O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qo‘yiladigan talablar majmuasi:
Kasbiy muhim yo‘nalish, kasbiy qiziqish, kasb tanlash motivlarini shakllantirish.
Politexnik bilim, ko‘nikma hamda kasb bo‘yicha 2-ishchi razryadi talabida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Psixodinamik xususiyatlar, hissiy barqarorlik, moyillik, psixomotor doirasiga, reaksiya tezligiga talabchanlik shartli refleks, ishlab chiqarish tezligi, harakatlar koordinasiyasi bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.
Kasbiy yo‘nalganlik va qiziqishlar, mehnat motivlari, kasbiga ijobiy hissiy munosabatlar, mahoratni egallashni maqsad qilib qo‘yish, professional mustaqillik ko‘nikmalarini shakllantirish.
Integrativ bilim va malakalar faoliyatiga oid ishlarni bajarishning umumiy yo‘llari to‘g‘risidagi bilimlarni chuqur egallash.
Kasbiy moslashganlik, jamiyat oldidagi javobgarlik hissining o‘sishi.
Irodaviy ta’sir etish qobiliyati, hissiy holatlarni boshqarish, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, talabchanlik, axloq-odob, hissiy sezgirlik. Kasbga kirishish, kasbni egallash. Ijtimoiy yo‘nalganlik, kasbiy qiziqishlar, mehnatning ijtimoiy-kasbiy motivlari, ijtimoiy muammolarga munosabati. Mahoratni egallashning maqsadi, kasbiy nuqtai nazarning shakllanishi.
Ijodiy faoliyat motivlari, individual shaxsiy munosabatlar, kasbiy dunyoqarash. Kasbiy omilkorlik, axloqiy javobgarlik, bashorat qilish qobiliyati, turg‘unlik, mustaqillik, kasbiy madaniyat, faoliyatning shaxsiy uslubi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Tafakkurni rivojlantirish
O‘lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish.
Mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan taqqoslash.
Texnika va texnologiyalar to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o‘rgatish.
Ish boshqaruvchilik, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish.
Xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish.
Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o‘rgatish, ulardan o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, yangi texnika va jihozlarning qo‘llanilish sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o‘rganishlarini ta’minlash.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish.
Ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashni kengaytirish, oilaviy hayot va turmushda kerak bo‘ladigan milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyg‘otish.
Qo‘l asboblari va mexanizasiyalashgan qo‘l asboblari, dastgohlarni ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |