О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Ismoil Somoniy maqbarasi 
(IX — X asrlar) — O`rta Osiyo me`morchiligining o`ziga xos 
aniq va muayyan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me`morchilik o`z xalqi va uning g`oyasi, 
did-farosati bilan ifodalangan xalq ustalarining ijodidan iborat.
Birinchidan, IX — X asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi o`sha davrdagi 
binokorlarning mahorati va yuksak badiiy dididan dalolat beradi. Bu yodgorlik 892 — 907 
yillarda qurilgan, deb taxmin qilinadi. Maqbara shaxardagi madaniyat va istirohat bog`i ichida 
joylashgan. U kub shaklida bo`lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Unga xusn bo`lsin 
uchun burchaklariga to`rtta kichkina qubba o`rnatilgan. Devori qalin (1,8 metrgacha) bo`lganligi 
tufayli bu yodgorlik 1000 yildan beri yaxshi saqlanib turibdi.
Maqbaraning fasadi yo`q, to`rt tomoni ham bir xil. Bunday inshootlar tsentrik 
kompozitsiya deb ataladi. Maqbara kvadrat shaklida bo`lib, pishiq g`ishtdan qurilgan. 
Rivoyatlarga ko`ra, bu maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Ahmad ibn Asad uchun 
qurilgan. Keyinroq bu maqbara Somoniylar xonadonining daxdsi bo`lib qoldi. Unga 907 yilda 
vafot etgan Ismoil, keyinroq maqbaraga kiraverishdagi yozuvga ko`ra, Ismoilning nabirasi — 
914 yildan 943 yilgacha xukmron bo`lgan Nasr II ibn Ahmad dafn qilingan. Bino hozirga qadar 
saqlanib turibdi. Bu yodgorlikni xorijiy davlatlar ham yaxshi biladilar.
Somoniylar maqbarasi sodda, ajoyib ziynati va asrlar davomida sinovdan o`tgan murakkab 
gumbaz tomli konstruktsiyani qo`llagan binokorlarning muhdndislik mahorati jihatidan jahon 
me`morchiligining eng mukammal asarlaridan biri hisoblanadi.
CHashmai 
Ayyub 
mozori 
(XII asr). SHahardagi madaniyat va istiroxat bog`i shu mozor 
o`rnida joylashgan. Bu yodgorlik g`arbdan sharq tomon yonma-yon joylashgan to`rtburchakli 
murakkab to`rtta binodan iborat. Bu binolar turli davrlarda qurilgan. Ulardan eng qadimiysi 
konussimon baland gumbaz bilan qoplangandir.
Rivoyatlarga qaraganda, imoratning bu qismini Qoraxoniylardan Arslonxon Vobkentdagi 
Minorai Kalon bilan bir vaqtda qurdirgan. Mozor ichidagi sovuq suvli chashma hozirgacha bor. 
YOdgorlik chuqur soylikda bo`lib, yaqin vaqtgacha unda katta buloq suvi oqib turar edi. Bu 
buloq mozordagi quduq bilan birlashtirilgan.
Qadimgi g`arbiy bino yoniga XVI asrda yana ikkita bino qurilgan. Qadimii binoning 
eshigi tepasiga osib qo`yilgan guldor koshinga «bu binoni Temurning shaxsan o`zi qurdirdi», 
deb yozilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida binoning pastak peshtoedan iborat ikki qubbali 
so`nggi to`rtinchi qismi qurilgan.


77 
To`rt binoning har qaysisida bir-biriga o`xshamagan qubbalar bor. Ular tashqi ko`rinishlari 
yoki janub tomondan qaraganda original va o`ziga xosdir.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish