O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etis



Download 269,5 Kb.
bet8/16
Sana18.07.2022
Hajmi269,5 Kb.
#819241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
CALAAAAA

Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etis
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor berish talab etiladi:
-tizimli yondashish;
-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish;
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.
Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
-maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi;
-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi;
-topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada xabardor bo‘lishi;
-maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni birgalikda hal qilish);
-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish).
II BOB. Mustaqil ta`lim jarayonida adabiyotlar bilan ishlash uslubiyati va professor o`qituvchilarning o`rni
2.1. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH USLUBIYATI

Malumki, ijtimoiy fanlardan olingan bilimlarni puxta egallashda ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlash, nazariy-ilmiy anjumanlar, o‘zaro suhbatlar o‘tkazish, radio-televidenie orqali beriladigan ijtimoiy-siyosiy eshittirish va ko‘rsatuvlar, matbuotdan hamda internetdan keng foydalanish kabi turli yo‘nalish va uslubiyatlardan foydalanish mumkin.


Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ikki, ya’ni keng va tor ma’noga ega bo‘lib, keng ma’noda deganda, umuman bilimlarni mustaqil o‘rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda mustaqil o‘qish, ya’ni «aql-zakovat bilan ishlashga katiy kirishish» tushuniladi.
Kitob ustida ishlash uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan o‘z tarixi, madaniyati, fan yutuqlarini keyingi avlodga asosan shu kitob orqali qoldirganlar. Demak, kitob ustida tinimsiz ishlagan kishigina o‘z bilimini oshirib, mustahkamlab boradi. Misol uchun Sharqning buyuk allomalaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy va boshqalar tinimsiz mehnat orqali o‘z bilimlarini oshirib borganlar va yangi-yangi muammolar echimini topishga harakat qilganlar. Demak, biron-bir fanni egallashda, uni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq uchun ko‘plab kitoblar bilan ishlash zarurdir.
«O‘zbekiston tarixi» fanini o‘rganish jarayonida kitob bilan mustaqil ishlash eng avvalo o‘quvchiga juda katta tushuncha beradi, chunki kitob bir avlodning ikkinchi avlodga vasiyati. Biz ko‘p narsani kitobdan o‘rganamiz, o‘z dunyoqarashimizni, ongimizni, bilimimizni, manaviyatimizni boyitamiz. Adabiyot bilan mustaqil ishlashda fakat u yoki bu kitobdan olingan ma’lumot emas, balki ish jarayoni, uning usullari xam katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bilimni egallash ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: berilgan materialni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yodlab olish va faktlarni tanqidiy tahlil qilib, mustaqil fikrlash. Birinchi holda material passiv egallandi, faqat yodlanadi, ikkinchi holda esa turli
manbalardan bilimlarni tanqidiy fikrlab va amalda ongli yondashib, aniq dalillar
asosida boyitish mumkin bo‘ladi. Haqiqatni to‘g‘ri anglab etishda bilimlarni qat’iy ishonch bilan izlanish natijasida egallash nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Mustaqil o‘qishda xech qachon birinchi manbani chuqur tahlil qilmasdan yoki mag‘zini tushunmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu tufayli, kitob ustida mustaqil ishlash bilan materialni og‘zaki bayon qilishni aralashtirib yubormaslik, o‘rganilayotgan mavzuning asosiy masalalarini, murakkab nazariy koidalarini egallab, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga erishish zarur. Chunki ayrim talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari bilan chegaralanib qoladilar.
Haqiqatdan ham ma’ruza qanchalik keng qamrovli, mukammal bo‘lishga qaramay unda u yoki bu muammo bo‘yicha asosiy qoidalar, ya’ni cheklangan material beriladi. Shuning uchun ham ma’ruza kimnidir qondiradi, boshqa birovni qondirmaydi, birov konspekt qilishga ulguradi, birov esa yo‘q. Demak, materialni o‘rganish uchun ko‘prok kitob bilan mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Mustaqil ishlashda har kim kitob, ya’ni manba bilan o‘z qobiliyati va ko‘nikmasiga qarab ishlaydi, birov bir vaqtning o‘zida bir necha kitobdan foydalanish, materialni puxta egallash uchun ularni qayta-qayta o‘qishi mumkin. To‘g‘ri, hamma talaba ham mustaqil ishga bir hilda tayyor bo‘la olmaydi, bu hol “Kadrlar tayyorlashning milliy dastur”ida takidlaganidek, “har bir o‘qituvchi-murabbiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi, talabani mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil etishga har tomonlama uslubiy yordam berish”ni talab etadi. Chunki, hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi shuni taqozo etmoqda, yoki bu o‘qituvchi qanchalik talabani qiziqtira olishiga bog‘liq jarayondir. Malumki, inson ko‘p hollarda o‘zi qiziqqan ishga ishtiyoq bilan kirishadi. Shunday ekan, mustaqil o‘qish mahorati ham tinimsiz mehnat, izlanish, ko‘nikma va malum darajada chidam va tirishqoqlikni talab qiladi.
Manba ustida mustaqil ishlash ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga ayrim so‘zlarni tagiga chizish, matniga, hoshiyaga belgilar qo‘yish, reja tuzish, konspekt qilish kabi turli usullarni qamrab oladi. Tabiiyki, bu usullarning biri oson bo‘lsa, biri murakkab yoki uzoq mehnat talab qiladi.
Mustaqil ishlash jarayonida adabiyotlardan foydalanishning asosiy mezoni -
maqsadli bo‘lishi kerak. Biror kitob to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish
uchun so‘zboshi va mundarijasini ko‘zdan kechirish, yangi material bormi, qoida va xulosalar qanday yoritilganligini qarab chiqish kifoya qiladi. Agar maqsad uni chuqur o‘rganish bo‘lsa vazifa ham kengroq qo‘yiladi. Berilgan adabiyotlarni ayrimlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki to‘liq tavsiya etilgan kitoblar ustida mustaqil ishlash o‘z samarasini beradi. Bunda qiyinchiliklar va to‘siqlar bo‘lishi tabiiy. Chunki mustaqil ishlash ko‘nikmasi birdaniga shakllanmaydi. Shuning uchun undan cho‘chimasdan, ishtiyoq bilan mehnat qilish, intizomga rioya etish, qo‘yilgan maqsad sari tinmay intilish, to‘siqlarni enga bilish kerak.
Yana bir uslubiy ko‘rsatma shuki, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy manbalarga oid kitobni birdaniga boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga harakat qilmasdan turib, uni bo‘lib-bo‘lib o‘qish, o‘rganish, konspekt qilish, tezislar tuzish, belgilar qo‘yish, tsitatalar olish, ularning mag‘zini chaqish, fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy-siyosiy fanlardan olgan bilimlarni boyitish, to‘ldirish, ilmiy dunyoqarashni yanada rivojlantirish, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini yaxshiroq tushunish, mustaqil davlatimiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni aniq anglab etish va boshqalar uchun zaruriy holdir.
Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
Manbani, ya’ni kitobni mustaqil o‘rganish uchun o‘qish madaniyatini chuqur egallash kerak. O‘qish madaniyati nima? Bu avvalo ko‘plab kitoblar ichidan kerakli materialni topa bilish, ilg‘ab olish va kitobning mazmunini chuqur tushunish, uning qimmatli, tarixiy, ilmiy tomonlargiga etiborni qaratish, ustalik bilan ayrim yozuvlar qilish, reja asosida konspekt tuzish, referat yozish demakdir.
Manbani o‘qishda faqat u yoki bu kitobni o‘qib, tor doiradagi bilimga ega bo‘lib qolish bilan kifoyalanmay, balki har bir ishda bo‘lganidek, bu erda ham qunt bilan aqliy mehnat qilish juda ham zarur.
Manbalarni o‘rganishda uchraydigan nomalum ilmiy tushunchalar, siyosiy terminlar, chet el so‘zlarini tushunish uchun u yoki bu kitob yozilgan davr haqida
yaxshi tushunchaga ega bo‘lib, uni tahlil eta oladigan mustaqil fikrga ega bo‘lish talab etiladi.
Qanday qilib notanish kitobni o‘qish usuli va maqsadni oldindan aniqlash mumkin? Ko‘p hollarda talabani bu ishga ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini olib boruvchi o‘qituvchi yo‘naltiradi. Ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulot jarayonida tavsiya etilgan kitoblar yoki manbalar to‘g‘risida qisqa tushuncha beradi. Agar malum masala bo‘yicha kitobni mustaqil tanlab olish zarur bo‘lib qolsa, uni o‘qishdan oldin zarur yoki zarur emasligini muqovasi, so‘zboshi, so‘ngi so‘z, mundarija va qisqa annotatsiyasi bilan tanishish orqali bilish mumkin bo‘ladi.
Mustaqil o‘qishda reja tuzish, tezis shaklida yozish yo‘llari ham bo‘lib, unda asosiy fikr nihoyatda qisqa shaklda beriladi yoki manbaning asosiy mazmuni ifoda etiladi. Konspekt qilish ham mustaqil ishlashning muhim usullaridan biridir. Konspekt qisqacha yoki keng bo‘lib, kitob butunlay o‘qib chiqilgan yoki uni bo‘limlar bo‘yicha o‘qish orqali tuzilishi mumkin. Konspektda hosil qilingan tushunchani yozib borgan ma’qul. Ayrim qoida, xulosa, raqam, nom, yillar bundan mustasno albatta.
Shuni aytish kerakki, o‘qituvchi ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ishlarni tashkil qilish va uni nazorat etish jarayonida, ilg‘or, iqtidorli talabalar bilan ishlashni yuqori saviyaga ko‘tarmog‘i lozim. Kafedradagi navbatchilik kunlarida, talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbat, maslahat darslarida har bir talabada mustaqil ishlash, erkin fikrlash tuyg‘usini shakllantirishi, ilmiy muloqotda, munozarada qatnashish, muayyan mavzu bo‘yicha mustaqil ishlash ko‘nikmalarini kamol toptirishi hozirgi zamon talabidir. Shundagina talabalarning mustaqil ishlash faoliyati ko‘zlangan maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 269,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish