O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 260,78 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi260,78 Kb.
#813084
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



UrDU Tabiiy Fanlar fakulteti 172-guruh


Dorivor o’simliklarni yetishtirish va
qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi talabasi
Sa’dullayeva Ma’muraning
Dorivor o’simliklarda ilmiy izlanish asoslari fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Ko’p omilli dala tajriba usullari dorivor zubturum misolida.
Topshirdi: Sa’dullayeva M.
Qabul qildi:


Urganch-2020
Reja:
Kirish.
I.Bob. Adabiyotlar tahlili.
II.Bob. Asosiy qism.
2.1. Ko’p omilli dala tajriba usullari.
2.2. Zubturum o’simligining bioekologiyasi va dorivorlik xususiyatlari.
2.3. Zubturum o’simligining yetishtirish texnologiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mundarija.

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Qadim-qadimlardan butun dunyo xalqlari va jumladan, O‘zbekiston respublikasi va viloyatimizda ko‘plab dorixonalar kundan-kunga ko‘payib borayotganligi, turli xil dori vositalarini xarid qilishga chiqarilayotganligi fikrimizga dalil bo‘ladi. Ular orasida tobora kengroq o‘rinni egallayotgan o‘simlik vositalari va quritilgan organlarini ko‘plab uchratish mumkin. Keyingi yillarda sintetik dori-darmonlar o‘rnini egallamoqda edi. Ammo tabiiy shifobaxsh dorivor o‘simliklar dorixonalar peshtoqlarini qaytadan egallamoqda.
Ma’lumki, har qanday sintetik dori-darmonlar organizmga zararli ta’siri ko‘plab tilga olinadi. Chunki bir kasallikni davolash uchun ishlatiladigan sintetik dori boshqa bir kasallikni keltirib chiqarishi, zaharlashi yoki unga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo dorivor o‘simliklardan tayyorlangan tabiiy dori-darmonlar inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dorivor o‘simliklar aholi o‘rtasida keng ishlatib kelinadi. Odamlar, ko‘pincha, ularni yig‘ib oladilar va ulardan uy sharoitida o‘zlari dori tayyorlab oladilar. Bunday hollarda o‘simlik tarkibida moddalar borligini, ularning kimyoviy xossalarini bilmasdan tayyorlangan dorilar foyda o‘rniga zarar keltirishi mumkin.
Alohida ta’kidlash joizki, ayrim zaharli o‘simliklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra dorivor o‘simliklarga o‘xshasada, ammo ularning organizmga ta’sirini bilmasdan dori sifatida foydalanish ayanchli oqibatlarni sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim dorivor o‘simliklar tarkibida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mavjud. Ulardan tayyorlangan dorilarda zaharli moddalar miqdori meyyordan ortiq bo‘lishi va zaharlanishga yoki boshqa turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bunday zaharli dorivor o‘simliklarga misol tariqasida adonis, bangidevona, isiriq, ko‘knor, mingdevona, qirqbo‘g‘im, qoncho‘p kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Dorivor o‘simliklarni yig‘ib olish muddatlarini bilishning ahamiyati nihoyatda muhim, chunki ulardagi ta’sir etuvchi biologik aktiv moddalarning miqdori ularning turli rivojlanish fazalarida turlicha. Shu sababli dorivor o‘simliklarni yig‘ish va ularda kasalliklarni davolash uchun qo‘llashga nihoyatda ehtiyot bo‘lish zarur. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach xalq xo‘jaligining bu sohasiga alohida e’tibor berilmoqda. Barcha bajariladigan ishlar singari dori-darmon yetishtirish ishlarida ham tegishli ijobiy ishlar qilinmoqda. Shunga ko‘ra viloyatimizda bugungi kunda mavjud bo‘lgan dorivor o‘simliklarni o‘rganish va ularni maxsus o‘rmon xo‘jaliklarida yoki o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilot va bog‘larda bu o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish dolzarb muammo ekanligi barchamizga ma’lum.
Hozirda yer yuzida aholi sonining ortib borishi uning asosiy tabiiy-biologik ehtiyojlaridan biri bo`lgan oziq-ovqat va dori- darmonga bo’lgan talabi ham kuchayib bormoqda. Bu talabni qondirishda esa yaylov zonasi tabiiy dorivor o’simliklarni o’rganish muhim.
O’zbekiston — o’simliklarga boy o’lka, VI tomlik «O’zbekiston florasy»da to’rt mingdan ortiqroq (4148) (hozirgi kunda ma’lumotlarga ko’ra 4600 ga yaqin tur uchraydi) tur qayd etilgan. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu o’simliklar cho’l mintaqasidan tog’tib yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan. Shu sababli ularni qisqa bir so’z bilan ta'riflash juda qiyin. O’zbekistonning yetuk botanigi, akademik Q.3.Zokirov Zarafshon tog’ining boshlanishidan uning quyi etagigacha bo’lgan yerlardagi o’simliklarni uzoq yillar davomida o’rganish va tekshirish natijasida bu yerlarni qo`yndagi to’rt mintaqaga — cho’l, adir, tog’ va yaylovga bo’lish mumkinligini ko’rsatdi va bu atamalarni butun O’zbekiston va hatto O`rta Osiyo uchun ham tadbiq etish mumkinligini aytdi. Biologlar, o’qituvchi hamda o’quvchilar, barcha tabiatshunoslar uchun bu atamalarni tushunarli va qulay deb hisoblash mumkin, chunki mazkur atamalarni uzoq yillar davomida xalq yaratgan. Xalq so’zi bilan atash, xalq tili bilan tushuntirish ularga aytiladigan fikrni to’liq, bexato va oson yetib borishiga katta imkon yaratadi. Masalan, siz cho’l mintaqasida yashayotgan kishilarnikiga borsangiz, «men hozir cho’ldan keldim», «qo’ylarni cho’lga haydadik» degan so’zlarni eshitasiz. Xuddi shuningdek, boshqa mintaqalarda yashaydigan kishilar ham o’zlari yashayotgan joylarning nomini (adir yoki tog’ni) tilga olib gapiradilar va shu atamalardan keng foydalanadilar.
Biz ham respublikamizning o’simliklarini biologiya o’qituvchilari, tabiatshunoslari tushunishi oson va qulay bo’lsin uchun shu atamalardan foydalanib, to’rt mintaqaga bo’lib ta'riflaymiz. Odatda, bo’lingan mintaqalar ma'lum bir taksonomik birlikka asoslangan. Bu birlik to’rt belgi: shu yerning o’simliklar qoplami, tuprog’i, relefi va dengiz sathidan balandligi bilan ta'riflanadi. O’zbekiston o’simliklari qoplami juda turli-tuman bo’lib, ular tarkibida dorivor, yem-hashak, asal-bolshira byeruvchi, bo’yoqbop, oshlovchi, nodir, noyob, kosmofolit, polikarp va monocarp turlar juda ko’p. Olimlarning ta’kidlashicha hozirgi kunda O’zbekiston respublikasi hududida to’rt mingdan ortiq yovvoyi holda o’suvchi o’simlik turlari mavjud bo’lib, ular 1082 avlod, 145 oilaga mansubdir. O’simliklar qoplamida butalar keng tarqalib daraxtlardan uch baravar ko’p ya’ni 225 turni tashkil yetadi. Bularning 114 tasi chala butalardir. Polikarp o’tsimon o’simliklarning 200 dan ortiq turi uchraydi. O’zbekistonda 400 dan ortiq tur endem va relekt turlar bo’lib ular muhofazaga muhtoj. Bunday o’simliklardan 301 tur O’zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgandir. Biz bilamizki, o’simliklar turlari malum bir bioekologik hususiyatiga ko’ra yer yuzasining turli mintaqalarida o’sishga moslashgan.

Download 260,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish