Reja:
1.Pedagog xodimlarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini oshirish
2. O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik asoslari
3. MTTda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar, tarbiyachilarning axborotlar bilan ishlash
kompetentligini yaxshilash borasidagi ishlar.
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan,
jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o’z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik-psixologik adabiyotlarda “kompetensiya” tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab
keng qo’llanila boshlandi. Kompetensiya lotincha “compete” so’zidan olingan bo’lib, erishaman,
muvofiqman, mos kelaman ma’nolarini anglatadi. “Kompetentlik” so’zining ma’nosi xabardorlik,
obro’, o’z sohasi bo’yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo’lish bilan belgilanadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Pedagogning axborot kompetentligi – pedagogning kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish ko’nikma, malaka, tajribalarini o’zlashtirishi (motivatsion daraja), axborot-kommunikatsiya texnologiyaning funksional imkoniyatlaridan to’laqonli xabardorligi (kognitiv daraja), ulardan pedagogik
maqsadlarni amalga oshirish yo’lida samarali foydalana olish, ijod mahsulini yaratish (faoliyatli-refleksiv daraja) qobiliyati hisoblanadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi har qanday sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar
uchun eng muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim tashkilotining pedagog xodimlari o`z sohasi bo`yicha yetuk mutaxassis bo`lishi uchun axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi yuqori darajada bo`lishi shart. Hozirgi zamon talabiga ko`ra pedagoglar: AKTni mukammal bilishi, kompyuterni mustaqil boshqara olishi, MS Offise dasturlaridan ta`lim jarayonida keng foydalanishi, ta`limiy faoliyatlar jarayonida multimedia vositalaridan keng foydalanish, internet tarmog`iga ulana olish va ma`lumotlar izlab topish ko`nikmalari shakllangan bo`lishi shart.
MTTda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar, tarbiyachilarning axborotlar bilan ishlash
kompetentligini yaxshilash uchun quyidagi ishlarni ta`lim tashkilotida amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Tarbiyachilarning ta`limiy faoliyatlar jarayonida AKTdan foydalanish qobiliyatini nazoratga
olib borish,
2. AKTdan samarali foydalanish bo`yicha mutaxasisslar bilan birgalikda seminar-treninglarni
tashkil qilish,
3. AKTdan foydalanish bo`yicha adabiyotlar ro`yxati, internet saytlari, videodarsliklar bilan
tanishib borish,
4. MTTda pedagoglar orasida AKTdan foydalangan holda ta`limiy faoliyatlarni tashkil qilgan
eng yaxshi pedagoglarni izlab topish va ularni rag`batlantirish,
5. AKTni qo`llash bo`yicha ilg`or ish tajribalarini ommalashtirish. AKTning tezkor rivoji, ular bilan ishlay olish
Do'stlaringiz bilan baham: |