9
KIRISH
O‗zbekiston kelajagining negizi bo‗lgan yuksak
malakali kadrlar tayyorlash
uchun va oliy ta‘limni rivojlantirish masalalarini hal qilishning asosiy
yo‗nalishlardan biri bo‗lib, xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarilgan
maxsus elektromexanik o‗zgartkichlariga oid etarli darajada ma‘lumotlarni qamrab
olgan darslik va o‗quv qo‗llanmalar yaratish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan
biridir.
Dunyodagi shu jumladan mamlakatimizdagi barcha elektr stansiyalarida,
elektr generatorlari o‗rnatilgan bo‗lib, ular elektr energiyani ishlab chiqaradi.
Ishlab chiqarilgan elektr energiyani uzoq masofalarga
kam isrofda uzatish va
istemolchilarga taqsimlash uchun esa transformatorlar ishlatiladi. Bundan tashqari
sanoat va transportning zamonaviy texnik holati ularni elektr energiya bilan yuksak
ta‘minlanganligi orqali belgilanib, bunda elektr mashinalari hal qiluvchi vazifalarni
bajaradi.
Respublikamizda mahsulot ishlab chiqarayotgan yirik sanoat korxonalari
anchagina bo‗lib, ulardagi turli dastgohlarni va yuk ko‗taradigan kranlarni
yuritishda hamda bu korxonalardagi avtomatik sistemalarda elektr mashinalari va
transformatorlar hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Demak,
maxsus
elektromexanik
o‗zgartkichlari
va
maxsus
transformatorlarning rivojlanishi haqida ma‘lumotlar hamda ularning energetikada
va sanoatda tutgan o‗rnini yoritishda ushbu darslikning roli muhimdir.
Maxsus elektromexanik o‗zgartkichlari sanoatning
turli ishlab chi-qarish
korxonalarida, energetikada, transportda (aviatsiya, temir yo‗l, avto-mobil, metro,
tramvay, trolleybus), qishloq va suv xo‗jaligida, qurilishda, va boshqa sohalarda
keng qo‗llaniladi.
Darslik texnika oliy o‗quv yurtlarining «Elektr texnikasi, elektr me-xanikasi
va elektr texnologiyalari» yo‗nalishi talabalari uchun «Maxsus elektromexanik
o‗zgartkichlar» fanining dasturi asosida yozilib, uning mazmuni: maxsus
10
transformatorlar, maxsus asinxron mashinalar, maxsus
sinxron mashinalar va
maxsus o‗zgarmas tok mashinalari ketma-ketligida berilgan. Ularning tuzilishi,
ishlash prinsipi, asosiy xossalari va xarakteristikalari amaliyot nuqtai nazaridan
yondashilgan holda bayon etilgan. Yangi turdagi
maxsus elektromexanik
o‗zgartkichlarga oid umumiy ma‘lumotlar ham kitobda o‗z aksini topgan. Ishlash
prinsipi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanganligi hamda ulardagi
elektromagnit
jarayonlar
ko‗p
jihatdan
maxsus
elektromexanik
o‗zgartkichlarinikiga o‗xshashligi sababli maxsus transformatorlar ham maxsus
elektromexanik o‗zgartkichlar kursida o‗rganiladi.
Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o‗tkazgich
(tranzistor, tiristor)li o‗zgartgichlar va kuchaytirgichlar
sanoatda keng
qo‗llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‗zgartgichlar va kuchaytir-gichlarni
amalda qo‗llash sohalari ancha kamaygan.
Har qaysi maxsus EMO‗ ekspluatatsiyaning aniq sharoitlarida (yukla-
maning rejimi, ruxsat berilgan o‗ta yuklama, kuchlanish, o‗zgaruvchan tok chas-
totasi,
aylanish chastotasi, sovitish muhitining temperaturasi, dengiz sathi-dan
balandligi, namlik va boshqalarda) ishlashga hisoblangan bo‗ladi. Bu sharoitlarda
mashina belgilangan (davriy ta‘mirlashlar orasidagi) vaqt mobaynida avariyasiz va
nosozliklarsiz nominal quvvatda ishlay olishi zarur.
Mashinaning ishda ishonchliligini ta‘minlash
maqsadida uni loyihalashda
hisobga olish, ishlab chiqarishda yuksak sifatli texnologiyani qo‗llash va
ishlatishni to‗g‗ri tashkil qilish (loyihada belgilangan rejimda ishlatish va
profilaktik ta‘mirlarni o‗z vaqtida bajarish) zarur bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: