30
yasalgan moki, qadoq toshlar, urchuqlar, jez igna va bigizlarga qarab hukm qilganda, aholining
turmushida to`quvchilik va tikuvchilik ham
ma`lum rol’ o`ynaganligini ko`ramiz.
CHustliklarda hdm, dalvarzinliklarda ham mahalliy degrezlik va miskarlik ancha taraqqiy qilgan.
CHunki bu yodgorliklardan juda ko`p metall buyumlar: jez, o`roq, pona, pichoq, kamon
o`qlarining paykonlari, nayza uchlari, zeb-ziynatlar, jez oynalar, bilaguzuklar, isirg`alar,
cho`lpilar, munchoqlar hamda turli xil jez buyumlar qo`yiladigan tosh qoliplar, shuningdek,
degrezlik qo`rasining qoldiqlari topilganligi buning yaqqol dalilidir. CHust madaniyatiga
mansub yodgorliklardan topilgan guldor sopol buyumlar kulolchilikning ham ancha rivoj
topganligidan guvohlik beradi. Sopol idishlar shakli xilma-xil, ular asosan tovoq, ko`za va
xumcha, tuvak, qozon va ko`pgina boshqa xil idishlardan iborat. Sopol idishlarning sirtiga qizil
bo`yoq berilib sayqallangan. Ularning bir qismi qora bo`yoqdan turli xildagi geometrik chiziqlar
bilan naqshlangan. Agarda CHust madaniyatiga mansub yodgorliklarda chiqqan topilmalar
yuqorida qayd etilgan chorvador qabilalarga mansub moddiy madaniyat qoldiqlari bilan
solishtirilsa, bronza davrida o`troq dehqonchilik bilan shug`ullangan aholining madaniy jihatdan
chorvador qabilalarga nisbatan ancha ustunligi ma`lum bo`ladi.
Demak, jez davrida xalq o`zi ekin ekib, o`z qo`lida hayvonlarni urchitib tirikchilik
o`tkazish yo`liga o`tgan. Bu narsa jamiyat tarixida juda katta iqtisodiy va
ijtimoiy burilish edi.
Erga ekin ekish, qo`sh qo`shish kabi asosiy xo`jalik ishlari faqat erkaklarning qo`lidan keladigan
ish bo`lib, bu narsa erning, ya`ni otaning oilada hukmronlik holatini mustahkamlaydi. Ona o`z
urug`idan ajralib, erning urug`iga o`tadi. Bola otaniki hisoblanib, merosni ham otadan oladi.
Hozirgi zamon dehqonchiligi va chorvachiligining asosi o`sha jez davrida, taxminan
hozirgi zamonamizdan 4000 yillar avval vujudga kelgan. Misr, Iroq, Janubiy Turkmaniston kabi
mamlakatlarda undan ham ilgariroq vujudga kelgan.
Bundan keyin jamiyat vohalarda o`troq dehqonlarga, dasht va tog`larda esa ko`chmanchi
chorvadorlarga ajraladi. CHorvasi ko`payganlar o`tloq izlab, molini haydab, joydan-joyga
qo`chib yurishga majbur bo`lib qoladi. Xullas, Farg`ona, Surxondaryo vodiylarida so`nggi
bronza davriga mansub atrofi mudofaa devorlari bilan o`ralib, mustahkamlangan qishloqlar
xarobalarini topib tekshirish bronza davrida o`troq dehqonlar yaratgan madaniyatni o`rganishda
juda boy va qimmatli materiallar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: