sintaksisga bog'lab o'rgatish jarayonida shunday vazifalarni hal qilish
kerak:
1. Bosh kelishikdagi hamda qo'shimchasiz qaratkich va tushum kelishigidagi so'zlar o'ziga
xos mantiqiy ma'nolarga ega ekanligini tushuntira olish.
2. Kelishiklarning sintaktik vazifasini yodga tushirish.
3. Mustaqil so'z turkumlarining sintaktik vazifasi haqidagi tushunchalarni umumlashtirish.
4. Mustaqil so'z turkumlarining sintaktik vazifasi, unda tinish belgilarining ishlatilishi
haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash.
Takrorlash uchun ajratilgan maxsus soatlarda darslikdagi mashqdan tashqari tarqatma
materiallardan foydalanish mumkin. Masalan:
I. Gaplarni o'qing. Aniqlovchi vazifasida kelgan otlarni aniqlang va tushuntiring.
Badantarbiya bilan muttasil va o'z vaqtida shug'ullanuvchi kishi davoga muxtoj bo'lmaydi.
(Abu Ali Ibn Sino)
2. Otlarni toping. Gapda qanday sintaktik vazifada kelganini aniqlab, tushuntirib bering.
O'zbekiston mevalari: Namanganning xushbuy olmasi, Mirzacho'lning shakar qovuni,
Quvaning shirin anorlari mehmonlarga manzur bo'ldi.
3. Gaplarni o'qing. Xol va undalma vazifasida kelgan otlarni aniqlang, ularni tushuntirib
bering.
Umida yaqinda Farg'onaga bordi. Dilbar maktabda o'qiydi. U uy vazifasini doimo puxta
bajaradi. Bolalar, bu sizning ukangiz bo'ladi. O'quvchilar, bilim bilan birga hunar ham egallanglar.
Kelishik qo'shimchalarining yozilishi va ularning gapdagi vazifasini o'quvchilar qay
darajada idrok etganliklari aniqlashda sinov diktantlari ham o'tkazsa bo'ladi.
34
Demak, morfologiyani sintaksis asosida o'rganish ustida ko'proq ish olib borib, bu ikki
bo'limni bir-biriga taqqoslansa, o'quvchilarni oson va tez savodxon qilish mumkin. Shu bilan birga
ularning bog'lanishli nutq malakalarini oshirishda samarali natijalarga ham erisha boriladi.
Grammatik ta'riflardan foydalanish usullari
Grammatik tushunchalar turli grammatik ta'rif yo qoidalar orqali izohlanadi. Grammatik
ta'riflar u yoki bu til hodisasining mazmunini, asosiy xususiyatlarini, belgilarini o'zida ifodalaydi.
Grammatik ta'rif va qoida tufayli o'quvchilar u yoki bu mavzuni ongli va tez o'zlashtiradilar, fikrni
ixcham ifodalash usulini o'rganadilar.
Ta'riflash mumkin bo'lmagan ayrim til hodisalari qoidalar orqali beriladi. Kursning
orfografiya, punktuasiya kabi bo'limlari, shuningdek, ma'nosi keng bo'lgan (qo'shma va qisqartma
so'zlar, kelishiklar...) dalil va kategoriyalar ham qoidalar orqali o'rganiladi. Ta'rif va qoidalar ona
tilini ongli o'zlashtirish asosidir. O'quvchilar grammatik ta'riflarni yod olishlari mumkin. Lekin
bunda onglilik muhim o'rin tutadi.
Maktab tajribasida shunday ham bo'ladiki, ayrim o'quvchi ta'rif mohiyatini tushunsa-da, uni
kitobdagiday so'zma-so'z aytib berolmaydi. Bunday xollarda qoidani kitobdagiday qilib aytib
berishni talab qilish metodik jihatdan to'g'ri emas. Ba'zan o'quvchi grammatik ta'rifni darslikdagiday
yod qilib aytib bersa ham, mustaqil misol keltira olmaydi. O'quvchi grammatik ta'rif yo qoidani
darslikdagiday aytib bermasdan, balki o'sha qoidaning mazmunini o'z so'zlari bilan bayon etib
bersa, bu uning mavzuni yaxshi tushunganligini ko'rsatadi. Shuning uchun maktab ta'limida ba'zan
erkin ta'rifga yo'l qo'yiladi. Lekin bu o'rinda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Ayrim ta'riflar shunday
mustahkam bo'ladiki, uning tarkibidan biror so'zni tashlab ketish yoki almashtirish mumkin emas.
Ma'nosi o'ta mavhum (umumlashgan) terminlar o'qituvchi tomonidan izohlanishi shart.
M: belgi so'zi faqat rangnigina emas, u shakl-hajm, xil-xususiyatga, maza-ta'm kabi
tushunchalarni ham bildiradi.
Yoki "predmet" termini juda keng ma'noda qo'llanishini tushuntirish kerak. Bular:
insonga oid so'zlar
- ishchi, dehqon, kosib
narsa va jism nomlari - bo'r, ruchka, kitob
voqea-hodisa nomlari - shamol, ko'klam
jonivorlar nomi
- qo'y, chumchuq
belgi-sifat nomlari
- yaxshilik, tezlik
harakat-holat nomlari – chopiq, yig'im va boshqalar.
Grammatika o'qitishda terminlar ham uziga xos ahamiyat kasb etadi. Har bir grammatik
termin o'zi ifoda qilayotgan grammatik tushunchaning asosiy belgilarini ifoda qilishi kerak.
Grammatik terminologiyada izchillikni, bir xillikni ta'minlash uchun bir hodisa hamma vaqt bir xil
termin bilan aytilishi shartdir. Har bir ta'rif yoki qoida tarkibida bir yoki undan ortiq termin
ishlatiladi. Masalan:
"Fe'lning shaxs-son qo'shimchalari bilan o'zgarishi tuslanish deyiladi" degan ta'rifni
ko'raylik. Bu ta'rifda "fe'l", "shaxs-son", "tuslanish" degan terminlar ishlatiladi. Grammatik
terminlar vositasida o'quvchilar so'z turkumlarini, gap bo'laklarini ajratishni o'rganadi.
Demak, grammatik bilimlarni o'zlashtirish natijasida o'quvchilarda grammatik tushuncha
hosil bo'ladi. Hosil qilingan grammatik tushuncha bundan keyin o'rganiladigan grammatik
bilimlarni o'zlashtirish uchun, o'zlashtirilgan grammatik bilim yangi tushunchalar hosil qilish uchun
asos bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |