2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy
tayyorgarlik shakllari
Ma’ruza. Jismoniy tarbiya sohasida ma’ruzalar sport turlari va jismoniy
tarbiyaning nazariy asoslari hamda jismoniy tarbiya uslubiyoti fanlaridan olib
boriladi. Xususan jismoniy tarbiya va sportning tarixi, jismoniy tarbiyaning
nazariy asoslari va jismoniy tarbiya uslubiyoti hamda sport trenirovkasi
jarayonining qonuniyatlari, jismoniy tarbiyada ta’lim va tarbiya, harakatlarga
o‘rgatish, umumiy va maxsus tayyorgarlik jarayonlari tahlil etilai.
Oliy ta’limda ma’ruzani quyidagi turlaridan foydalaniladi: akademik
ma’ruza, ma’ruza-hikoya, ma’ruza-suhbat, ma’ruza-munozara, ommaviy
ma’ruza va muammoli ma’ruza. Bu ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi.
23
Buning uchun ma’ruzachida reja va bayonnoma bo‘lishi lozim. Ayniqsa,
ma’ruzada ishlatiladigan izohlar, ko‘chirmalar, ma’lumotlar, misollar uchun
yozma ravishda alohida kartochkalar tayyorlangan bo‘ladi. O‘qituvchi ma’ruza
o‘qir ekan, talabalarga mavjud materiallarni etkazish bilan birga, ularga ba’zi
vazifalarni berib, kutubxona, laboratoriya va arxivlarda ishlash uchun yo‘llanma
berishi ham kerak. Talabalarga ma’ruza o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarni
o‘tkazishda Oliy ta’lim hayotidagi tajriba ham nazariy, ham amaliy jihatdan
umumlashtirib borilmoqda.
Seminarlar o‘zlashtirilayotgan yangi materiallarning bir qismi talabalar
tomonidan qanday o‘zlashtirilishini tekshirib ko‘rish maqsadida o‘tkaziladigan
dars shaklidir. Seminar mashg‘ulotlari ma’ruza uslubi orqali berilgan
ma’lumotlarni umumlashtirish va mustahkamlash maqsadida barcha ijtimoiy
fanlar uchun tadbiq etiladi. Seminar mashg‘ulotlari, odatda ma’sus mavzuga
bag‘ishlangan bo‘lib, uning rejai ilgariroq e’lon qilinadi va seminar mavzuiga
bog‘liq adabiyotlar ko‘rsatiladi. Talabalar seminar mashg‘ulotlariga
tayyorlanayotganlarida ko‘rsatilgan adabiyotlarni olib o‘qiydilar, zarur
xronologik materiallardagi qoida-qonunlarni atroflicha ishlab chiqib, uni bir
umumiy bayonnoma holiga keltiradilar. Talabalarga seminar uchun tayyorgarlik
ko‘rganlarida ma’ruza yozish tavsiya etiladi. Bu ma’ruzada talaba mavzu
bo‘yicha o‘zining shaxsiy mulohazalarini ham aytishi kerak.
Amaliy va tajriba mashg‘ulotlari ma’ruza kursida olingan bilimlarni
amalda tadbiq qilish maqsadida o‘tkaziladigan dars shakllaridan biridir. Bu ikki
mashg‘ulot o‘zining xususiyatiga ko‘ra bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.
Amaliy va tajriba darslarida talabalar ikki guruhga bo‘linadilar. Har bir kichik
guruhga alohida o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy
mashg‘ulotlar sport turiga muvofiq bo‘lgan mashqlar texnikasi va taktikasini
egallashga, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga, musobaqalar o‘tkazish malaka
va ko‘nikmalarini egalashga, umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rishga yordam
berishi kerak.[34,95,165]
24
Maslahatlar oliy va o‘rta maktabda o‘qitishning keng qo‘llaniladigan bir
shakli bo‘lib, ko‘pincha ma’lum kurs materiallari o‘tib bo‘lingach, undan
olinadigan reyting sinov va attesstatsiyalardan oldin yoki o‘zlashtirmovchi
talabalar bilan yokka holda yoki guruh bo‘lib o‘tkaziladi. Maslahatlarda odatda
bir yoki bir necha guruh talabalari o‘zlashtirgan bilimlar yuzasidan o‘qituvchi
yakuniy suhbat o‘tkazadi va talabalarning tushunmagan savollariga javob
beradi.
Kollekviumlar o‘qitish jarayonida keng qo‘llaniladigan dars shakllaridan
biri bo‘lib, ayniqsa, tabiiy fanlarni to‘laroq o‘zlashtirishda juda qulaylik
tug‘diradi. Kollekviumda fanning bir bo‘limi o‘tib bo‘lgach, shu bo‘limni
talabalar qanday o‘zlashtirganliklari sinab ko‘riladi. Unda o‘qituvchi talabalarga
vazifalar beradi. Talabalar savollarga birin-ketin javob beradilar. Javoblar
o‘qituvchi tomonidan yakunlanib, umumlashtiriladi va faol ishtirok qilgan
talabalar rag‘batlantiriladi.
Kurs ishlari oliy o‘quv yurtlarida oxirgi kurs talabalarini ilmiy tadqiqot
ishlari olib borish malakasini hosil qilishga, ma’lum ilmiy xarakterga ega
bo‘lgan qisqacha ma’ruza yozishga o‘rganishga chorlaydi. Odatda, kurs ishlari
yozishda o‘qituvchi rahbarligida mavzu tanlab olinadi va mavzuga doir reja
tuziladi, rejaga asosan kurs ishi yozilib, taqriz qilinadi va o‘qituvchiga
topshiriladi. Kurs ishini bajarish jarayonida o‘qituvchi rahbardan muntazam
ravishda maslahatlar olib turiladi. Kurs ishlarida talabalar aniq mavzu bo‘yicha
mustaqil ravishda tegishli adabiyotlarni o‘qib chiqib, mustaqil fikr yuritadi va
kichik muammolarni echib berishga o‘zining hissasini qo‘shadi. Kurs ishlari
talabalarning o‘quv-tadqiqot ishlarining asosiy shakllaridan birini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishlari muaxasislik fanlari bo‘yicha barcha talabalar
yozish shart bo‘ladi. Talabalar oliy o‘quv yurtini tamomlayotganlarida tanlangan
maxsus kurslari yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib boradilar. Ular shu soha bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarni ishlab chiqib, o‘z ishlarining boshqa
ishlardan farqini, uning ishlab chiqarishga keltiradigan foydasini ko‘rsata
25
bilishlari kerak. Bitiruv malakaviy ishi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. Bitiruv
malakaviy ishlarining hajmi fanlar va mavzularga qarab, belgilanadi.
Talabalar tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishlari haqiqiy ilmiy
ishlarning boshlanishidir. Bu munozarani talab etmaydi. Bitiruv malakaviy ishi
talabaga ilmiy izlanish, ma’lum muammolarni o‘rganish va uning mohiyatini
tahlil qilishda yordam beradi. Zotan, talabalar o‘qish jarayonida ma’lum doirada
ilmiy-tekshirish ishlari olib borgan bo‘ladilar. Talabalarning ilmiy ishlari
talabalar ilmiy jamiyatlari anjumanida tinglanadi, muhokama qilinadi,
baholanadi. Bu jarayon talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab boradi.
Mutaxassis bajargan Bitiruv malakaviy ish mavzusi uning magistrlik ishi
bo‘lib davom ettirilishi mumkin.
Reyting nazorati, maslahat, yozma ishlar nazorati ham o‘qitish
jarayonining ajralmas tarkibiy qismlaridir. Ularning har biri o‘ziga xos
tomonlari bilan ajralib turadi.
Talabalarga ma’ruza o‘qishda, amaliy tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda,
seminarlar tashkil etishda, fanlar bo‘yicha “tayanch ibora” yozma ishlari
yozishda, kurs va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilishda Oliy ta’lim
Kadrlar tayyorlash Davlat standartilari ham nazariy, ham amaliy jihatdan to‘la
amal qilingan holda ish ko‘riladi.
Jismoniy tarbiyada me’riy hujjatlar: O‘quv rejasi davlat xujjati bo‘lib,
o‘quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllarini aniq belgilab berishda, shuningdek,
talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda alohida ahamiyatga
egadir. O‘quv rejasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, attesstatsiya
sessiyalari, bitiruv malakaviy ishlari, ta’til singarilarni olib borish va
o‘tkazishning muddatlari aniq ko‘rsatiladi. O‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich
kurslarda ko‘proq umumiy fanlar o‘qitiladi, yuqori kurslarda esa mutaxassislik
bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. O‘quv rejalari hamma
o‘quv yurtlari uchun bir hilda emas, chunki ularning har biri o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘quv muddatini belgilashda hisobga olinadi. Shunga
26
muvofiq o‘qiladigan fanlar, attesstatsiyalar, kurs ishlari miqdori semestrlar
bo‘yicha aniq belgilab chiqiladi.
Har bir fakultet uchun o‘quv rejalari tuziladi. Mutaxassis va Magistr o‘quv
rejasida o‘qiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, maxsus
kurslar, maxsus seminarlar, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, pedagogik va
ishlab chiqarish tajribalari, attesstatsiya va reyting sinovlar muntazam ravishda
aniqlab beriladi, o‘quv rejasi tuzib bo‘lingach, muhokama etiladi va
tasdiqlanadi. Tasdiqlangan o‘quv reja uzoq yillargacha amalda qo‘llanib
boriladi. Lekin o‘qish jarayonida ba’zi o‘zgartirishlar kiritish mumkin va bu
o‘zgartirishlar kafedra va fakultetning tavsiyasi bilan universitet ilmiy
kengashida tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi. O‘quv rejasidagi har bir fan
o‘zining o‘quv dasturiga ega bo‘ladi. Dasturlarni olimlar va tajriba o‘tkazuvchi
o‘qituvchilar tuzishi mumkin. Dasturlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib
boruvchi olim-pedagoglar tomonidan tayyorlangani ma’qul. Chunki o‘quv
rejasining mohiyatini faqat auditoriya bilan muloqotda bo‘lgan mutaxassisgina
to‘la ochib bera olishi mumkin. Dastur qisqagina so‘z bilan boshlanib, so‘ngra
bir necha boblaryoki bo‘limlarga ajraladi. Har bir bob yoki bo‘limda alohida
o‘tiladigan mavzular va kichik mavzular berilib, oxirida zaruriy va qo‘shimcha
adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Dasturda fanlar bob, qism va bo‘limlarga
ajratilib, har bir mavzu bo‘limlarga bo‘linadi, har bir bob, bo‘lim yoki qismdan
so‘ng foydalanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar alfavit tartibida keltiriladi. Bu
o‘qituvchining ma’ruzalarga va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishini
osonlashtiradi. Shuning uchun o‘qituvchilar dasturdagi adabiyotlarning bir
qisminigina talabalarga mustaqil ishlash uchun tavsiya etishlari lozim.
Jismoniy tarbiya dasturlari: Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini olib
borish jismoniy tarbiya dasturi asosida tashkil etiladi. Dastur bajarilishi shart
bo‘lgan davlat hujjatidir. U o‘qituvchi yoki Ta’lim muassasalari rahbarlar
tomonidan Ta’lim muassasalari ìoddiy texnika bazasi imkoniyatlariga muvofiq
o‘zgartirilishi mumkin. Jismoniy madaniyat bo‘yicha dasturlar hozirgi zamon
ilmiy ma’lumotlar va o‘qituvchilarning amaliy tajribalari asosida ishlab chiqilib,
27
Ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tarbiyasida nazariya va
amaliyotning birligini aks ettiradi. Dastur mazmuni jismoniy tarbiyaning
sog‘lomlashtiruvchi, tarbiyaviy va ilmiy masalalarini hal etadigan turli xil
jismoniy mashq turlarining birligidan iborat. Sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy
masalalar xar qanday dars va mashg‘ulotlar uchun umumiy hisoblanadi.
Nazariy ma’lumotlar bo‘limiga talabalarni harakat tartibi, gigienik qoidalar,
jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida qomatni to‘g‘ri tutish va to‘g‘ri nafas olish bilan
tanishtirish kiradi. Shuningdek, bu bo‘lim chiniqish, darsdan tashqari vaqtlarda
faol dam olish, Ta’lim muassasalarida va uyda jismoniy madaniyat bilan
shug‘ullanish qoidalarini ham o‘z ichiga oladi.
Hàrakatli o‘yinlar bo‘limida umuman rivojlantiruvchi mashqlar, yugurish,
joyida va joyidan turib balandlikka, yugurib kelib uzunlikka sakrashlar, uzoqqa
va mo‘ljalga uloqtirish malakalari beriladi. Shuningdek harakatli o‘yinlardan
taqlidiy, estafeta, musobaqa va guruh o‘éinlari xamda ashula va she’r jo‘rligida
o‘ynaladigan o‘yinlar qoidalari va talablari bayon etiladi.
Engil atletika va kross tayyorgarligi bo‘limiga yurish, yugurish, joydan
turib va yugurib kelib uzunlikka sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash,
uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish hamda qisqa va uzoq masofaga yugurishlar va
almashlab yurishlar kiradi.
Sport o‘yinlari bo‘limida sport o‘yinlaridan basketbol, futbol, gandbol,
voleybol bo‘yicha jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari mashqlar
texnikasi o‘rgatiladi. Sport o‘yinlari turiga muvofiq to‘p olib yurish to‘pni qabul
qilish uzatish jarima to‘plari chiqarish malaka va ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
Gimnastika bo‘limida osilish va tayanish, akrobatika, tirmashib chiqish,
“muvozanat
saqlash
mashqlari”,
tayanib
sakrash,
saf
mashqlari,
umumrivojlantiruvchi mashqlar, buyumlar bilan mashqlar kabi jismoniy
mashqlar texnikasi o‘rgatiladi.
SHuningdek suzish, kurash va musiqiy ritmik tarbiya bo‘yicha amaliy va
nazariy bilimlar ham dasturda aks ettiriladi.
28
Hàr xil iqlimiy sharoitlar tufayli Ta’lim muassasalaridagi o‘quv ishlarini
olib borish sharoiti ham bir xil emas, shuning uchun bir o‘quv materialni
boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. qaerda suzishga imkoniyat bo‘lsa,
o‘sha joyda dasturning ayrim bo‘limlarini qisqartirish hisobiga suzish darslariga
soat ajratiladi. Xar bir turdagi mashg‘ulot organizmga, harakat ko‘nikmalarining
shakllanishiga,
harakat
sifatlarini,
avvalo
tezkorlik
va
chaqqonlikni
tarbiyalashda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, ma’naviy va irodaviy xislatlarni
tarbiyalashda yordam beradi.
Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida jismoniy tarbiya
o‘qituvchilari jamoasi jismoniy tarbiya darslarining yillik rejasini ishlab
chiqadilar. Jismoniy tarbiya darslari yillik rejasi har bir ta’lim bosqichi uchun
alohida tuziladi. Boshlang‘ich sinflar uchun alohida, o‘rta sinflar uchun alohida
va yuqori sinflar uchun alohida reja tuzilib, reja mazmunini talabalar yoshi va
jismoniy rivojlanishi hamda qiziqishlariga muvofiq sport turlari tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinflarda asosan harakatli o‘yinlar va gimnastika mashg‘ulotlari
bo‘lsa, o‘rta sinflarda sport o‘yinlari va engil atletika mashqlardan foydalaniladi,
yuqori sinflarda esa sport o‘yinlari bilan birga kurash va suzish mashg‘ulotlari
qo‘llaniladi. Yillik rejaga asosan chorak rejalari tuzilib, chorak rejalar
mazmunini shu chorakda o‘tiladigan o‘quv materiallari tashkil etadi. Chorak
rejalarga muvofiq dars rejalari tuzilib, har bir darsda o‘òiladigan o‘quv
mashg‘ulotlari mazmuni yoritiladi. Dars rejalariga muvofiq dars bayonlari
yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o‘quv materiallari keng yoritiladi va
uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi.
Jismoniy tarbiya dasturida talabalarni yosh xususiyatlari hamda jins
xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy
rivojlanish darajalarini nazorat qilish me’yorlari beriladi, nazorat darslari xar bir
chorak so‘ngida o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturida
jismoniy tarbiyadan talabalar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari hamda
sinfdan tashqari ishlarda jismoniy madaniyat, umumiy jismoniy tayyorgarlik va
29
sport to‘garaklari ish faoliyati maqsadi va vazifasi hamda mazmuni ham keng
yoritiladi.
Jismoniy tarbiya nazariy ma’lumotlarning vazifasi talabalarga jismoniy
madaniyat va sport soxasida zarur bilimlarni berish, jismoniy mashqlar
ahamiyatini tushuntirish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va ularni qo‘llay olish
malakasini berish. Ta’lim muassasalari talabalarning harakat rejimi bolalarning
sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda, xar tomonlama jismoniy rivojlanishda
faol harakat rejimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy mashqlardan
oqilona foydalanish ta’sirida inson muskullari kuchli, chaqqon, aniq harakatli
bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi.
Bolaning yoshiga xos tabiiy harakat ehtiyojini, katta harakat faolligini
rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish, harakat tartibini yaratishi lozim.
Jismoniy mashg‘ulotlarning gigienik qoidalari - har qanday jismoniy mashg‘ulot
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilingan holda o‘tkazishi kerak. Bu talablar
quyidagilar: mashg‘ulotlar joyining gigienik jihatdan mos bo‘lishi, tegishli
jihozlar, inventar, maxsus ust-bosh va oyoq kiyimning mavjudligi.
2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini
tashkil etish
Hozirgi vaqtda Oliy ta’lim tizimida muhim tarixiy vazifani amalda to‘laroq
hal etish-mamlakatimiz xalq xo‘jaligiga yuqori malakali va bilimdon
mutaxassislar etkazib berish masalasi hal etilmoqda. bu sohada mutaxassislar
tayyorlashni rejalashtirishda yaxshi tajribalar orttirilgan, hozir xalq xo‘jaligining
hamma sohalarini fan, madaniyat va san’at mutaxassislari bilan ta’minlash rejali
ravishda amalga oshirilmoqda. Oliy ta’lim va xalq xo‘jaligining o‘sib
borayotgan talabini va kelajagini hisobga olib ish ko‘rmoqda. Buning uchun
Oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari tarkibi ta’limining to‘rt shartiga;
o‘z fanini a’lo darajada bilish, o‘z kasbini jonu-dilidan sevish va talabalarda ham
shu fanga muhabbat uyg‘otish, sinab ko‘rish va amaliy ishlarni hozirgi davr
30
talablari asosida uyushtirish, chuqur bilimga ega bo‘lishga rioya qilib
kelmoqdalar.
Endigi asosiy vazifa tayyorlanayotgan mutaxassislarning‘ sifatini yanada
yaxshilashga, ularni ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar qilib
tarbiyalashga erishishdan iboratdir. Bu o‘z navbatida talabalarni ta’lim berishni
talab qiladi.
Talabalar oliy o‘quv yurti dargohiga qadam qo‘yishlari bilan o‘zlari
tanlagan sohalari, mutaxassisliklari bo‘yicha fanlarning sirlarini sabr-toqat va
matonat bilan o‘zlashtiradilar. Bunda auditoriyalarda o‘tiladigan ma’ruza va
amaliy mashg‘ulotlarda faollik ko‘rsatish hamda mustaqil ishlashni to‘g‘ri
uyushtira olish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Talaba uchun har bir daqiqa
g‘animatdir.
Oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-tarbiya ishlaridagi asosiy kamchilik sifatida
ulgurmovchilik ko‘zga tashlanadi. CHunki ayrim talabalar o‘z qobiliyatlariga
mos keluvchi kasbni to‘g‘ri tanlay olmasdan tasodifiy ravishda Oliy ta’limlarga
joylashib qolib, so‘ngra o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘ladilar yoki uni bir
amallab bitiradilar. So‘ngra ular belgilangan joyga ishga bormasdan engil va
oson ish axtaradilar.
Bunda ayrim abiturientlar Oliy ta’limga kirganlaridan keyin o‘qituvchilar,
yaxshi o‘qiydigan talabalar yordamiga tayanib, ter to‘kib o‘qimasalar, u holda
o‘zi o‘qib turgan oliy dargoh bilan xayrlashib qolishi muqarrar ekanligi qayd
etib o‘tiladi. Bunday holda bir kishidan emas, balki ikki kishidan ajralib
qolinadi: noo‘rin kirib qolib, birinchi qiyinchiliklar yuz berishi bilan haydalib
ketgan talaba va attesstatsiyalarni muvaffaqiyatli topshirib, ba’zi sabablarga
ko‘ra konkursdan o‘ta olmay qolgan abiturient.
Demak, o‘rta maktabda ham, Oliy ta’limda ham fanlarni to‘la o‘zlashtirish
zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun hamma ishlarni ilmiy asosda
tashkil etish zarur. Hozirgi vaqtda professor-o‘qituvchilar, va o‘quvchi va
talabalarning o‘quv jarayonini jadallashtirish borasida katta ishlar amalga
31
oshirilmoqda. Lekin bular qayta qurish bobidagi muhim ishlarning
boshlanishidir, xolos.
Hamma ishni, jumladan o‘quv jarayoni bo‘lib, ishlab chiqarish, madaniyat,
san’at va ularning kelajak taraqqiyoti bilan bevosita qiziqish, o‘quv-uslubiy va
texnika vositalaridan foydalanishni takomillashtirib borish, o‘quv jarayonini
to‘g‘ri rejalashtirish, ilmiy ishlarni rivojlantirib borish, ilmiy pedagogik
mutaxassislarning
malakasini
oshirib
borish,
mutaxassislardan
o‘rinli
foydalanish, talabalarning ish sharoiti, dam olish va har xil jamoat ishlariga
ishtirokini mukammallashtirib borish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Unda boshqa qator muhim masalalar bilan bir qatorda, tajribaxona asbob-
uskunalari, ko‘rgazmali qurollar va ta’limning texnik vositalaridan keng
foydalanib ish ko‘rish, barcha jabhalarda kompyuter, mikrokompyuterdan
foydalanish va ilmiy tadqiqotlarga joriy etishni qisqa vaqt ichida yo‘lga qo‘yish
alohida qayd etib o‘tilgan.
Bu amaldagi mavjud an’anaviy o‘qish usullari va shakllaridan voz kechish
kerak, degan ma’noni bermaydi. Aksincha, oliy o‘quv yurtlaridagi va ayrim
tajribali olimlarning ishlariga tayangan holda, o‘quv jarayonida ilmiy hayot va
jamoat ishlarini boshqarish sohalaridagi tadbirlarini takomillashtirib va
mukammallashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quv jarayonini boshqarishning
samaradorligi uning qanchalik to‘g‘ri va oqilona rejalashtirilganligi bilan
o‘lchanadi. Buni to‘g‘ri hal etishda o‘qish jarayonining grafik jadvallari bir
muncha engillik tug‘dirishi mumkin.
O‘quv jarayonini muvaffaqiyatli va serunum tashkil etishda o‘qituvi va
talabalarning mehnat faoliyatlarini chuqur o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.
O‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda uning psixologik-fiziologik
tomonini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishda talabalarning eshitish, ko‘rish, fikrlash
xususiyatlarining qay darajada ekanligi, bunga muvofiq ravishda sarf bo‘ladigan
mehnat alohida hisobga olinishi kerak. Shuning uchun o‘quv rejasini tuzishda va
ulardagi fanlarni dars jadvallariga joylashtirishda har tomonlama o‘ylab ish
32
yuritish maqsadga muvofiqdir. O‘qitish jarayonining fiziologik asosi sifatida
reflekslar va signallar tizimlari haqidagi, oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotlar
foydalaniladi. Oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotga ko‘ra, kishida ruhiy
o‘zgarish va taassurot tashqi muhit natijasida yuz beradi va ichki faoliyat bilan
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Fiziologik va ruhiy jihatdan o‘qitish nazariyasining asosi
Oliy ta’limda o‘qitish jarayoni uchun ham asos qilib olinadi hamda refleks va
signallarga oid yangi tekshirishlar asosida to‘ldirib boriladi.
Reflekslar shartli va shartsiz deb ikki turga bo‘linadi. Shartli refleks odam
va hayvonlarga xosdir. Ularda doimiy ravishda ta’sir va javob reaksiyasi mavjud
bo‘ladi. Shartli refleks tashqi muhit ta’siri bilan yuz bergan o‘zgarishlarga
moslashish asosida paydo bo‘ladi.
Signal tizimlari ikki qismdan iboratdir: birinchi signal tizimi kishining
ko‘rish, eshitish, sezish, idrok etish va boshqa shartli qabul qilish a’zolarida aks
etadi. Kishining ruhiy faoliyatida ikkinchi signal tizim muhim rol o‘ynaydi.
Chunki u nutq va yozuv bilan bog‘liqdir. Ikkinchi signal tizimi birinchi signal
tizimi bilan chambarchas bog‘liq va undan kelib chiqadi. Birinchi signal tizimi
borliqning kishi organlariga ta’siri orqali hosil bo‘ladi. Masalan, ko‘rish va
eshitish natijasida miyamizda hosil bo‘luvchi obrazlar birinchi signal tizimidir.
O‘qish jarayonini tashkiliy va uslubiy shakllardangina iborat bo‘lib
qolmasdan, u keng va ko‘p qirralidir: o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, dars
jadvallari, reyting sinovlar, maslahatlar, attesstatsiyalar, turli xil tajriba va
boshqa shu kabilari ham qamrab oladi. Uning har bir bo‘lagi o‘z mazmuni va
yo‘nalishiga egadir. Hozirgi vaqtda Oliy ta’lim oldida shakl va mazmuni birga
qo‘shib borishning samarali yo‘llarini izlab topish va uni o‘qish jarayoniga joriy
qilish vazifasi turibdi. Ana shunday imkoniyatlardan biri o‘qitish jarayonini
ilmiy asosda tashkil etishdan iborat bo‘lib, u g‘oyaviy jihatdan mustahkam, har
tomonlama taraqqiy etgan, mustaqil fikr yurita oladigan yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlab etkazish uchun xizmat qilishi lozim.
O‘quv rejasi davlat xujjati bo‘lib, o‘quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllarini
aniq belgilab berishda, shuningdek, talabalarning bilimini nazorat qilish hamda
33
baholashda alohida ahamiyatga egadir. O‘quv rejasida ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlar, attesstatsiya sessiyalari, bitiruv malakaviy ishlari, ta’til
singarilarni olib borish va o‘tkazishning muddatlari aniq ko‘rsatiladi. O‘quv
rejasiga muvofiq boshlang‘ich kurslarda ko‘proq umumiy fanlar o‘qitiladi,
yuqori kurslarda esa mutaxassislik bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar
o‘tkaziladi.
Masalan,
filologiya
fakultetlarida
boshlang‘ich
kurslarda
tilshunoslikka kirish, ruhshunoslik, pedagogika, mantiq, chet tillari,
mutaxassislikka kirish, adabiyotshunoslikka kirish singari fanlar o‘tilsa, yuqori
kurslarda o‘quv dasturidan til va adabiyotga bevosita taalluqli sintaksis, o‘zbek
adabiy tilining amaliy stalistika, adabiyot nazariyasi, maxsus kurslar va
seminarlar, pedagogik va ishlab chiqarish jarayonlari ko‘proq o‘rin oladi.
O‘quv rejalari hamma o‘quv yurtlari uchun bir hilda emas, chunki ularning
har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘quv muddatini belgilashda
hisobga olinadi. Shunga muvofiq o‘qiladigan fanlar, attesstatsiyalar, sinflar va
kurs ishlari miqdori semestrlar bo‘yicha aniq belgilab chiqiladi.
Har bir student uchun darsxona o‘tiladigan bir kunlik ma’ruza, amaliy
mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar uchun 10 soat vaqt mezon hisoblanadi. Shanba
kuni bundan kamroq bo‘lishi mumkin. Demak, bir hafta o‘rtacha 50-56 soat vaqt
sarf etilish lozim. I-II kurslarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga 5 soat,
mustaqil tayyorlanishga 5 soat, yuqori kurslarda esa 4-6 soatga to‘g‘ri kelishi
tabiiy xoldir. Bir kunda o‘tilgan darslarning dastlabki soatlari serunum,
sermahsul o‘quv soatlari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda amalda qo‘llanib kelayotgan o‘quv rejalari, politexnik
mutaxassislik bo‘yicha umumiy o‘quv soatlari quyidagicha ajratiladi, nazariy
ilmiy darslarga-54%, ishlab chiqarishga moslab tayyorlashga-6%, ta’tillarga
(mehnat semestrlari bilan birgalikda)-10%.
Har bir fakultet uchun o‘quv rejalari tuziladi. Mutaxassis va Magistr o‘quv
rejasida o‘qiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, maxsus
kurslar, maxsus seminarlar, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, pedagogik va
ishlab chiqarish tajribalari, attesstatsiya va reyting sinovlar muntazam ravishda
34
aniqlab beriladi, o‘quv rejasi tuzib bo‘lingach, muhokama etiladi va
tasdiqlanadi. Tasdiqlangan o‘quv reja uzoq yillargacha amalda qo‘llanib
boriladi. Lekin o‘qish jarayonida ba’zi o‘zgartirishlar kiritish mumkin va bu
o‘zgartirishlar kafedra va fakultetning tavsiyasi bilan universitet ilmiy
kengashida tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
Jumladan, yangi o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni
davr talabiga moslab qayta tuzib chiqish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘quv rejasidagi har bir fan o‘zining o‘quv dasturiga ega bo‘ladi.
Dasturlarni olimlar va tajriba o‘tkazuvchi o‘qituvchilar tuzishi mumkin.
Dasturlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi olim-pedagoglar
tomonidan tayyorlangani ma’qul. Chunki o‘quv rejasining mohiyatini faqat
auditoriya bilan muloqotda bo‘lgan mutaxassisgina to‘la ochib bera olishi
mumkin. Dastur qisqagina so‘z bilan boshlanib, so‘ngra bir necha boblaryoki
bo‘limlarga ajraladi. Har bir bob yoki bo‘limda alohida o‘tiladigan mavzular va
kichik mavzular berilib, oxirida zaruriy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
keltiriladi.
Dasturda fanlar bob, qism va bo‘limlarga ajratilib, har bir mavzu
bo‘limlarga bo‘linadi, har bir bob, bo‘lim yoki qismdan so‘ng foydalanishi
lozim bo‘lgan adabiyotlar alfavit tartibida keltiriladi. Bu o‘qituvchining
ma’ruzalarga va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishini osonlashtiradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, dasturda beriladigan adabiyotlar ham
o‘qituvchi, ham talabaga mo‘ljallangan. “Mutaxassislikka kirish”, “Hozirgi
o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek dialektologiyasi”, “O‘zbekiston tarixi”, “Siyosiy
iqtisod” kabilar shular jumlasidandir. Shuning uchun o‘qituvchilar dasturdagi
adabiyotlarning bir qisminigina talabalarga mustaqil ishlash uchun tavsiya
etishlari lozim.Ma’ruza va ayrim amaliy mashg‘ulotlar jadvali bir semestrda
o‘tiladigan fanlar yuzasidan tuziladi. Unda yarim yillik soatlar hisobga olinib,
haftalarga bo‘linadi. Shuning uchun, har bir semestr bo‘yicha o‘tilishi lozim
bo‘lgan soatlarni muntazam ravishda jadvalga joylatirish va o‘tish tabiiy xol
hisoblanadi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |