1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKUL’TETI
«JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI» KAFEDRASI
Qo`lyozma xuquqida
XOMIDOV MUXTOR MAXAMMADJONOVICH
JISMONIY TARBIYA VA SPORT TADBIRLARINI TASHKIL
ETISHDA MURABBIYLAR KASBIY FAOLIYATLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi
bo`yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan
ISH RAHBARI:
Soliyev X
Andijon 2016
2
MUNDARIJA
Kirish
1
Asosiy qism
1.Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining
maqsadi va vazifasi
3
1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari
5
1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil
etish uslublari
6
2.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy
tayyorgarlik jarayonlari
9
2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik
shakllari
19
2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy
tayyorgarliklarini tashkil etish
26
3.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy
faoliyatlarining mazmuni
32
3.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy
tayyorgarliklarini asoslari
35
3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini
oshirish talablari
40
Xulosa
53
Foydalanilgan adabiyotlar
55
3
Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda
murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
1.Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining maqsadi
va vazifasi
1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari
1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish
uslublari
2.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik
jarayonlari
2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik shakllari
2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini
tashkil etish
3.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining
mazmuni
3.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini
asoslari
3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini oshirish
talablari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
4
Kirish
Mamlakatimizda yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxasisilari tayyorlash
tizimi zamonaviy talabalarga to‘liq javob bera oladi, shu bilan birga bu tizim
xalqaro standartlar asosida takomillashib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida
mamlakatimizda etishib chiqayotgan ko‘plab yuqori malakali sportchilarni,
xalqaro musobaqalar va olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini misol keltirishimiz
mumkin. Xalqimiz sog‘ligi darajasi yildan yilga ortib borishi, yoshlar o‘rtasida
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng ommaviylashib borishida deb xulosa
qilishimiz mumkin. Shunga qaramay jismoniy tarbiya mutaxasislar tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish, ularni zamon talablariga muvofiq kasbiy
malaka va tajribalarini ortirib borish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.[1.19]
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi: ta’lim muassasalarida
jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etishda
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining roli katta bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklari hamda tajribalari
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etishda asos bo‘lib
xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport
sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘quvchi va talabalarni jismonan barkamol va
ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi: Bitiruv malakaviy ishda
ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya
va sport sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkitl etishda jismoniy tarbiya
mutaxassislarining kasbiy faoliyatlari hamda ularning tarbiyaviy va ta’limiy
xususiyatlari keng tahlil etildi. O‘quvchi va talabalarrning ta’lim muassasalarida
jismoniy tarbiya tadbirlarini asosiy shakllari va ularni tashkil etish uslublari va
talablari ham o‘rganildi.
Bitiruv malakaviy ishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash
jarayonlari va ularga qo‘yiladigan talablar, ularning kasbiy mahoratlarini
takomillashtirish, tajriba hamda malakalarini ortirish jarayonlarining shakllari
ham o‘rganildi.
5
Tadqiqot predmeti va ob’ekti; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-
sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va
sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq
o‘quvchilar jalb etilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlarida litseyda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport,
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining
kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan.
Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: bitiruv malakaviy
ishida ilmiy tadqiqotning adabiyotlar tahlili, pedagogik nazorat, eksperiment,
natijalarini matematik statistik tahlil etish, tibbiy-biologik hamda psixologik
nazorat uslublaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda
mamlakatimiz va horijning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislarining jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan tajriba va malakalari
hamda INTERNET materiallari o‘rganildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi; bitiruv malakaviy ishi natijalariga ko‘ra
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy
faoliyatlarini takomillashtirish keng o‘rin tutadi.
Tadqiqotning amaliy axamiyati: bitiruv malakaviy ishi xulosalariga ko‘ra
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy
faoliyatlarini takomillashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga bu
jarayonni samaradorligini orttirishda o‘quv soatlari hamda mustaqil ta’lim
jarayonlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq.
6
1.Bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH
TADBIRLARINING MAQSADI VA VAZIFASI
Jismoniy tarbiya tarbiyani bir qismi bo‘lib, bu tarbiya jarayonida aqliy,
ahloqiy, estetik hamda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi:
1. Mamlakat aholisini sog‘lomlashtirish.
2. Har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash.
3. Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash.
Bu maqsadga erishishda aholining yoshi, jinsi, sog‘ligi, jismoniy
tayyorgarligi hamda qiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar belgilanadi. Bu
bilan jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari shakllanadi. Tarbiyachi,
murabbiylar oldida faqatgina sportda oliy natijalarga erishish emas balki, har
tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasi turish kerak. Bu vazifani
nazariy va amaliy jihatdan etuk bo‘lgan hamda o‘z kasbini sevadigan
mutaxassislar
amalga
oshiradilar.
Sog‘liqni
mustahkamlash,
jismoniy
qobiliyatlarni kamol toptirish va harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish
masalalarini amalga oshirishda shug‘ullanuvchilar tarkibi xususiyatlarga
muvofiq yondashiladi. Bolalar jismoniy tarbiyasi ularni har tomonlama uyg‘un
rivojlanishini ta’minlash va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etsa, ayollar
jismoniy tarbiyasi ularni kelgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. O‘smirlar
va kasb tayyorgarligi talab etuvchi mutaxassislar jismoniy tayyorgarligi
jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, sportda texnik va taktik tayyorgarlik, umumiy
va maxsus tayyorgarliklarni ta’minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini
o‘rganishdan iborat bo‘ladi. [12.22]
Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari:
1. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari
va funksiyalarini uyg‘un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog‘ligini
mustahkamlash, uzoq umr ko‘rishini ta’minlash.
2. Harakat malaka va ko‘nikmalarini hamda jismoniy tarbiya va sport
bo‘yicha mahsus bilimlarni shakllantirish.
7
3. Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik,
egiluvchanlik bilan bir qatorda shaxsning ma’naviy, irodaviy va estetik
sifatlarini tarbiyalash. Aqliy, intellektual kamolotga etkazish.
Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga
oshirishda bosh omil murabbiylar hamda tashkilotchilar hisoblanadi.
Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi,
jismoniy tayyorgarliklari, sog‘ligi hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani
amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda
jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasini amalga oshirish ko‘zlanmasa,
tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar vazifalari
quydagilardan iborat:
Sog‘liqni mustahkamlash, talabalarni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirishga va
chiniqtirishga yordam berish.
Talabalarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish,
ularga gigienik bilim va ko‘nikmalarni singdirish.
Talabalarda harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish va
takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o‘rgatish.
Jismoniy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy mashqlar, mehnat, tegishli kun tartibi va tabiatning tabiiy
omillaridan foydalanish Ta’lim muassasalari ¸shidagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash vositalari hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy
shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Ta’lim muassasalarida
tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustaxkamlash uchun jismoniy
tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini
nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni
yaratishga ko‘maklashishdan iborat.[8.4]
8
1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari
Jismoniy tarbiya nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy
tushunchalari: jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya tizimi,
jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat. Shu tushunchalar orqali jismoniy
tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari o‘rganiladi. Ular doimo
o‘zgarib kengayib va chuqur mazmun aks ettirib keladi.
Jismoniy rivojlanish - tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar
va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon
organizm va uning yashash muhiti tuzilishi, o‘zgarishi hamda miqdor va sifat
o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida jismoniy
xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak natijalarga
erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy xayotiy kuchlar va
organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Lekin
jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri, darajasi, shuningdek, inson
o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat turmush sharoitlari va tarbiyaga
ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan
jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish-jismoniy tarbiya nazariyasi va
amaliyotining muhim vazifasidir.
Jismoniy tarbiya - aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini
o‘zgarishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya-pedagogik
jarayon, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va
ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyat xayot sharoitlari,
ov jismoniy tarbiya vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lgan. Insonning
ibtidoiy jamoa davridanoq yashash uchun kurashga, jamoada o‘z o‘rnini
topishga hamda ov qilishda jismoniy harakatlar qo‘l kelgan. Ongsiz ravishda
bo‘lsa ham odamlar o‘zlarining jismoniy sifatlari tezkorlik, kuchlilik,
chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar.
Jismoniy barkamollik - har tomonlama rivojlanishning, harakatlarga
tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush
sharoitlariga moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini ta’minlaydi.
9
Jismoniy barkamollik tushunchasini yana shunday izohlash mumkinki, bu
insonni har qanday sharoitda ham og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish
qobiliyati bilan birga o‘zida ahloqiy sifatlar, insonparvarlik, onglilik hamda
jamoatchilik xislatlarini o‘zida mujassam bo‘lishidir.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda
jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan
muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Millatning jismoniy madaniyat va sport
sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb
etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa aholini hamma qatlamini jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari,
jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis
kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi.
Sport – inson jismoniy barkamolligini ta’minlovchi vosita bo‘lib, bir xil
shakldagi jismoniy mashqlar va xarakatlar majmu’idir. Sport trenirovkasi
pedagogik hodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita
yo‘naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda,
bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport vositasida amalga oshiriladigan
jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini tayyorlash”
termin ham qo‘llaniladi. Bularning tushunchasi bir-biriga juda yaqin, biroq bir
xil emas. Sportchini tayyorlash-kengroq tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak
ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lish va buni oshira borishni ta’minlovchi
barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.[9.33]
1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil
etish uslublari
Jismoniy
tarbiya
jarayoni
boshqa
tarbiyalardan
farqli
o‘laroq
shug‘ullanuvchilar organizmini sog‘lomlashtirish hamda jismoniy rivojlantirish
uchun yo‘naltirilgan. Jismoniy tarbiya amaliyotida ta’limning ko‘plab turli
uslublari va uslubiy shakllari qo‘llaniladi. Uslublarni quyidagi uch guruhga
birlashtirish mumkin:
10
a) og‘zaki; b) ko‘rgazmali; v) amaliy.
Uslublar va uslubiy shakllar o‘zaro chambarchas aloqadadir. O‘qituvchi
ularni turli ko‘rinishlarda qo‘llab, jismoniy tarbiyaning to‘la qonli jarayonini
ta’minlaydi.
Og‘zaki uslub shakllari: Tushuntirish uslubi Ta’lim muassasalariíing
barcha sinflarida qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda
harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari
bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda
qo‘llaniladi.
Suhbat savol-javob shaklida o‘tkaziladi. O‘qituvchi yo‘llovchi savollar
yordamida materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda
o‘z fikrlarini aytish istagini qo‘zg‘aydi. Buyruq va qaror. Talabalar jismoniy
mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o‘tish jarayonida o‘qituvchi rahbarlik
qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi.
Ko‘rsatmalar Ta’lim muassasalariíing barcha sinflarida mashqlarni
bajarishda qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga yoki bir talabaãa tegishli
bo‘lishi mumkin.[10.26]
Ko‘rgazmali uslub shakllari: Mashqni ko‘rsatish. Ta’lim uslublari ichida
eng tushunarlisi ko‘rsatish uslubi hisoblanadi. Ko‘rgazmali uslublarda
mashqlarni ko‘rsatish etakchi o‘rinni egallaydi. Umuman ko‘rgazmalilikni
qo‘llanish, xususan ko‘rsatish kichik yoshdagi talabalarni o‘qitishda zarurdir.
Ko‘rsatish juda samarali bo‘lish uchun bolalarni yaxshi uyushtirish va ular
kuzatishlari uchun sharoit yaratilishi lozim. Mashqlar barcha talabalarga yaxshi
ko‘rinadigan joydan turib namoyish etilishi kerak. Ko‘rsatish va tushuntirish
turli variantlarda birga qo‘shib olib boriladi:
1) dastlab mashq namoyish etiladi, so‘ng tushuntiriladi;
2) dastlab mashq tushuntiriladi, so‘ng namoyish qilinadi;
3) namoyish tushuntirish bilan birga olib boriladi.
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish. Hàrakatlar haqida to‘g‘ri tasavvur
hosil qildirish uchun ko‘pincha ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi.
11
Ko‘rgazmali qurollar suratlar, jadvallar, rasmlar, fotosuratlar bo‘lishi mumkin.
Ularni darsda o‘qituvchi rahbarligida yoki, agar ular sinfda yoki zalda osib
qo‘yilsa, darsdan tashqari vaqtda mustaqil ravishda ko‘rib chiqish mumkin.
Amaliy uslub shakllari: Amaliy uslubda talabalar har bir harakatni amalda
bajaradilar,
ko‘rsatadilar,
takrorlaydilar.
Ta’limning asosiy vazifasi
shug‘ullanuvchilarda mustahkam harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan
iborat. Bu vazifani hal etish uchun o‘rganiladigan harakatlarni ko‘p martalab
takrorlash zarur. O‘rganiladigan harakatlarni rejali ravishda mashq qilish
bolalarga jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori natijalariga erishishlarda yordam
beradi, ularni sog‘lom qiladi, bilimini oshiradi.
Musobaqa takomillashtirish uslubi sifatida talabalarda bir qadar malaka
hosil bo‘lganidan keyingina qo‘llaniladi. Musobaqada o‘quv materialini o‘tish
davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim talabalar aniqlanadi.
Shug‘ullanuvchilarga individual yondoshish: Bolalar bilan ishlashda
o‘qituvchilarning o‘z talabalari individual xususiyatlarini yaxshi bilishi katta
ahamiyatga ega, chunki, har bir sinfda zukko va parishonxotir, faol va sust:
jismoniy madaniyat va sportga qiziquvchi va qiziqmaydigan talabalar bo‘ladi.
O‘qituvchi har bir talabaíing sog‘ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini
yaxshi bilish kerak. Har bir sinfda o‘z sinfdoshlaridan jismoniy tayyorgarligiga
ko‘ra yaqqol ajralib turadigan talabalari bor. Ulardan ba’zilari mashqlarni bajara
olmaydilar, boshqalari esa, aksincha, jismoniy mashqlarni bajarishda yuqori
natijalar ko‘rsatadilar. Shuningdek yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan bolalar
ham o‘zlariga individual yondoshishga ehtiyoj sezadilar. Bolalarga individual
yondoshishda ularning sog‘ligini, yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligi
hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |