Fazoviy fikr yuritish
–
bu ob‘yektlarni va hodisalarni bir–biriga nisbatan joylashishi, fazoviy shakli va
tuzilishi, joydan–joyga kuchib borish va vaqt mobaynida o‘zgarishi kabi
xususiyatlarni anglash. Demak, bilimlarga va ko‘nikmalarga ko‘ra fazoni o‘rganish
va uni turli xil ko‘rsatish, hodisa va jaryonlarni to‘liq va to‘g‘ri tushunish va
1
V-BOBnng 5.1 va 5.3 paragraflari L.X. Gulyamovaning ―Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari‖ darsligidan
olingan. [10.-b.149-154].
5.2 va 5.4 paragraflar R.N.Usmonov va R.T.Utiniyazovning ―Geoaxborot texnologiyalari‖ o‘quv qo‘llanmasidan
olingan. [36.-b.86-89;98-103] va muallif taxririda darslikka kiritilgan.
104
o‘rganish, hamda izlanish natijalaridan foydalanishni fazoviy fikr yuritish deb
aytsak bo‘ladi. Xilma–xil nazariy hamda amaliy vazifalar echishda va qaror qabul
qilishda fazoviy fikr yuritish muhim o‘rin tutadi. Lekin u ohirigacha o‘rganilgan va
izohlangan masala bo‘lmagani sababli, geoaxborot tizimlarida undan foydalanish
bu nuqtai nazardan hozirgacha mukammal emas va kompyuterlash ishlari ham
echimini topdi deb ayta olmaymiz.
Geoaxborot tizimlari afzalliklaridan biri fazoviy tahlilni bajarish
imkoniyatidir. Turli xil fazoviy ma‘lumotlar orasidagi munosabatlarni o‘rganishda
maskur tizimlarining fazoviy tahlil funkstiyalaridan foydalaniladi. Bugun bu
funksiyalardan Internet orqali ham foydalanish imkoniyatlari ko‘payib bormoqda.
Ohirgi yillarda
fazoviy axborot fani
rivojlangan sari uning muhim nazariy
asoslari yaratilmoqda. Geoaxborot tizimlari va texnologiyalar, ular qatorida
fazodan kuzatish tizimlari va texnologiyalariga oid qonun-qoidalarni va
yondashuvlarni ilmiy jixatdan asoslash maskur fanning vazifalaridan biridir.
Yechiladigan boshqa vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Turli yo‘l bilan, ya‘ni fazodan kuzatish tizimlari va texnologiyalari
hamda joyda tasvirga olish, fotogrammetriya yordamida xarita tuzish orqali
fazoviy ma‘lumot to‘plash, ularni birlashtirish, toifalarga ajratish, tahlil qilish;
2.
Ma‘lumotlar modelini barpo etish, ma‘lumotlarni tuzilishini o‘rganish,
ularni tartibga solish va fazoviy ma‘lumotlar nazariyasini rivojlantirish;
3.
Ma‘lumotlarni grafika tarzida ko‘rsatish uchun kartografiya va
kompyuter grafikasi usullaridan foydalanish;
4.
Fazoviy ma‘lumotlarni izlab topish yo‘llarini takomillashtirish va
o‘rganish;
5.
Fazoviy tahlil va modellashtirish.
Fazoviy ma‘lumotlar ayrim darajada aniq va ravshan, ularni o‘rganadigan
yondashuvlar va masalalar ham aniq va yetarli darajada asoslangan deb hisoblasa
bo‘ladi.
105
Shunga bog‘liq holda
Do'stlaringiz bilan baham: |